{"id":105976,"date":"2023-09-13T15:10:47","date_gmt":"2023-09-13T12:10:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=105976"},"modified":"2023-09-13T15:10:51","modified_gmt":"2023-09-13T12:10:51","slug":"roziy-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/roziy-2\/","title":{"rendered":"Roziy"},"content":{"rendered":"\n<p>Roziy (to&#8217;liq nomi Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy) (865.28.8 \u2014 Ray \u2014 925.26.10) \u2014 Sharqning qomusiy olimi, tabib va mutafakkir. O&#8217;rta asr Yevropasida lotincha Razes nomi bilan tanilib, tabobat sohasida o&#8217;z davrining Jolinus (Galen)i deb sanalgan. Shuningdek, kimyo, botanika, matematika, astronomiya, mantiq va falsafa kabi fanlarni chuqur o&#8217;rgangan; adabiyot va musiqa bilan ham shug&#8217;ullangan. Roziy bir qancha vaqt Ray va Bag&#8217;dod shifoxonalarini boshqargan. U O&#8217;rta Osiyo, jumladan, Buxoro ilm ahllari bilan ilmiy muloqotda bo&#8217;lgan. Ko&#8217;z kasalligiga uchrab, umrining oxirida ko&#8217;r bo&#8217;lib qolgan. Roziyning tabobatga oid asarlaridan 36 tasi bizgacha yetib kelgan. U terapiya, xirurgiya, diagnostika, sanitariya-gigiena, farmakognoziya, farmakologiya, anatomiya, psixologiya kabi ilmlarni yangi g&#8217;oya va ixtirolar bilan boyitgan. Tabobat bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan botanika, mineralogiya va kimyo fani sohasida qam ancha muvaffaqiyatlarga erishgan. Roziyning eng muhim asarlaridan biri &#171;kitob alhoviy fittib&#187; (&#171;tibbiyotga oid bilimlar majmuasi&#187;) nomli to&#8217;plamidir. Unda antik davrdan to Roziy zamonasigacha bo&#8217;lgan nazariy va amaliy ma&#8217;lumotlar berilgan (asarning ayrim qismlari Rossiya Fanlar Akademiyasi sharqshunoslik instituti Sankt-Peterburg qo&#8217;lyozmalar fondida, Myunxen, London, Oksford, Kembrij, Eskurial (Ispaniya), Istanbul va Tehron kutubxonalarida saqlanmoqda). Roziyning tabobatga oid yana bir yirik asari \u2014 &#171;al-Kunnosh almansuriy&#187; (&#171;Mansurga bag&#8217;ishlangan to&#8217;plam&#187;) dir. Bu ham juda ko&#8217;p nazariy va amaliy masalalarni o&#8217;z ichiga olgan (qo&#8217;lyozma nusxalari Rossiya Fanlar Akademiyasi sharqshunoslik institutining Sankt-Peterburg fondida, shuningdek, Parij va Tehron kutubxonalarida saqlanmoqda). Asar 16-asrgacha Sharq tabiblari va Yevropa shifokorlarining asosiy qo&#8217;llanmalaridan biri bo&#8217;lib, unga ko&#8217;p sharxlar yozilgan. Roziy &#171;Kitob al-judariy valhasba&#187; (&#171;chechak va qizamiq haqida kitob&#187;) asarida tibbiyot tarixida birinchi bo&#8217;lib, chechak va qizamiq kasalliklarining boshqa yuqumli kasalliklardan farqi va tarifi berilgan; Roziy chechak bilan bir marta kasal bo&#8217;lgan kishi ikkinchi marta bu kasallikka duchor bo&#8217;lmasligini aniqlagan va chechakka qarshi emlash kerak degan fikrga kelib, uni amalga oshirgan. Roziy o&#8217;z davri tabobatini diagnostika va davolashning yangi usullari bilan boyitdi; jarrohlikda birinchi bo&#8217;lib ketgut (qo&#8217;y ichagidan tayyorlangan ip) ishlatdi. Roziy mashhur kimyogar bo&#8217;lib, kimyo faniga oid 26 ta asar yozgan, biroq, bizgacha ularning 4 tasigina etib kelgan. Bular orasida &#171;kitob ulasror&#187; (&#171;sirlar Kitobi&#187;) va &#171;kitob sirr