{"id":106178,"date":"2023-09-15T08:39:30","date_gmt":"2023-09-15T05:39:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106178"},"modified":"2023-09-15T08:39:35","modified_gmt":"2023-09-15T05:39:35","slug":"rishton-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/rishton-tumani\/","title":{"rendered":"Rishton tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Rishton tumani \u2014 Farg&#8217;ona viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1959 yil 7 martda So&#8217;x tumani bilan birlashtirildi. 1990 yil 27 Fevralda So&#8217;x tumani ajralib chiqdi. Shimoldan Bag&#8217;dod, Janubi sharqdan Oltiariq, g&#8217;arbdan O&#8217;zbekiston va Uchko&#8217;prik tumanlari, Janubdan Qirg&#8217;iziston bilan chegaradosh. Maydoni 0,42,1 ming km2. Aholisi 150,2 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Rishton), 11 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (beshkapa, Buzrukxo&#8217;ja Usmonxo&#8217;jayev, Bo&#8217;ston, Yoyilma, Zoxidon, Mehnatobod, Oqoltin, Oqer, Rishton, tuda, qayrag&#8217;och) bor. Markazi \u2014 Rishton shahri. Tabiati. Tuman hududi Markaziy Farg&#8217;ona cho&#8217;lining Janubda, So&#8217;x daryosi va Katta Farg&#8217;ona kanali bo&#8217;yida joylashgan. Hududi, asosan, tekislikdan iborat. Foydali qazilmalardan neft, gaz, soz tuproq, shag&#8217;al bor. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -6,7\u00b0, eng past temperatura -27\u00b0, iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 23,6\u00b0, eng yuqori temperatura 42\u00b0. Yiliga 180 mm yog&#8217;in yog&#8217;adi. Xo&#8217;jaliklar va aholi yerlari So&#8217;x daryosi va Usmon Yusupov nomli Katta Farg&#8217;ona, katta Andijon kanallaridan sug&#8217;oriladi. Tuproqlari qo&#8217;ng&#8217;ir bo&#8217;z tuproq va o&#8217;tloqi tuproqlardan iborat, ayrim joylarda sho&#8217;rtuproq uchraydi. O&#8217;simliklardan sho&#8217;ra, shuvoq, yantoq, miya, oq bosh, yulg&#8217;un, qiyoq va boshqalar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan bo&#8217;ri, tulki, quyon, yumronqoziq; parrandalardan kaklik, bedana, tustovuq, zog&#8217;cha, qarg&#8217;a, to&#8217;rg&#8217;ay, sassiqpopishak, qaldirg&#8217;och; sudraluvchilardan o&#8217;q ilon, chipor ilon, kaltakesak; kemiruvchilardan kalamush va boshqalar uchraydi. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, tojik, qirg&#8217;iz, rus, tatar, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2 ga 357 kishi. Shahar aholisi 30,9 ming kishi, qishloq aholisi 119,3 ming kishi. Xo&#8217;jaligi. Tuman markazi va yaqin qishloklarda kulolchilik rivojlangan. Qishloq xo\u2019jalik bog&#8217;dorchilik, tokchilikka ixtisoslashgan. Mashhur Rishton kandak o&#8217;riklari, Cho&#8217;ng&#8217;ara devzirasi yetishtiriladi. Turli sohadagi yuzdan ortiq sanoat korxonasi ishlab turibdi. &#171;Farg&#8217;onaneftgaz&#187; aktsiyadorlik jamiyati, o&#8217;zbek-arab &#171;Paynts-Keramik&#187; qo&#8217;shma korxonasi, paxta tozalash, badiiy kulolchilik buyumlari, g&#8217;isht zavodlari, ko&#8217;plab xususiy shirapazlik, 1200 dan ortiq xususiy kulolchilik kichik tsexlari, yigiruv-to&#8217;quv, mebel fabrikalari, MTP, bosmaxona, dehqon va buyum bozorlari faoliyat ko&#8217;rsatadi. O&#8217;zbekiston xalq ustalari I.Komilov, N.Qodirov, O&#8217;zbekiston Badiiy Akademiyasi a&#8217;zosi Sh. Yusupovlarning o&#8217;ziga xos uslublari bor. Sug&#8217;oriladigan yerlar 20658 gektar, shu jumladan, paxta 9500 gektar, don 7400 gektar, sabzavot va poliz 170 gektar, yem-xashak ekinlari 588 gektar maydonga ekiladi. Mevazorlar 5 ming gektarni tashkil qiladi. Rishton tumanida 220 kilometr uzunlikdagi ochiq drenajlar, 245 ta vertikal qudug&#8217;i bor. Tuman jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 127,5 ming qoramol, 23,7 ming qo&#8217;y va echki, 48,4 ming parranda, 165 ot boqiladi. 418 ta asalari uyasi bor (2003). Rishton tumanida 2 musiqa, 62 umumiy ta&#8217;lim, 1 sport maktabi, 3 kasbhunar kolleji, 2 liseyda 41163 o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oladi. Markaziy kutubxona va uning filiallari, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bog&#8217;i, 14 klub, muzey, Markaziy stadion, 4 kasalxona, 2 ta poliklinika, 24 qishloq vrachlik punkti, 30 ta dorixona, sanatoriy va boshqa tibbiy muassasalarda 233 vrach, 1843 o&#8217;rta tibbiy xodim ishlaydi. Tumanda 5 kilometr temir yo\u2019l (Toshkent \u2014 Andijon), 74 kilometr uzunlikda respublika, 109 kilometr uzunlikda viloyat ahamiyatidagi avtomobil yo&#8217;llari bor. Ichki avtomobil yo&#8217;llari uzunligi 264 kilometr. Tarixiy me&#8217;moriy obidalardan &#171;Sohibi-Hidoya&#187;, &#171;Yigitpirim&#187;, &#171;Hizrbuva&#187;, &#171;Xo&#8217;ja ilg&#8217;or&#187;, &#171;Xo&#8217;ja Rushnoiy&#187;, &#171;Toshkelinchak&#187; va boshqalar saqlangan. 1966 yildan &#171;Rishton haqiqati&#187; tuman gazeta chiqariladi (adadi 8608).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rishton tumani \u2014 Farg&#8217;ona viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1959 yil 7 martda So&#8217;x tumani bilan birlashtirildi. 1990 yil 27 Fevralda So&#8217;x tumani ajralib chiqdi. Shimoldan Bag&#8217;dod, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/rishton-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106178","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106178","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106178"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106178\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106190,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106178\/revisions\/106190"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106178"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106178"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106178"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}