{"id":106435,"date":"2023-09-15T14:53:17","date_gmt":"2023-09-15T11:53:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106435"},"modified":"2023-09-15T14:53:26","modified_gmt":"2023-09-15T11:53:26","slug":"rerix-nikolay-konstantinovich","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/rerix-nikolay-konstantinovich\/","title":{"rendered":"Rerix Nikolay Konstantinovich"},"content":{"rendered":"\n<p>Rerix Nikolay Konstantinovich [1874.27.9 (9.10), Peterburg \u2014 1947.13.12, Nagar, Hindistonning Panjob shtati] \u2014 rus rassomi, arxeolog, jamoat arbobi. Peterburg Badiiy Akademiyasida o&#8217;qigan (1893-97), Parijda malakasini oshirgan (1900-01). Rassomlarni rag&#8217;batlantirish jamiyati kotibi (1901 yildan) va uning qoshidagi rasm maktabi direktori (1906-18). Peterburg Badiiy Akademiyasi akademik (1909 yildan). &#171;San&#8217;at dunyosi&#187; birlashmasi a&#8217;zosi (1910-19 yillar uyushma raisi). 1918 yildan xorijda (AQSh va Hindistonda) yashagan. Rerix ijodi mavzuini uning arxeologiya hamda slavyan va Skandinaviya mamlakatlariga, 20-yillardan buddizmga bo&#8217;lgan qiziqish belgiladi (&#171;dozor&#187;, 1905; &#171;Tibet. Monastir&#187;, 1942; ikkalasi ham rus muzeyida); dastlab tarixiy mavzularda asarlar yaratgan Rerix ijodida keyinchalik manzara, tabiat ko&#8217;rinishlari yetakchi o&#8217;rinni egallay boshladi: &#171;chopar&#187; (1897), &#171;dengiz ortidan kelgan mehmonlar&#187; (1901), &#171;shahar qurmoqdalar&#187; (1902) va boshqalar. Rerix, shuningdek, teatr dekorasiyasi (I.V.Stravinskiy, &#171;Muqaddas bahor&#187; baleti, 1913; A.P.Borodin, &#171;Knyaz Igor&#187; operasi, 1914 va boshqalar) va monumental san&#8217;atda ham ijod qilgan. Markaziy va Sharqiy Osiyoda yirik ekspeditsiyalar uyushtirgan (1924-28 va 1934\u2014 35) hamda qimmatbaho arxeologik va etnografik materiallar to&#8217;plagan. 20-yillardan ma&#8217;rifatparvarlik faoliyati olib borgan Rerix jahon ahlining diqqatini jahon madaniy yodgorliklarini saklashga qaratdi; u ilgari surgan (&#171;Rerix pakti&#187; deb atalgan) yo&#8217;nalish asosida 1954 yilda ko&#8217;p mamlakatlar tomonidan ma&#8217;qullangan &#171;harbiy to&#8217;qnashuvlar chog&#8217;ida madaniy yodgorliklarni himoya qilish&#187; xalqaro Gaaga konventsiyasi imzolangan. Rerixning o&#8217;g&#8217;li rassom Svyatoslav Nikolayevich (1904-1991) 1919 yildan Londondagi Qirollik akademiyasida, so&#8217;ng AQShning Kolumbiya va Garvard universitetlarida me&#8217;morlikdan ta&#8217;lim olgan; 1926 yilda ilk bor Hindistonga borgan, 1936 yildan esa o&#8217;sha yerda muqim yashagan. Otasi Rerixning ijodiy an&#8217;analarini davom ettirgan, portret (otasi Rerix portreti, 1937 va boshqalar), ramziy va janrli asarlar, ayniqsa, manzaralar (&#171;Himolay, quyoshning botishi&#187;, 1971 va boshqalar) yaratgan. O&#8217;zbekistonda Rerix asarlari ko&#8217;rgazmalari tashkil qilingan (1999). Moskvada xalqaro Rerixlar markazi tashkil qilingan (1991).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rerix Nikolay Konstantinovich [1874.27.9 (9.10), Peterburg \u2014 1947.13.12, Nagar, Hindistonning Panjob shtati] \u2014 rus rassomi, arxeolog, jamoat arbobi. Peterburg Badiiy Akademiyasida o&#8217;qigan (1893-97), Parijda malakasini oshirgan (1900-01). Rassomlarni rag&#8217;batlantirish jamiyati &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/rerix-nikolay-konstantinovich\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106435","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106435","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106435"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106435\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106452,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106435\/revisions\/106452"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106435"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106435"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106435"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}