ilasror&#187; (&#171;sirlar siri kitobi&#187;) asarlari alohida o&#8217;rin tutadi; &#171;kitob ulasror&#187;da o&#8217;rta asr Sharq kimyosi o&#8217;zining to&#8217;la ifodasini topgan. Roziyning bu asarlari uning nazariy jihatdan bir metallni ikkinchi metallga kimyoviy yo&#8217;l bilan aylantirish mumkinligiga ishonganini ko&#8217;rsatadi. Garchi amaliy jihatdan uning nazariyasi utopik bo&#8217;lsada, oltin va kumush hosil qilish yo&#8217;lidagi urinishlari tufayli Roziy qozirgi kimyoni bir qancha yangi moddalar, asboblar va kimyoviy amallar bilan boyitdi. Roziyning tibbiyot va kimyo sohalariga oid asarlari o&#8217;rta asrlarda Sharq va G&#8217;arbda shu sohalarning rivojlanishiga katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. Falsafiy-ijtimoiy qarashlari. Roziy o&#8217;rta asr Yaqin va o&#8217;rta Sharq xalqdari falsafasida mavjud bo&#8217;lgan ta&#8217;limotlarning birortasiga bog&#8217;liq bo&#8217;lmagan holda borliq va uning mohiyati haqida o&#8217;z mustaqil ta&#8217;limotini yaratdi. Uningcha, borliq \u2014 yagona bir-biriga bo&#8217;ysunmagan 5 mustaqil boshlang&#8217;ich mohiyat (yaratuvchi, jon, vaqt, makon, materiya)dan vujudga kelgan. Bularning har biri borliqning vujudga kelishi va mavjud bo&#8217;lib qolishida &#171;zaruriy vujud&#187;lardir. Roziy materiya, makon, zamonni yaratuvchi va jon bilan bir xil zaruriy mohiyat deb hisoblab, moddiylikni ilohiylikka, ilohiylikni moddiylikka bo&#8217;ysundirmadi. U o&#8217;z davrining yirik tabiatshunosi sifatida moddiy olam hodisalari va jarayonlarini materiya va uning xususiyatlari bilan izohlashga harakat qildi, o&#8217;z natur-falsafiy qarashlarida ma&#8217;lum darajada ilmiy nuqtai nazarga yaqinlashdi. O&#8217;rta asr falsafasi uchun erishgan eng katta yutuqlaridan biri \u2014 Roziyning narsalar moddiy atom zarralardan tuzilgani haqidagi ta&#8217;limotidir. U Demokrit va Epikur atomistik ta&#8217;limotini o\u2019rta asrlarda birinchi marta qayta tikladi. Uningcha, materiya dastlab &#171;bo&#8217;linmas zarralar (atom) holatida bo&#8217;ladi&#187;, ular &#171;og&#8217;irlik va tanaga ega&#187;, &#171;moddiy zarralarning bo&#8217;shliq zarralari bilan qo&#8217;shilishi&#187; natijasida 4 unsur: tuproq, suv, havo va olov paydo bo&#8217;ladi. Atomlarning moddiyligi, abadiyligi va ob&#8217;yektivligi tufayli ulardan vujudga kelgan moddiy olam ham ob&#8217;yektiv va abadiydir. Roziy zarralarning o&#8217;z-o&#8217;zidan harakati masalasini tushunmadi va muayyan narsalarning vujudga kelish jarayoni asosida materiya yotsa ham, bu jarayon jonning materiyaga intilishi va u bilan birikishi tufayli yuz berishi haqidagi dualistic nuqtai nazarda turadi. Roziy makon va zamonni ham substantsiya deb tushunadi, bu bilan ularni materiyadan va bir-biridan ajratadi. Roziyning bundan maqsadi ularning ob&#8217;yektivligini ta&#8217;kidlashdir. Roziy bilish nazariyasida moddiy olam hodisalarining inson sezgi a&#8217;zolariga ta&#8217;sir etib unda aks etishi, tashqi olam bilish ob&#8217;yekti, inson esa bilish sub&#8217;yekti ekanini ta&#8217;kidlaydi: &#171;Sezgi \u2014 seziluvchi narsalarning sezuvchiga ta&#8217;siri&#187;. Roziy bilishning eng kuchli quroli sifatida aklga yuqori baho beradi. Uningcha, insonning ijodiy faoliyati faqat aql