{"id":106382,"date":"2023-09-15T13:26:21","date_gmt":"2023-09-15T10:26:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106382"},"modified":"2023-09-15T13:26:25","modified_gmt":"2023-09-15T10:26:25","slug":"reflekslar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/reflekslar\/","title":{"rendered":"Reflekslar"},"content":{"rendered":"\n<p>Reflekslar \u2014 organizmning Markaziy nerv sistemasi orqali ichki yoki tashqi muhit omillari ta&#8217;siridan reseptorlar qo&#8217;zg&#8217;alishiga javob reaktsiyasi. Reflekslarning tuzilish mexanizmi reflektor yoydan iborat. Bunda retseptorlar ta&#8217;sirotni qabul qilib, sezuvchi (afferent) nervlarga, ular miya markaziga, markaziy nerv sistemasi qo&#8217;zg&#8217;alishi miyadan harakat organlariga uzatuvchi (efferent) nervlarga, ulardan effektorlar \u2014 muskullar, bezlar hamda ichki a&#8217;zolarga o&#8217;tkazadi. Reflekslar a&#8217;zolar ishini va ularning o&#8217;zaro ta&#8217;sirini tartibga keltirishda, organizm bir butunligini saqlash hamda yashash sharoitiga moslanishda katta ahamiyatga ega. Reflekslar haqidagi dastlabki tasavvurlarni frantsuz filosofi va tabiatshunosi R. Dekart ilgari surgan. 18-asrda Reflekslar va reflektor apparat to&#8217;g&#8217;risidagi ta&#8217;limotga shveytsariyalik A. Galler, Chex Y. Proxaska, shotland Ch. Bell, frantsuz F. Majandi va boshqalar o&#8217;z hissasini qo&#8217;shdi. 19-asrning 2-yarmiga kelib, reflektor (Avtomatik, ixtiyorsiz), shuningdek, ixtiyoriy harakatlar to&#8217;g&#8217;risidagi ma&#8217;lumotlar to&#8217;plandi. I. M. Sechenov o&#8217;z asarlarida &#171;hayotdagi barcha ongli va ongsiz aktlar butun mohiyati bilan Reflekslardir&#187; degan edi. Bu tushunchani I. P. Pavlov oliy nerv faoliyati to&#8217;g&#8217;risidagi ta&#8217;limotda rivojlantirdi. I. P. Pavlov barcha Reflekslarning kelib chiqishi, mexanizmi va biologik ahamiyatini hisobga olib, tug&#8217;ma Reflekslarni shartsiz reflekslar va hayot davomida orttirilgan Reflekslarni shartli reflekslarta ajratdi. Reflekslar turiga qarab, millisekunddan bir necha sekundgacha davom etadi. Qo&#8217;zg&#8217;alish reflektor yoyda faqat bir yo&#8217;nalishda \u2014 afferent neyrondan efferentga tomon o&#8217;tkaziladi. Bu xususiyat neyronlararo qo&#8217;zg&#8217;alishni uzatish paytida ajralib, sinaptik tutashishni vujudga keltiruvchi kimyoviy moddalar (mediatorlar)ta bog&#8217;liq. Reflekslar alohida-alohida kechmasdan, ma&#8217;lum funktsional hamda biologic ahamiyatga ega bo&#8217;lgan murakkab reflektor aktlarga birlashadi (masalan, og&#8217;riqni sezish natijasida hosil bo&#8217;ladigan reflektor Reflekslarda bir muskul qisqarsa, ikkinchisi bo&#8217;shashadi, nafas hamda yurak faoliyati o&#8217;zgaradi va hokazolar). Ichki a&#8217;zolar kasalliklari natijasida patologik Reflekslar ro&#8217;y berishi mumkin. Masalan, o&#8217;pka arteriyasi ichki pardasining ma&#8217;lum qismiga yot tana ta&#8217;sirida yurak ishi to&#8217;xtaydi (shartsiz patologik Reflekslar), obhavo yomon paytda toqqa ko&#8217;tarilayotganda yurak toj tomirlarida spazm ro&#8217;y beradi, xuddi shu holat ob-havo yaxshi vaqtda ham xuddi o&#8217;sha joyda takrorlanishi mumkin (shartli patologik Reflekslar). Shartli patologik Reflekslar takror ta&#8217;sirot bilan mustahkamlanmasada, uzoq vaqtgacha saqlanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Reflekslar \u2014 organizmning Markaziy nerv sistemasi orqali ichki yoki tashqi muhit omillari ta&#8217;siridan reseptorlar qo&#8217;zg&#8217;alishiga javob reaktsiyasi. Reflekslarning tuzilish mexanizmi reflektor yoydan iborat. Bunda retseptorlar ta&#8217;sirotni qabul qilib, sezuvchi (afferent) &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/reflekslar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106382","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106382","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106382"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106382\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106385,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106382\/revisions\/106385"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106382"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106382"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106382"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}