{"id":105765,"date":"2023-09-12T20:22:21","date_gmt":"2023-09-12T17:22:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=105765"},"modified":"2023-09-12T20:22:25","modified_gmt":"2023-09-12T17:22:25","slug":"roman-tillari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/roman-tillari\/","title":{"rendered":"Roman tillari"},"content":{"rendered":"\n<p>Roman tillari \u2014 hind-yevropa tillari oilasiga mansub qardosh tillar guruhi; ularning barchasi lotin tilidan kelib chiqqanligi, umumiy rivojlanish qonuniyatlari va til qurilishidagi ko&#8217;plab umumiy unsurlar bilan o&#8217;zaro bog&#8217;lanadi. &#171;Roman&#187; termini (lotincha romanus \u2014 &#171;Rimga tegishli&#187;, &#171;Rim imperiyasiga aloqador&#187; ma&#8217;nosida) dastlab, ilk o&#8217;rta asrlarda, klassik lotin tilidan hamda german lahjalaridan farq qiluvchi xalq tilini ifodalagan; Ispaniya va Italiyada Roman tillari &#171;yangi lotin tillari&#187; deb ham atalgan. Roman tillari 60 dan ortiq mamlakatda (masalan: frantsuz tili 30 ta, ispan tili 20 ta, portugal tili 7 ta, italyan tili 3 ta mamlakatda) milliy yoki rasmiy til sifatida qo&#8217;llanadi: ularda 600 milliondan ortiq kishi so&#8217;zlashadi. Tilshunoslikda Roman tillarining soni haqida yagona fikr yo&#8217;q. Hozirgi tegishli ishlarda ular ko&#8217;pincha 12 ta deb ko&#8217;rsatiladi: ispan, galitsi(ya), portugal, katalan, oksitan (provansal), frantsuz, italyan, sard, retoroman, rumin, moldavan va 19-asrdan o\u2019lik hisoblanadigan Dalmat tillari. Roman tillarining bir tekis rivojlanmaganligi ham ularni chegaralash, aniq sonini belgilashni qiyinlashtiradi. Roman tillarining tarqalish hududi 3 ga ajratiladi: 1) &#171;eski Romaniya&#187; \u2014 Yevropaning Rim imperiyasi tarkibiga kirgan va romancha nutqni saqlab qolgan qismi, Roman tillarining shakllanish markazi (Italiya, Portugaliya, deyarli butun Ispaniya va Frantsiya, Belgiyaning janubi, Shveytsariyaning g&#8217;arbi va janubi, Ruminiya va Moldaviya respublikalarining asosiy qismi, shimoliy Gretsiya, Makedoniya kabilar); 2) &#171;yangi Romaniya&#187; \u2014 16-18-asrlarda mustamlakachilik harakatlari natijasida Yevropadan tashqarida Roman tillarida so&#8217;zlashuvchi aholi paydo bo&#8217;lgan hududlar (Shimoliy Amerikadagi Kanada va Meksika mamlakatlari, Markaziy Amerikaning asosiy qismi, Janubiy Amerika, Antil orollari); 3) mustamlakachilik siyosati natijasida Roman tillari mahalliy tillar bilan birga rasmiy tilga aylangan mamlakatlar (Afrikaning kattagina qismi, Janubiy Osiyo va Okeaniyadagi uncha katta bo&#8217;lmagan hududlar). Roman tillari Rim imperiyasi tarkibiga kirgan hududlardagi xalqona lotin tilining davomi va tadrijiy rivoji hisoblanadi. Roman tillari rivojida 4 bosqich farqlanadi: 1) miloddan avvalgi 3-asr milodiy 5-asr \u2014 romanlashuv davri \u2014 mahalliy tillarning xalqona lotin tili bilan almashinishi. Bo&#8217;lajak Roman tillari o&#8217;rtasidagi tafovutlar shu davrdayoq namoyon bo&#8217;la boshlaydi; 2) 5-9-asrlar \u2014 Roman tillarining Rim imperiyasi parchalanishi va varvar davlatlarining tashkil topishi sharoitidagi shakllanish davri. Roman tillariga superstrat unsurlar (ya&#8217;ni bosqinchi germanlar, vestgotlar, franklar, burgundlar, lombardlar va boshqalar) ning kuchli ta&#8217;siri bilan ajralib turadi. Roman tillarining lotin tilidan va bir-biridan aniq farqli jihatlari kuchaya boradi; 3) 10-16-asrlar \u2014 Roman tillarida yozuvning rivojlanishi, ijtimoiy vazifalarining kengayish davri. Dastlabki matnlar frantsuz tilida 9-asrda, italyan va ispan tillarida 10-asrda, provansal, Katalan, sard tillarida 11-asrda, portugal va galisi tillarida 12-asrda, retoroman tilida 14-asrda, rumin tilida 16-asrda paydo bo&#8217;ladi. Lahjalardan yuqori turuvchi adabiy tillar shakllanadi; 4) 16-19-asrlar \u2014 milliy tillarning shakllanishi, me&#8217;yorlashuvi, boyib borishi davri. Roman tillari rivojlanishi notekis bo&#8217;lgan: ba&#8217;zi tillar ancha erta milliy tilga aylanib, hatto keyinroq xalqaro til vazifasini ham bajargan bo&#8217;lsa (frantsuz va ispan tillari), ba&#8217;zilari O&#8217;rta asrlarda muhim ahamiyatga ega bo&#8217;lib, keyinroq o&#8217;z mavqelarini yo&#8217;qotgan va 19-20-asrlarda qaytadan adabiy til maqomiga ega bo&#8217;lmoqda (provansal, Katalan va boshqa tillar). Yevropadan tashqaridagi boshqa hududlarda Roman tillarining mahalliy variantlari (masalan, Kanadada frantsuz tilining, Braziliyada portugal tilining, Markaziy va Janubiy Amerikada ispan tilining variantlari) paydo bo&#8217;ldi. Roman tillari lotin alifbosidan foydalanadi. Bolqonroman tillarida yozuv kirillisa asosida shakllangan. 1860 yildan keyin rumin tili, 1989 yildan moldavan tili lotin alifbosiga o&#8217;tgan. Lotin tilida bo&#8217;lmagan tovushlarni ifodalash uchun turli xil harf birikmalari, diakritik belgilar joriy etilgan. Abduvahob Madvaliev, Isroil Po&#8217;latov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Roman tillari \u2014 hind-yevropa tillari oilasiga mansub qardosh tillar guruhi; ularning barchasi lotin tilidan kelib chiqqanligi, umumiy rivojlanish qonuniyatlari va til qurilishidagi ko&#8217;plab umumiy unsurlar bilan o&#8217;zaro bog&#8217;lanadi. &#171;Roman&#187; termini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/roman-tillari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-105765","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105765","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=105765"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105765\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":105770,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105765\/revisions\/105770"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=105765"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=105765"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=105765"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}