{"id":105592,"date":"2023-09-10T19:40:58","date_gmt":"2023-09-10T16:40:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=105592"},"modified":"2023-09-10T19:41:03","modified_gmt":"2023-09-10T16:41:03","slug":"rubob","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/rubob\/","title":{"rendered":"Rubob"},"content":{"rendered":"\n<p>Rubob (Arabcha) \u2014 torli cholg&#8217;u musiqa asbobi. Noxun (mediator) bilan chertib chalinadi. O&#8217;rta asrdan Sharq (Eron, Afg&#8217;oniston, O&#8217;rta Osiyo) xalqlarida keng tarqalgan. Ba&#8217;zi olimlar fikriga ko&#8217;ra, qadimgi 2 torli kamonli rebabdan zamonaviy skripka yuzaga kelgan. Hozir, asosan, 3 xili mavjud: Qashqar Rubobi, afg&#8217;on (yoki Buxoro) Rubobi va Pomir Rubobi. Qashqar rubobining uzunligi 80-100 santimetr, cho&#8217;michsimon kosasi tut va boshqa qattiq daraxt g&#8217;o&#8217;lachalaridan o&#8217;yib yasaladi va ustiga teri qoplanadi. Dastasi uzun, uchi orqasiga qayrilgan bo&#8217;lib, kosadan boshlanadigan joyida Qo&#8217;chqor shoxiga o&#8217;xshash 2 ta gajagi mavjud. Dastasidagi pardalari (19 tadan 23 tagacha, oldin ichakdan, hozir metalldan qilinadi) xromatik tovushqatorni tashkil qiladi. Qashqar Rubobining 5 ta tori, odatda, kvartakvinta oralig&#8217;ida sozlanadi. Diapazoni 3 oktavaga yaqin. Tovushi jarangdor. Ijrochilikni o&#8217;zlashtirish birmuncha yengilligi, mohir Rubobchi \u2014 sozandalar (M. Mirzayev va boshqalar)ning yetishib chiqishi bu sozning 1940- yillardan O&#8217;zbekiston va Tojikistonda havaskor va professional sozandalar orasida ommaviylashuviga sabab bo&#8217;lgan. Qashqar Rubobining qayta ishlangan zamonaviy turi Rubob prima o&#8217;z imkoniyatlari bilan rus domrasiga yaqin, 4 metall tori Kvinta oralig&#8217;ida sozlanadi. Orkestrda va yakka soz sifatida ishlatiladi. O&#8217;zbek bastakorlaridan M. Mirzayev, sozandalaridan A. Boboxonov, N. Qulabdullayev, kompozitorlardan I. Xamroev, M. Bafoev va boshqalar. Qashqar Rubobi uchun turli janrlarda asarlar yaratishgan. Afg&#8217;on rubobining dastasi kalta (8-10 santimetr), uchi bir oz qayrilgan. Rezonatori nihoyatda katta (kengligi 20 santimetrgacha, chuqurligi 30 santimetrgacha, umumiy uzunligi 80 santimetrgacha). Korpusi bilan dastasi bir butun yog&#8217;och bo&#8217;lagidan o&#8217;yib ishlanadi. Korpusining o&#8217;rta qismining 2 yoni o&#8217;yilgan. Pastki qismi teri bilan, yuqorisi taxtacha bilan qoplanadi. Dastasiga, odatda, 4-5 ta asosiy parda, taxta qoplamasiga 6-7 ta qo&#8217;shimcha xas pardalar o&#8217;rnatiladi. Kvartaga sozlanadigan 5 ta asosiy tordan tashqari, yon quloqlarga tortilgan 10-11 yordamchi (aks sado beruvchi) torlari bor. 2 oktava diapazonidagi diatonik tovushkatoriga ega. Asosan, professional sozandalar tomonidan yakka soz sifatida va turli ansambllar tarkibida qo&#8217;llaniladi. Pomir rubobining kosasi Qashqar Rubobidan bir oz kattaroq, dastasi kaltaroq va yo&#8217;g\u2019onroq bo&#8217;lib, unga pardalar bog&#8217;lanmaydi. Dastasi kosasi bilan bir butun yog&#8217;och bo&#8217;lagidan yo&#8217;niladi. Kosasining pastki qismi yupqa taxtacha bilan berkitiladi. Kvartakvinta oralig&#8217;ida sozlanadigan 5 ta asosiy torlaridan tashkari yon quloqqa bog&#8217;lanadigan tori bo&#8217;ladi. U baland sozlanib, ma&#8217;lum tasviriy vosita sifatida foydalaniladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rubob (Arabcha) \u2014 torli cholg&#8217;u musiqa asbobi. Noxun (mediator) bilan chertib chalinadi. O&#8217;rta asrdan Sharq (Eron, Afg&#8217;oniston, O&#8217;rta Osiyo) xalqlarida keng tarqalgan. Ba&#8217;zi olimlar fikriga ko&#8217;ra, qadimgi 2 torli kamonli &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/rubob\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-105592","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105592","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=105592"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105592\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":105594,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105592\/revisions\/105594"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=105592"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=105592"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=105592"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}