{"id":106421,"date":"2023-09-15T13:55:43","date_gmt":"2023-09-15T10:55:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106421"},"modified":"2023-09-15T13:55:47","modified_gmt":"2023-09-15T10:55:47","slug":"retikulyar-formatsiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/retikulyar-formatsiya\/","title":{"rendered":"Retikulyar formatsiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Retikulyar formatsiya (lotincha reticulum \u2014 to&#8217;r va formatio \u2014 tuzilma), to&#8217;rsimon tuzilma \u2014 bosh miyaning markazida (uzunchoq va o&#8217;rta miyada, ko&#8217;rish do&#8217;mboqlarida) joylashgan maxsus tuzilmalar majmui. Markaziy nerv sistemasining quyi va yuqori joylashgan sohalari, shu jumladan, katta yarim sharlar po&#8217;stlog&#8217;i qo&#8217;zg&#8217;aluvchanligi va tonusi darajalarini boshqaradi. Retikulyar formatsiya hosil qiluvchi neyronlar aksonlarining tuzilishi, uzunligi va katta-kichikligiga ko&#8217;ra turlichadir. Ularning tolalari chirmashib ketgan. &#171;Retikulyar formatsiya&#187; terminini nemis olimi O.Deyters kiritgan, u Retikulyar formatsiyaning faqat morfologik xususiyatlarini ifodalaydi. Retikulyar formatsiya orqa miya, miyacha, limbik sistema va bosh miya katta yarim sharlari po&#8217;stlog&#8217;i bilan morfologik va funktsional jihatdan bog&#8217;langan. Retikulyar formatsiya sohasida unga kelayotgan afferent va efferent impulsi o&#8217;zaro ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Natijada Retikulyar formatsiya neyronlari muayyan qo&#8217;zg&#8217;algan holatda bo&#8217;ladi. Bu esa Markaziy nerv sistemasini tashqi muhitdan kelayotgan impulslarni qabul qilishga tayyorlab turadi. Retikulyar formatsiya Markaziy nerv sistemasining turli sohalariga pastga va yuqoriga yo&#8217;naluvchi ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Bu ta&#8217;sirlar, o&#8217;z biologik mohiyatiga ko&#8217;ra, tormozlovchi yoki qo&#8217;zg&#8217;atuvchi xususiyatga ega. Retikulyar formatsiyaning qo&#8217;zg&#8217;alishini bosh miya katta yarim sharlari boshqaradi. Retikulyar formatsiyaning pastga yo&#8217;naluvchi ta&#8217;siri. Retikulyar formatsiyada orqa miya reflektor faoliyatini tormozlovchi va yengillashtiruvchi sohalar bor. Miya ustuni turli sohalarining ta&#8217;sirlanishi bilan orqa miya Reflekslarining o&#8217;zaro bog&#8217;liqligini dastlab I.M. Sechenov topdi (1862). 1944-46 yillarda amerikalik neyrofiziolog X. Megoun o\u2019z xodimlari bilan birga uzunchoq miya Retikulyar formatsiyasi turli qismlarining ta&#8217;sirlanishi orqa miyaning harakat reaktsiyasiga yengillashtiruvchi yoki tormozlovchi ta&#8217;sir ko\u2019rsatishini aniqladi. Retikulyar formatsiyaning muskul tonusiga ta&#8217;sir etish mexanizmlarini shved olimi R. Granit ochib berdi.; U aksonlari introfuzal muskul tolalariga boradigan gammamotoneyronlar faolligiga ham Retikulyar formatsiya ta&#8217;sir etishini ko&#8217;rsatadi. Bu organizmning fazoda turli holatda bo&#8217;lishi va turlicha harakatlanishini boshqarishda muhim rol o&#8217;ynaydi. Retikulyar formatsiyaning yuqoriga yo&#8217;naluvchi ta&#8217;siri. Retikulyar formatsiyaning oraliq miyadan uzunchoq miyagacha bo&#8217;lgan turli qismlari miya po&#8217;stlog&#8217;ining barcha bo&#8217;limlariga qo&#8217;zg&#8217;atuvchi ta&#8217;sir etadi, ya&#8217;ni bosh miya katta yarim sharlarining barcha sohalarini qo&#8217;zg&#8217;atish jarayoniga jalb etadi. 1949 yilda italiyalik fiziolog J.Morussi bosh miyaning bioelektrik faolligini tadqiq qilib, miya ustuni Retikulyar formatsiyasi ta&#8217;sirlanganda miyada uyqu vaqtida kuzatiladigan yuqori voltli sekin sinxron tebranishlarning tetiklik (uyg&#8217;oqlik)ka xos bo&#8217;lgan past amplitudali yuqori chastotali faollikka o&#8217;tishini aniqladi. Bosh miya elektr faollining bunday o&#8217;zgarishi hayvonlarda uyg&#8217;onish belgilariga xosdir. Retikulyar formatsiya anatomik jihatdan Markaziy nerv sistemasidagi asosiy o&#8217;tkazuvchi yo&#8217;llar bilan chambarchas bog&#8217;liq. Uning qo&#8217;zg&#8217;alishi eksteroseptiv va interoseptiv afferent sistemalar yordamida amalga oshadi. Shu sababli ko&#8217;pgina olimlar Retikulyar formatsiyani bosh miyaning nospesifik afferent sistemasi deb hisoblaydilar. Biroq Retikulyar formatsiya ishtirokida yuz beradigan reaktsiyalarga kimyoviy preparatlar tanlab ta&#8217;sir ko&#8217;rsatishining kashf etilishi fiziolog P.K. Anoxinga Retikulyar formatsiyaning miya po&#8217;stlog&#8217;iga ko&#8217;rsatadigan yuqoriga yo&#8217;naluvchi ta&#8217;siri spesifik ekanligi haqidagi qonunlarni ta&#8217;riflashda yordam berdi. Organizmga yuborilgan narkotik moddalar Retikulyar formatsiya neyronlarini tormozlaydi va buning oqibatida ularning miya po&#8217;stlog&#8217;iga ko&#8217;rsatadigan yuqoriga yo&#8217;naluvchi (faollashtiruvchi) ta&#8217;siri yo&#8217;qoladi. Retikulyar formatsiya xususiyatlari, uning boshqa po&#8217;stloq osti strukturalari va miya po&#8217;stlog&#8217;ining barcha sohalari bilan o&#8217;zaro munosabati o&#8217;rganilishi og&#8217;riq, uyqu hamda uyg&#8217;oqlik va boshqa neyrofiziologik mexanizmlarni aniqlash imkonini berdi. Retikulyar formatsiya tadqiqotida farmakologik moddalarning qo&#8217;llanilishi Markaziy nerv sistemasining qator kasalliklarini davolash mumkinligini ko&#8217;rsatadi. Bu esa endilikda tibbiyotning narkoz va boshqa muhim masalalarga yangicha yondashish imkonini beradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Retikulyar formatsiya (lotincha reticulum \u2014 to&#8217;r va formatio \u2014 tuzilma), to&#8217;rsimon tuzilma \u2014 bosh miyaning markazida (uzunchoq va o&#8217;rta miyada, ko&#8217;rish do&#8217;mboqlarida) joylashgan maxsus tuzilmalar majmui. Markaziy nerv sistemasining quyi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/retikulyar-formatsiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106421","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106421","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106421"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106421\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106422,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106421\/revisions\/106422"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106421"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106421"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106421"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}