{"id":106523,"date":"2023-09-16T08:01:42","date_gmt":"2023-09-16T05:01:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106523"},"modified":"2023-09-16T08:01:45","modified_gmt":"2023-09-16T05:01:45","slug":"ravoq-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ravoq-2\/","title":{"rendered":"Ravoq"},"content":{"rendered":"\n<p>Ravoq \u2014 toqning bir turi; bino devorlaridagi deraza va eshik o&#8217;rinlarining yuqori qismiga qo&#8217;yiladigan mehrobiy yoysimon qurilma. Ravoq yo&#8217;nilgan, tabiiy yoki sun&#8217;iy toshlar, beton, temir-beton, yog&#8217;och va po&#8217;lat singari materiallardan ishlanadi. Ravoqning tayanch qismi tovon, Markaziy ponasimon g&#8217;ishti yoki toshi esa qulf deb ataladi. Ravoqlar shakliga ko&#8217;ra: yakka markazli, yarim aylana shaklli, baland markazli taqasimon, bir necha markazli nayzasimon, tuxumsimon bo&#8217;ladi. Hozirgi zamon inshootlarida ichki kuchlanishlarni kamaytirish maqsadida Ravoqlar 2-3 sharnirli qilib ishlanadi. Ustunlarga tiralgan bir xil hajm va shakldagi Ravoqlar qatori qatorak (arkada) deb nomlangan. Ravoqlar dastlab qadimgi Sharq me&#8217;morligida vujudga kelgan. Qadimgi Rim me&#8217;morligida keng tarqalgan. O&#8217;rta Osiyo me&#8217;morligida Ravoqning turli xil mumtoz namunalari yaratilgan. Gumbazli binolarning xonalari ko&#8217;rkam, keng chiqishi ichkaridagi Ravoqlarga bog&#8217;liq bo&#8217;lgan. Ravoqlar bino yo&#8217;laklari, deraza va eshik tepalari hamda devorning gumbaz osti qismida bo&#8217;lgan. Ichki sathi turli shakldagi xona devorlarini Ravoqlar yordami bilan doira shakliga keltirilgan. Gumbaz tomni baland ko&#8217;tarib yopishda devorlar o&#8217;rniga yengil Ravoqlar o&#8217;rnatilgan. Gumbaz ustunlar yoki ustiga o&#8217;rnatilgan ustunlar ham bir-biriga Ravoqlar yordamida bog&#8217;langan. Agar Ravoqning kanoti keng bo&#8217;lsa, uning asosi yo&#8217;g&#8217;on, tepasi ingichka qilib zinali Ravoq qurilgan. Gumbaz osti Ravoqi eshik yoki yo&#8217;lak tepasiga o&#8217;rnatiladigan Ravoq bilan bir joyga to&#8217;g&#8217;ri kelsa, uni qo&#8217;sh Ravoq deyiladi. Katta gumbaz tomlar ustiga o&#8217;rnatiladigan Ravoqlarning ko\u2019rkam chiqishi uchun ko&#8217;p qatlamli qilib qurilgan. Bo&#8217;yi va eni bir xil bo&#8217;lgan chorsi xonalarning devorlari ustiga 8-12 Ravoq va katta gumbaz tomlarda 16 Ravoqgacha o&#8217;rnatilgan. Kvadrat xona tomonlariga bittadan Ravoq o&#8217;rnatilsa, Chortoq deb nomlangan. Devorlar ustiga 8 Ravoq o&#8217;rnatib, ular tepasidan o&#8217;tgan halqa devorga yana 16 kichik Ravoqlar joylashtirish mumkin. 11 \u201417-asrlar me&#8217;morligidagi Ravoqlarning murakkab tuzilishlari g&#8217;ishtlarning o&#8217;ziga xos terilishi bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan. O&#8217;zbekiston me&#8217;morligidagi nayzasimon Ravoqlarning 100 dan ortiq turi borligi aniqlangan. Xalqustalari amalda 1, 2, 3 va 4 markazli Ravoqlar qurilish uslubidan foydalangan. Zamonaviy qurilishlarda Ravoqlarning o&#8217;ziga xos tuzilishlari yaratilmokda (ko&#8217;prik, jamoat binolari va boshqalar). Ad.: Bulatov M. S, Geometricheskaya garmonizasiya v arxitekture Sredney Azii IXXI1 vv., M., 1978. Po&#8217;lat Zohidov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ravoq \u2014 toqning bir turi; bino devorlaridagi deraza va eshik o&#8217;rinlarining yuqori qismiga qo&#8217;yiladigan mehrobiy yoysimon qurilma. Ravoq yo&#8217;nilgan, tabiiy yoki sun&#8217;iy toshlar, beton, temir-beton, yog&#8217;och va po&#8217;lat singari materiallardan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ravoq-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106523","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106523","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106523"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106523\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106529,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106523\/revisions\/106529"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106523"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106523"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106523"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}