{"id":106031,"date":"2023-09-14T10:24:30","date_gmt":"2023-09-14T07:24:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106031"},"modified":"2023-09-14T10:24:34","modified_gmt":"2023-09-14T07:24:34","slug":"ritm","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ritm\/","title":{"rendered":"Ritm"},"content":{"rendered":"\n<p>Ritm (Yunoncha rheo \u2014 oqaman), marom, davriylik \u2014 1) tabiiy hodisa va jarayonlarning muayyan vaqt davomida takrorlanib turishi. Ritm tsiklli va vaqtli bo&#8217;ladi. Hodisa va jarayonlarning tabiatda muayyan tartibda takrorlanib turishi tsikllik deyiladi. Masalan, Quyosh faolligi bilan bog&#8217;liq hodisalar \u2014 Quyosh dog&#8217;larining ko&#8217;payib-ozayib turishi, Quyosh chaqnashlari, undagi portlashlar, u bilan bog&#8217;liq holda yerda ro&#8217;y beradigan hodisalar (magnit bo&#8217;ronlari, qutb shafaqlari) va hokazolar. Vaqtli davriylik hodisa va jarayonlarning muayyan vaqt davomida takrorlanib turishi. Masalan, kun bilan tunning almashinishi bilan bog&#8217;liq jarayonlar, fasllarning almashinishi, iqlimiy tebranishlar; 2) she&#8217;riyat, musiqa, raqs, tasviriy san&#8217;at, amaliy bezak san&#8217;ati va me&#8217;morlik turlari shakllarining asosiy printsipi. She&#8217;riyat dagi Ritm tovush asosida paydo bo&#8217;ladi. Dastlabki she&#8217;rlarda satrlar o&#8217;lchov jihatdan teng bo&#8217;lmagan, ammo ular parallel qo&#8217;yilgan, bu esa sintaktik parallelizm deyilib, u she&#8217;r tuzilishining folklor tipiga xosdir. Xususan, turkiy xalqlarning qadimgi she&#8217;rlaridagi misralarni Alliterasiya va so&#8217;z takrorlari uyushtirgan; bunda ichki qofiya ham qatnashgan; so&#8217;ng qofiya misralar oxiriga ko&#8217;chib, evfoniya (ohangdorlik) vazifasinigina emas, Ritm vazifasini ham ado eta boshlagan. She&#8217;r to&#8217;zilishining tizimlarga va guruhlarga ajralishi shundan so&#8217;ng ro&#8217;y bergan. She&#8217;r tuzilishining folklor tipidan so&#8217;ng kvantitativ she&#8217;r tuzilishi paydo bo&#8217;lgan, u asosan sinkretik davr (san&#8217;atning aralash rivojlangan davri)ning she&#8217;r texnikasi bo&#8217;lgan. Yunon, Arab, hind, fors she&#8217;r tuzilishi va, jumladan, o&#8217;zbek aruzi kvantitativ she&#8217;r tuzilishiga mansub. Bu she&#8217;r tizimlarida tovushning miqdori \u2014 cho&#8217;ziklik darajasi va uning vaqt bilan o&#8217;lchanishi Ritmni uyushtirishning asosiy negizi hisoblangan. Kvantitativ she&#8217;r tuzilishidan so&#8217;ng kvalitativ she&#8217;r tuzilishi va unga kiruvchi ko&#8217;pchilik she&#8217;r tuzilishlari paydo bo&#8217;lgan. Bu she&#8217;r tuzilishi bo&#8217;g&#8217;inlarning sonigagina emas, sifatiga (urg&#8217;uli va urg&#8217;usiz bo&#8217;g&#8217;inlarning muayyan bir tartibda navbatlashib kelishiga) ham tayanadi; bunga sillabik, sillabiktonik va tonik bo&#8217;g&#8217;in tizimlari kiradi. Kvalitativ she&#8217;r tuzilishi davrida she&#8217;riyat og&#8217;zaki shakldan yozma shaklga o&#8217;tdi va musiqadan ajralib chiqdi. O&#8217;zbek barmoq tizimi ham shu bosqichga mansub. Barmoq tizimidagi Ritm bo&#8217;g&#8217;inlar soniga, oz bo&#8217;g&#8217;inlarning misralarda mutanosib bo&#8217;lishiga suyanadi. Nasrda ham Ritm mavjud. Ammo u o&#8217;lchov (vazn) asosida kelib chikmaydi. Shu tufayli izchil emas. Tasviriy san&#8217;atda Ritm badiiy san&#8217;at asarining ifoda vositalaridan bo&#8217;lib, asar tuzilishining o&#8217;ziga xos tomonini belgilaydi, uning g&#8217;oyaviy-badiiy estetik mazmunini chuqurroq ochishga xizmat qiladi. Ritm qurilishi simmetriyaning turli unsurlariga, shuningdek, bir xil yoki bir-biriga o&#8217;xshash (yaqin) shakl va narsalar (chiziq, muxrlangan harakat, nursoya, bo&#8217;yoq dog&#8217;lari va hokazolar)ning teng hajm va oraliqda tekis me&#8217;yorda qaytarilishi yoki oralab kelishiga asoslanadi. U yoki bu Ritm qurilishi yordamida asarga turlicha emotsionallik baxsh etish mumkin. Amaliy bezak san&#8217;ati