{"id":106423,"date":"2023-09-15T14:04:36","date_gmt":"2023-09-15T11:04:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106423"},"modified":"2023-09-15T14:04:39","modified_gmt":"2023-09-15T11:04:39","slug":"repressiya-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/repressiya-2\/","title":{"rendered":"Repressiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Repressiya (so&#8217;nggi lotincha Repression \u2014 bosim, tazyiq) \u2014 davlat organlari qo&#8217;llaydigan jazo chorasi, qatag&#8217;on qilish. Asosan, mustabid, totalitar, mustamlakachi davlat tomonidan xalqqa nisbatan qo&#8217;llaniladigan jazolash, qatli om, qatli nufus, ommaviy tarzda zulm o&#8217;tkazish tushunchalarini ifodalaydi. Ommaviy jazolash, qiynoqqa solish choralari mustabid davlatlarning xalqni asoratda ushlash, qo&#8217;rqitish, bosim o&#8217;tkazish qurolidir. Mustamlakachi davlatlar o&#8217;zlariga tobe o&#8217;lkalarda xalqning noroziligini, ijtimoiy-siyosiy, ozodlik xarakatini bostirish, tag tugi bilan yo&#8217;qotish uchun harbiy, siyosiy, iqtisodiy Repressiyani qo&#8217;llaganligi tarixdan ma&#8217;lum. Masalan, chor hukumati Turkistonni bosib olgan birinchi kundan xalqni qo&#8217;rqitish, vahimada ushlash siyosatini olib bordi. Dastlab, istilochi general M. Chernyaev 1865 yil Toshkent mudofaasining rahbari Mulla Solihbek dodxoh To&#8217;yoqbiy o&#8217;glini 2 shartnomaga imzo chekishdan bosh tortgani uchun 8 nafar sherigi bilan sudsiz, so&#8217;roqsiz Tomsk shahriga surgun qilib, Repressiyani qo&#8217;llagan edi. Keyin chor hukumati 1892 yilgi &#171;vabo qo&#8217;zg&#8217;oloni&#187; (Toshkent) davrida ham bunday chorani qo&#8217;llab, tinch aholidan bir qancha kishini otib tashladi, qo&#8217;zg&#8217;olon rahbarlaridan Sharifxo&#8217;ja qozi Poshoxo&#8217;jayev, In&#8217;omxo&#8217;ja oqsoqol Umarxo&#8217;jayevni surgun qildi. 1898 yil qo&#8217;zg&#8217;oloni bostirilgach, Mingtepa qishlog&#8217;i to&#8217;pga tutilib, aholisi qirildi, 22 mingdan ortiq kishi o&#8217;ldirildi, surgun qilindi. Shuningdek, 1916 yilgi mardikorga olish jarayonida qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;targan Toshkent, Jizzax aholisiga nisbatan repressiv choralar ko&#8217;rildi. Sobiq sho&#8217;rolar hukumati ham mahalliy xalqlarga qarshi Repressiyalar olib bordi. Turkiston muxtoriyatini bostirish, yer islohotini o&#8217;tkazish, jamoalashtirish davrida minglab odamlar qatag&#8217;onga uchradi, mol-mulklari tortib olindi, juda ko&#8217;p oilalar Ukraina, Shimoliy Kavkaz, Sibirga surgun qilindi. O&#8217;zbekistonda 1928, 1929, 1930-yillarda katta siyosiy jarayonga aylangan &#171;milliy ittihodchilar ishi&#187;, &#171;Badriddinovchilar&#187;, &#171;Qosimovchilar&#187;, &#171;maorif xalq komissarligi ishi&#187; kabi Repressiyalar o&#8217;tkazildi. Sovet qukumati sobiq Yustisiya komissarligining &#171;revolyutsion tribunal&#187; (1917 yil 19 dekabr) instruktsiyasi, Xalq Komissarlari Sovetining &#171;Qizil terror&#187; (1918 yil 5 sentabr), sobiq SSSR miq Prezidiumining 1932 va 1934 yillarda qabul qilgan g&#8217;ayriinsoniy qonunlari va qarorlari hamda &#171;SSSR prokurorining direktivasi&#187; (1935 yil 23 yanvar) asosida millionlab kishilar OGPU kollegiyasi, maxsus, &#171;uchlik&#187;, NKVD \u2014 mgb \u2014 MVD ning maxsus kengashi, harbiy sud tomonidan guvoh, dalil, isbotsiz qamaldi, otildi, surgun qilindi, qo&#8217;shimcha jazo mudsatini o&#8217;tamay vataniga qaytib kelishiga ruxsat berilmadi. 1937-38 yillarda jazoga tortilgan kishilarning mol-mulki musodara qilindi, hatto norasida bolalari ham turli tutkingohlarda saqlandi. Shu yillarda amalga oshirilgan ruhoniylar, millatchilar ishi bahonasida talaygina adabiyot, san&#8217;at, ilm-fan va din arboblari Repressiya qilindi. Sobiq hukumat bu bilan kifoyalanmay 20-asrning 40-50-yillarida taslimchilik, antisovetchilik bahonasida o&#8217;zbek ziyolilariga qarshi navbatdagi Repressiyani qo&#8217;lladi. 80-yillarda katta shovshuv ostida &#171;paxta ishi&#187; nomi bilan yangi Repressiya boshlanib, minglab begunoh kishilar qatag&#8217;onga uchradi. Prezident I. Karimov O&#8217;zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi arafasidayoq sho&#8217;ro tuzumi davom ettirib kelayotgan adolatsizliklarga barham berish, haqiqatni tiklash, begunoh qatag&#8217;on qilinganlarni oqlash choralarini ko&#8217;rdi. Keyinchalik O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidentning Farmoyishi (1999 yil 12 may)ga muvofiq mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish jamoatchilik komissiyasi, Vazirlar Mahkamasining &#171;Vatan va xalq ozodligi yo&#8217;lida qurbon bo&#8217;lgan fidoyilar xotirasini abadiylashtirish to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi qarori (1999 yil 22 iyul) va shu qarorga muvofiq, &#171;Shahidlar xotirasi&#187; xayriya jamg&#8217;armasining tuzilishi va Toshkentda &#171;Shahidlar xotirasi&#187; yodgorlik majmuining barpo etilishi, O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidentining &#171;Qatag&#8217;on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi farmoni (2001 yil 1 may) va unga binoan &#171;Qatag&#8217;on qurbonlari xotirasi&#187; muzeyini tashkil etish to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi qaror (2001 yil 1 may) Repressiyaga uchragan xalqimiz asl farzandlari xotirasini tiklash ishiga katta hissa bo&#8217;lib qo&#8217;shildi. Har yili Mustaqillik bayrami arafasi \u2014 31 avgustda O&#8217;zbekistonda qatag&#8217;on qurbonlarini yod etish kuni nishonlanadigan bo&#8217;ldi. Sirojiddin Ahmedov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Repressiya (so&#8217;nggi lotincha Repression \u2014 bosim, tazyiq) \u2014 davlat organlari qo&#8217;llaydigan jazo chorasi, qatag&#8217;on qilish. Asosan, mustabid, totalitar, mustamlakachi davlat tomonidan xalqqa nisbatan qo&#8217;llaniladigan jazolash, qatli om, qatli nufus, ommaviy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/repressiya-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106423","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106423","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106423"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106423\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106424,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106423\/revisions\/106424"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106423"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106423"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106423"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}