tufaylidir. &#171;Aql bizni olijanoblikka yetaklaydi, hayotimizni go&#8217;zallashtiradi, maqsadlarimizga yetkazadi&#187;. Roziyning axloqqa oid 3 asari &#171;Kitob tibb arruhoniy&#187; (&#171;ruhiy tabobat&#187;), &#171;Kitob siyrat alfalsafiya&#187; (&#171;falsafiy hayot tarzi&#187;), &#171;maqola Fi amorot iliqbol vaddavla&#187; (&#171;davlatmandlik va baxtiqbol haqida&#187;) bizgacha yetib kelgan. Roziy Suqrotni axloq sohasida o&#8217;zining va barcha faylasuflarning ustozi deb hisoblaydi. Roziy ratsional (aqliy) Gedonizm tarafdori bo&#8217;lib, dunyo noz-ne&#8217;matlaridan aqlga muvofiq va me&#8217;yor bilan lazzatlanishni yoqlaydi. O&#8217;rta asr manbalarida Roziy dinning ayrim aqida va tamoyillariga salbiy munosabatda bo&#8217;lgani hamda payg&#8217;ambarlik haqida aqidaga zid bo&#8217;lgan asar yozgani ta&#8217;kidlanadi. Lekin, uning tabiiy-ilmiy merosi va falsafiy qarashlari yaqin va O&#8217;rta Sharq xalqlari ma&#8217;naviy merosida muhim ahamiyatga ega bo&#8217;lgan. Roziyning ilmiy merosini birinchi marta o&#8217;rgangan olim Abu Rayhon Beruniydir. Beruniy Roziyning tarjimai holi, dunyoqarashi va asarlarini tadqiq etib, &#171;fehrist kugub Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy&#187; (&#171;Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy kitoblarining ro&#8217;yxati&#187;) asarini yozgan. Roziyning asosiy asarlari o&#8217;rta asrlardayoq G&#8217;arbiy Yevropada mashhur bo&#8217;lgan, ba&#8217;zilari lotin va boshqalar. Yevropa tillariga tarjima qilinib, keng o&#8217;rganilgan. Keyingi davr olimlarining, jumladan, o&#8217;zbekistonlik olimlarning tadqiqotlarida Roziy asarlarining ilmiy jamoatchilikka ma&#8217;lum bo&#8217;lmagan qo&#8217;lyozma nusxalari va ularning tarjimalari aniqlanmoqda, ayrim asarlari nashr etilmoqda. Ad.: Karimov U. I., Neizvestnoe sochinenie arRazi &#171;Kniga tayni tayn&#187;, T., 1957; Kadirov A.A., Saipov U.T., Abu Bakr Razi, T., 1963; Usmanov M.A., Zakariyya arRazi, v knige &#171;iz filosofskogo naslediya narodov Vostoka&#187;, T., 1972; Abu Bakr Roziy va uning shogirdi yozib qoldirgan kasalliklar tarixi, T., 1974; Karimov S.U., IX\u2014XI asrlarda kimyo va dorishunoslik fanlari taraqqiyotida Markaziy Osiyo olimlarining o&#8217;rni, T., 2002. Surayyo Karimova, Mirjalol Usmonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Roziy (to&#8217;liq nomi Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy) (865.28.8 \u2014 Ray \u2014 925.26.10) \u2014 Sharqning qomusiy olimi, tabib va mutafakkir. O&#8217;rta asr Yevropasida lotincha Razes nomi bilan tanilib, tabobat &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/roziy-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-105976","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105976","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=105976"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105976\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":105995,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/105976\/revisions\/105995"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=105976"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=105976"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=105976"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}