hamda me&#8217;morlik da asar kompozitsiyasini yaratishda va obrazni shakllantirishda Ritm muhim o&#8217;rin tutadi. Me&#8217;morlikda hajm, shakllar (ustun, darcha, balkon va hokazolar) bir maromda qaytarilishi yoki oralab kelishi binoga o&#8217;zgacha mazmun kiritadi; naqsh mujassamoti ham Ritmga asoslangan holda yaratiladi: bir yoki bir necha naqsh bo&#8217;laklarining takrorlanishi yoki oralab kelishi natijasida asarga tugallik yoki cheksizlik bag&#8217;ishlanadi. Musiqada Ritm asar rivojlanish jarayonining zamon nuqtai nazaridan tartibi; kuy, garmoniya kabi asosiy musiqiy ifoda vositalaridan biri. Tor ma&#8217;noda Ritm tovush cho&#8217;zilmalarining izchilligidir (bunda tovushlar faqat o&#8217;zining davomiyligi jihatdan, ya&#8217;ni balandpastlik, lad xususiyatlaridan ajralgan holda baholanadi). Xalq musiqasining qadimgi ko&#8217;rinishlari (mehnat va marosim qo&#8217;shiqlari, alla, marsiya, doston kabi janrlar, ba&#8217;zi cholg&#8217;u mashqlar)da musiqiy Ritmning ilk shakli \u2014 &#171;ohangdor&#187; (yoki &#171;erkin&#187;) Ritm saqlanib qolgan. U ritmik tuzilmalarning o&#8217;zaro teng emasligi, har bir ritmik davrning &#171;keskin&#187; va &#171;yengil&#187; bosqichlar almashinuviga asoslanganligi bilan farqdanadi. Vokal asarlarda musiqaviy Ritm ma&#8217;lum darajada she&#8217;riy Ritmga monand bo&#8217;ladi. Og&#8217;zaki an&#8217;anadagi musiqada (masalan, mumtoz ashula, maqom janrlarida), ayniqsa, kvantitativ Ritm xususiyatlari keng o&#8217;rin olgan. Bunda ma&#8217;lum tartibda joylashgan turli (qisqa va uzun) cho&#8217;zilmalar muayyan ritmik andozalarni tashkil etadi, ular negizida musiqiy Ritm jarayoni yuzaga keladi. Xalq musiqasi (ayniqsa, Afrika va Osiyo xalqlari), kompozitorlik ijodi (asosan, gomofoniya uslubidagi asarlar)da kvalitativ (urg&#8217;uli) Ritm turi ham keng o&#8217;rin olgan. U qisqa va uzun emas, balki kuchli (urg&#8217;uli) va kucheiz (urg&#8217;usiz) cho&#8217;zilmalar nisbatlari orqali yuzaga keladi (masalan, usul). Urg\u2019uli Ritm ko&#8217;pincha muayyan musiqiy metrga bo&#8217;ysunadi. Metr va Ritmning o&#8217;zaro bog&#8217;liqligiga nisbatan metroritm iborasi ishlatiladi. Musiqaviy Ritmning hamma turlari katta badiiy kuchga ega bo&#8217;ladi. Ayniqsa, milliy koloritni berishda, turli harakatlarni tasvirlashda, umuman barcha davomiy jarayonlarni ifodalashda uning imkoniyatlari cheksiz. Ko&#8217;pgina musiqa uslublarida har xil Ritm turlari o&#8217;zaro tutashgan holda namoyon bo&#8217;ladi: masalan, mumtoz ashula yo&#8217;llarida tekis takrorlanuvchi usul negizida (urg&#8217;uli-davriy Ritm) aruz nisbatlariga asoslangan kuy rivoji (kvantitativ Ritm) barobar namoyon bo&#8217;ladi. Musiqadagi Ritmning nazariy va amaliy muammolarini musulmon Sharq olimlari ilmi iyqo fanida o&#8217;rganishgan. Ibn Sino, Safiudin alUrmaviy, Jomiy, Zaynulobidin al-Husayniy, Kavkabiy va boshqalar mavjud. Ritm tuzilmalarini advor (doiralar) shaklida tahlil qilishgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ritm (Yunoncha rheo \u2014 oqaman), marom, davriylik \u2014 1) tabiiy hodisa va jarayonlarning muayyan vaqt davomida takrorlanib turishi. Ritm tsiklli va vaqtli bo&#8217;ladi. Hodisa va jarayonlarning tabiatda muayyan tartibda takrorlanib &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ritm\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106031","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106031","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106031"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106031\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106034,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106031\/revisions\/106034"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106031"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106031"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106031"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}