{"id":10672,"date":"2021-11-14T15:05:37","date_gmt":"2021-11-14T12:05:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=10672"},"modified":"2025-10-30T09:54:03","modified_gmt":"2025-10-30T06:54:03","slug":"asaka-tumani-haqida-nimani-bilasiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/asaka-tumani-haqida-nimani-bilasiz\/","title":{"rendered":"ASAKA TUMANI haqida nimani bilasiz?"},"content":{"rendered":"\n<p>ASAKA TUMANI &#8212; Andijon viloyatidagi tuman. Viloyatning Markaziy qismida joylashgan. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan (1962 yil 24 dekabrda Marhamat tumani bilan birlashtirilgan, 1970 yil 7 dekabrda qayta tuzilgan). Andijon viloyatining Shahrixon, marhamat, Andijon, Xo&#8217;jaobod tumanlari va Farg&#8217;ona viloyatining Quva tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,26 ming kilometr kvadrat (1995). Aholisi 174,9 ming kishi (2000). Asaka tumanida 1 shahar (Asaka) va 8 qishloq yig&#8217;ini (Zarbdor, Ilg&#8217;or, Kujgan, Mustahkam, Niyozbotir, O&#8217;zbekiston, Qadim, Qoratepa) bor. Markazi \u2014 Asaka shahri. Tabiati. Relyefi tekislik, jarliklar, qir va nisbatan baland adirlardan iborat. Shimoli-sharqida Andijon, Asaka adirlari va qirlari joylashgan. Iqlimi kontinental. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 26 gradus, yanvarniki \u2014 2,9\u00b0. Yiliga o&#8217;rtacha 180 \u2014 190 millimetr yog&#8217;in tushadi. Vegetatsiya davri 220 kun. Tumanning shimol va shimoli-sharqidan katta Farg&#8217;ona kanali, Shahrixonsoy, Janubdan Oqbo&#8217;yra va Aravonsoylar oqib o&#8217;tadi. Asaka tashlamasi va obihayot sug&#8217;orish mashina kanali bor. Tuproqlari, asosan, bo&#8217;z tuproq, adirlari arziq tuproq bo&#8217;lib, sug&#8217;orib dehqonchilik qilinadi. Yovvoyi o&#8217;simliklardan shuvoq, sho&#8217;ra va boshqalar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, bo&#8217;ri, chiyabo&#8217;ri, quyon yashaydi. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklardan iborat. Tojik, rus, tatar, qirg&#8217;iz, uyg&#8217;ur va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 kilometr kvadrat o&#8217;rtacha 679 kishi to&#8217;g&#8217;ri keladi (2000). Xo&#8217;jaligi. Asaka tumanida motor ta&#8217;mirlash zavodi, Asaka don mahsulotlari aktsiyadorlik jamiyati, neft mahsulotlari ta&#8217;minoti korxonasi, paxta tozalash zavodi, meva va sabzavotlarni qayta ishlash, yog&#8217;ochsozlik &#171;Turon&#187; xususiy korxonasi, 3 parrandachilik fabrikasi bor. Shuningdek, xususiy tadbirkorlik ham rivojlangan. Tumanda 431 kichik korxona faoliyat ko&#8217;rsatadi (2000). Qishloq xo\u2019jaligidagi jami ekin maydoni 11070 gektar. Shundan 5995 gektar yerga paxta, 3902 gektar yerga bug&#8217;doy, 47 gektar yerga sabzavot ekiladi; yem-xashak ekinlari 1114 gektar, meva va tokzorlar qariyb 2000 gektar yerni ishg&#8217;ol qiladi (2000). Tumanda 2 jamoa xo&#8217;jaligi (Bobur nomidagi jamoa xo&#8217;jaligi, &#171;Sharq haqiqati&#187;), 8 shirkat xo&#8217;jaligi (&#171;Yangi hayot&#187;, &#171;Navbahor&#187;, &#171;O&#8217;zbekiston&#187;, &#171;G&#8217;alaba&#187;, &#171;O&#8217;zbekiston mustaqilligi&#187;, &#171;Navro&#8217;z&#187;, &#171;Asaka&#187;, G&#8217;ulom Yoqubov nomidagi shirkat xo&#8217;jaligi) va &#171;Sohibkor&#187; meva-tokchilik shirkatlar uyushmasi bor. Asaka tumanida 2000 yilda 19,0 ming tonna paxta, 30,0 ming tonna g&#8217;alla yetishtirildi. Asaka tumanida Andijonning eng fusunkor va so&#8217;lim go&#8217;shalaridan Asaka cho&#8217;ntagi joylashgan. Cho&#8217;ntak Toshkanboy Egamberdiev nomidagi madaniyat istirohat bog&#8217;ining tepa, chekka qismiga tutashgan. Shahrixonsoydan boshlangan yov arig&#8217;i 6 kilometr masofada yuqorilab oqib, cho&#8217;ntakka yetganda adir yon bag&#8217;rilari bo&#8217;ylab choyxona so&#8217;rilari ostidan oqib o&#8217;tadi. Ariqda radiusi 6,5 metrli, 110 ko&#8217;rachasi bo&#8217;lgan charxpalak aylanib turadi. Ushbu charxpalak bu yerdagi 3 ulkan charxpalakning eng kattasi bo&#8217;lib, uning yordamida bog&#8217;ning yuqori qismi sug&#8217;oriladi. Asaka Cho&#8217;ntagi atrofga nisbatan ancha baland. Shuning uchun bu joy yoz pallasida xushhavo, orombaxsh maskanga aylanadi. Tumanning barcha qishloqlarida obodonlashtirishga e&#8217;tibor kuchaytirilgan. Qishloqlar va mahallalar markazida savdo va maishiy xizmat shoxobchalariga ega bo&#8217;lgan guzarlar tashkil qilingan. 1999\/2000 o&#8217;quv yilida 51 umumiy ta&#8217;lim maktabida 37,6 ming o&#8217;quvchi, 1 gimnaziyada 205 o&#8217;quvchi, 2 akademik litseyda 360 o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oldi. 1999 yilda Asaka qishloq xo\u2019jaligi kolleji (300 o&#8217;quvchi), 2000 yilda Asaka ijitmoiy-iqtisodiyot va pedagogika kolleji (600 o&#8217;quvchi) ishga tushirildi. 500 ommaviy kutubxona, 15 klub, 4 kino-qurilma, madaniyat uyi, muzey, 885 o&#8217;rinli 4 kasalxona va dispanser, 4 tibbiyot punkti bor (2000). 1930 yildan &#171;Asaka hayoti&#187; tuman gazetasi chiqadi (adadi 2900). Tilavoldi Yoqubov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ASAKA TUMANI &#8212; Andijon viloyatidagi tuman. Viloyatning Markaziy qismida joylashgan. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan (1962 yil 24 dekabrda Marhamat tumani bilan birlashtirilgan, 1970 yil 7 dekabrda qayta tuzilgan). &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/asaka-tumani-haqida-nimani-bilasiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-10672","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10672","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10672"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10672\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163174,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10672\/revisions\/163174"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10672"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10672"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10672"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}