{"id":106374,"date":"2023-09-15T13:09:11","date_gmt":"2023-09-15T10:09:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106374"},"modified":"2023-09-15T13:09:15","modified_gmt":"2023-09-15T10:09:15","slug":"referendum-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/referendum-2\/","title":{"rendered":"Referendum"},"content":{"rendered":"\n<p>Referendum (lotincha referendum \u2014 bildirilishi kerak bo&#8217;lgan) \u2014 umumxalq ovoz berish yo&#8217;li bilan qonunlar qabul qilish va davlat ahamiyatiga molik eng muhim masalalarni hal qilish shakli. Bevosita demokratiyaning muhim vositasi. Referendumning saylovlardan asosiy farqi shundaki, Referendum o&#8217;tkazilayotganda biron bir lavozimga nomzod yoki nomzodlar ro&#8217;yxati uchun ovoz berilmaydi, balki unda muayyan masala \u2014 qonun, qonun loyihasi, Konstitutsiya, Konstitutsiyaga tuzatishlar, mamlakat xalqaro maqomiga taalluqli yoki ichki siyosatiga oid biron bir savol qo&#8217;yiladi. Saylov natijalari majoritar tizim bo&#8217;yicha ham, proportsional tizim bo&#8217;yicha ham aniqlanishi mumkin bo&#8217;lsa, Referendum natijalari faqat majoritarizm (mutlaq ko&#8217;pchilik ovozini hisoblash) tamoyillari asosidagina aniqlanishi mumkin. Referendumning o&#8217;ziga xos shakli plebissit hisoblanadi. Ayrim mamlakatlar (masalan, Frantsiya)da plebissit Referendumga nisbatan birmuncha kengroq tushuncha hisoblanadi. Ba&#8217;zi mamlakatlar (masalan, AQSh)da esa plebissit bilan Referendumni farqlamaydilar. Hozirgi zamon davlatlarining konstitusiyaviy huquqi Referendum va uni o&#8217;tkazishning turli xil ko&#8217;rinishlarini nazarda tutadi. Referendumlar butun davlat hududida o&#8217;tkaziladigan umumilliy Referendum va alohida federatsiya sub&#8217;yektlari yoki ma&#8217;muriy-hududiy birliklarda o&#8217;tkaziladigan mahalliy Referendumga bo&#8217;linadi. Konstitutsiyaga yoki qonunlarga taalluqli Referendum o&#8217;tkazilishi mumkin. Birinchi holda yangi Konstitutsiya loyihasi yoki Konstitutsiyaga qilinadigan o&#8217;zgartirish va tuzatishlar bo&#8217;yicha Referendum o&#8217;tkazilsa, ikkinchi holatda qonun loyihasi yoki kuchga kirgan qonun bo&#8217;yicha Referendum o&#8217;tkaziladi. Huquqiy ahamiyati jiqatdan maslahat Referendumlari (xalq so&#8217;rovi deb ham ataladi) va hal qiluvchi Referendumlar bo&#8217;ladi. Maslahat Referendumlari biron bir masala yuzasidan saylovchilarning irodasini aniqlab olish bo&#8217;yicha o&#8217;tkazilib, ana shu asosida davlatning boshqa organlari qaror chiqaradi (bunday Referendumlar Shveytsariya, Ispaniyada o&#8217;tkaziladi). Hal qiluvchi Referendumlarda biron-bir masala uzil-kesil qaror chiqarish uchun saylovchilar ovoziga qo&#8217;yiladi. Shuningdek, majburiy va fakultativ Referendumlar bo&#8217;ladi. Referendumlar o&#8217;tkazish zarurati Konstitutsiya yoki boshqa konstitutsiyaviy-huquqiy hujjatda ko&#8217;rsatilgan bo&#8217;lsa (masalan, Konstitutsiya o&#8217;zgartiriladigan holda) majburiy Referendum o&#8217;tkaziladi. Fakultativ Referendumlar tegishli davlat organi yoki saylov korpusi irodasiga bog&#8217;liq holda o&#8217;tkaziladi. &#171;O&#8217;zbekiston Respublikasining referendumi to&#8217;g&#8217;rsida&#187;gi qonun (dastlab 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan, 2001 yil 30 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan)ga ko&#8217;ra, O&#8217;zbekiston Respublikasining Referendumi O&#8217;zbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarini qabul qilish maqsadlarda jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir. Referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega bo&#8217;ladi va faqat Referendum yo&#8217;li bilan bekor qilinishi yoki o&#8217;zgartirilishi mumkin. Referendum O&#8217;zbekiston Respublikasining butun hududida o&#8217;tkaziladi. Referendumni o&#8217;tkazish tashabbusi bilan: O&#8217;zbekiston Respublikasi fuqarolari; O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi; O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti chiqishi mumkin. Referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo&#8217;lgan (18 yoshga to&#8217;lgan) O&#8217;zbekiston fuqarolari umumiy sonining kamida 5 foizini tashkil etgan fuqarolar imzosi to&#8217;plangan (bunda imzo chekkan fuqarolar miqdori har bir ma&#8217;muriy-hududiy tuzilma bo&#8217;yicha bir tekis va mutanosib ravishda taqsimlangan) bo&#8217;lsa; O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari a&#8217;zolarining uchdan ikki qismining ovozi bilan, O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidentining asoslantirilgan talabi bilan Referendum o&#8217;tkazilishi mumkin. Quyidagi masalalar Referendum predmeti bo&#8217;lishi mumkin emas: O&#8217;zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini o&#8217;zgartirish; O&#8217;zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va soliqlar; amnistiya va afv etish; jamoat tartibini, aholi sog&#8217;lig&#8217;i va xavfsizligini ta&#8217;minlash bo&#8217;yicha favqulodda va shoshilinch chora-tadbirlar o&#8217;tkazish; O&#8217;zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish; mansabdor shaxslarni tayinlash va vazifasidan ozod etish. Referendum yashirin ovoz berish yo&#8217;li bilan o&#8217;tkaziladi. O&#8217;zbekiston Respublikasi tarixida 1-marta 1991 yil 29 dekabrda Referendum bo&#8217;lgan. Bu Referendumda &#171;O&#8217;zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to&#8217;g&#8217;risida&#187; O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 31 avgustdagi Konstitutsiyaviy qonuni to&#8217;g&#8217;ri qabul qilinganligini O&#8217;zbekiston xalqi bir ovozdan ma&#8217;qulladi. 2002 yil 27 yanvarda O&#8217;zbekiston Respublikasida 2 palatalik parlamentni shakllantirish va O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddatini 5 yildan 7 yilga o&#8217;zgartirishga bag&#8217;ishlangan Referendum bo&#8217;lib o&#8217;tdi. Bu Referendumlar O&#8217;zbekistonda demokratiya mustahkamlanib borayotganini ko&#8217;rsatadi. Akmal Saidov, Davron Ahmedov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Referendum (lotincha referendum \u2014 bildirilishi kerak bo&#8217;lgan) \u2014 umumxalq ovoz berish yo&#8217;li bilan qonunlar qabul qilish va davlat ahamiyatiga molik eng muhim masalalarni hal qilish shakli. Bevosita demokratiyaning muhim vositasi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/referendum-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106374","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106374","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106374"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106374\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106378,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106374\/revisions\/106378"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106374"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106374"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106374"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}