{"id":106401,"date":"2023-09-15T13:46:56","date_gmt":"2023-09-15T10:46:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106401"},"modified":"2023-09-15T13:47:00","modified_gmt":"2023-09-15T10:47:00","slug":"rikardo-ricardo-david","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/rikardo-ricardo-david\/","title":{"rendered":"Rikardo (Ricardo) David"},"content":{"rendered":"\n<p>Rikardo (Ricardo) David (1772.19.4, London \u2014 1822.11.9, Glostershir grafligi) \u2014 ingliz iqtisodchisi, klassik iqtisodiy maktab namoyandasi. Dastlab 1793-1812 yillarda tijorat ishlari bilan shug&#8217;ullanib katta boylik orttirdi, keyinchalik ilmiy faoliyat bilan shug&#8217;ullandi. 1819-23 yillarda Angliya parlamentining a&#8217;zosi. Rikardoning ilmiy ishlari ish haqi, foyda va renta masalalariga bag&#8217;ishlangan. Uning iqtisodiyot fanidagi tarixiy o&#8217;rni, birinchi navbatda, kapitalizmning iqtisodiy munosabatlarini qiymatning mehnat nazariyasi nuqtai nazaridan tadqiq etishni boshlab berganligidan iborat. Rikardo tovar qiymatining yagona manbai ishchining mehnati bo&#8217;lib, aholining daromadlari \u2014 ish haqi, foyda, foiz, rentalar shu tovar qiymatiga asoslanadi, deb qaradi. Rikardo &#171;Siyosiy iqtisod va soliqqa tortish asoslari&#187; (1817) asarida ishchining ish haqi bilan sohibkorning foydasi o&#8217;rtasidagi nisbatning teskari proportsionalligini asoslab, ishchi va kapitalist iqtisodiy manfaatlarining zid ekanligini ko&#8217;rsatadi. Rikardo shug&#8217;ullangan asosiy masalalardan biri \u2014 yaratilgan ijtimoiy mahsulotning asosiy 3 sinf \u2014 sanoatchilar (foyda), ishchilar (ish haqi), yer egalari (Renta) o&#8217;rtasidagi taqsimoti muammosi bo&#8217;lgan. Rikardo renta nazariyasini asoslab berdi. Rikardo nazariya va amaliyotda erkin savdo tarafdori bo&#8217;lgan. Rikardo Angliyaning tashqi aloqalari uning iqtisodiyotida katta rol o&#8217;ynashini alohida o&#8217;rgandi. U birinchilardan bo&#8217;lib ayrim tovarlarni ishlab chiqarishgina emas, balki mamlakatlar o&#8217;rtasida xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvning ahamiyati katta ekanligini ko&#8217;rsatdi, tashqi savdoda qiyosiy afzalliklar nazariyasini asoslab berdi. As: sochinenie, t 1-5, M., 1961. Ad.: Razzoqov A., Toshmatov Sh ., O&#8217;rmonov N., Iqtisodiy ta&#8217;limotlar tarixi, T., 2002.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rikardo (Ricardo) David (1772.19.4, London \u2014 1822.11.9, Glostershir grafligi) \u2014 ingliz iqtisodchisi, klassik iqtisodiy maktab namoyandasi. Dastlab 1793-1812 yillarda tijorat ishlari bilan shug&#8217;ullanib katta boylik orttirdi, keyinchalik ilmiy faoliyat bilan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/rikardo-ricardo-david\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106401","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106401","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106401"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106401\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106412,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106401\/revisions\/106412"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106401"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106401"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106401"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}