{"id":106576,"date":"2023-09-16T17:45:30","date_gmt":"2023-09-16T14:45:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106576"},"modified":"2023-09-16T17:45:34","modified_gmt":"2023-09-16T14:45:34","slug":"radiokimyo","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/radiokimyo\/","title":{"rendered":"Radiokimyo"},"content":{"rendered":"\n<p>Radiokimyo \u2014 radioaktiv elementlar va izotoplarning kimyoviy xossalarini, ularni ajratib olish, kontsentrlash (to&#8217;plash) fan va texnikaning turli sohalarida ko&#8217;llash usullarini o&#8217;rganadigan soha. Radiokimyo rivojlanish davrida bir necha bosqichni bosib o&#8217;tdi. Radiokimyoning dastlabki 1 bosqichi 1898 yildan, ya&#8217;ni P. Kyuri va M. Kyuri ilk tabiiy radioaktiv elementlar \u2014 poloniy va radiyni ajratib olishlaridan boshlandi. II bosqich (1914-33)da tabiiy radioaktiv elementlarning kimyoviy tabiati o&#8217;rganildi. III bosqich I.Kyuri va F. Jolio-Kyurilarning 1934 yilda sun&#8217;iy radioaktiv izotoplarni kashf qilganlaridan keyin boshlandi. IV bosqich sun&#8217;iy izotoplarning texnologiyasi bosqichi bo&#8217;lib, parchalanish zanjir reaktsiyasining sanoat miqyosida amalga oshirilgan davri \u2014 1944 yilga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Eng so&#8217;nggi bosqich 50-yilni \u2014 izotoplarni ajratib olish davrini o&#8217;z ichiga oladi. Hozirgi zamon Radiokimyosini quyidagi asosiy bo&#8217;limlarga ajratish mumkin: umumiy Radiokimyo, yadro aylanishlari kimyosi, radioaktiv elementlar kimyosi va amaliy Radiokimyo. Umumiy Radiokimyo radioaktiv elementlar va izotoplarning fizik-kimyoviy qonuniyatlarini: radioaktiv elementlar va izotoplarning turli muhitda qanday shaklda uchrashini aniqlaydi, kichik &#171;radio-kimyoviy&#187; kontsentrasiyadagi radioaktiv elementlarning xossalarini tekshiradi, radioaktiv moddalarning fazalararo taqsimlanish jarayonini o&#8217;rganadi. Yadro aylanishlari kimyosi yadro reaktsiyalari va radioaktiv o&#8217;zgarishlarda hosil bo&#8217;ladigan mahsulotlarni va kimyoviy aylanishlarni o&#8217;rganadi, yadro reaktsiyalari va yadro aylanishlarida hosil bo&#8217;ladigan izotoplarning turg&#8217;un shakllarini aniqlaydi. Radioaktiv elementlar kimyosi barqaror va uzoq mavjud bo&#8217;luvchi izotoplari bo&#8217;lmagan elementlarni o&#8217;rganadi. Radiokimyo usullari asosida o&#8217;rganiladigan elementlar texnesiy, prometiy, astat, uran, toriy, poloniy, radon, frantsiy, radiy, aktiniy, protaktiniy va transuran elementlar, shuningdek, vodorodsimon atomlar: myuoniy, pozitroniy va mezoatomlardan iborat. Bu bo&#8217;limga shartli ravishda yadro yoqilg&#8217;isi texnologiyasini ham kiritish mumkin. Amaliy Radiokimyo nishonli birikmalar sintezini, radioaktiv izotoplarning fan va sanoatda (kimyo, fizika, geokimyo va boshqa tadqiqotlarda) qo&#8217;llanishini o&#8217;z ichiga oladi. Radiokimyo usullari boshqa kimyoviy sohalarda (kolloid kimyo, kimyoviy kinetika va boshqalar) o&#8217;rganiladigan qonunlar tadqiqotida ham keng o&#8217;rin oldi. Elementlar va izotoplarni ularning radioaktiv nurlanishi yoki yadro aylanishlari mahsulotlariga qarab aniqlash Radiokimyoning uslubiy xususiyatlaridan biridir. Radiokimyo usullari elementlar va birikmalarning fizik-kimyoviy xossalarini juda kichik va juda katta kontsentrasiyada o&#8217;rganishga imkon beradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Radiokimyo \u2014 radioaktiv elementlar va izotoplarning kimyoviy xossalarini, ularni ajratib olish, kontsentrlash (to&#8217;plash) fan va texnikaning turli sohalarida ko&#8217;llash usullarini o&#8217;rganadigan soha. Radiokimyo rivojlanish davrida bir necha bosqichni bosib o&#8217;tdi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/radiokimyo\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106576","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106576","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106576"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106576\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106586,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106576\/revisions\/106586"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106576"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106576"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106576"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}