{"id":106730,"date":"2023-09-17T20:11:57","date_gmt":"2023-09-17T17:11:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106730"},"modified":"2023-09-17T20:12:02","modified_gmt":"2023-09-17T17:12:02","slug":"reanimatologiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/reanimatologiya\/","title":{"rendered":"Reanimatologiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Reanimatologiya (reanimatsiya va &#8230; logiya) \u2014 organizmni jonlantirish va tasodifiy o&#8217;limdan saqlab qolish haqidagi fan; tibbiyotning bir bo&#8217;limi. Reanimatologiya, asosan, shikastlanish, operatsiya paytida, shuningdek, klinik amaliyotda nafas a&#8217;zolari, qon aylanishi, endokrin sistema, moddalar almashinuvi va boshqa jarayonlarning buzilishidan yuzaga keladigan og&#8217;ir hollarda organizmning hayotiy muhim funktsiyalarini boshqarish va tiklash masalalarini o&#8217;rganadi. Qadimdan vrachlar o&#8217;z davridagi mavjud shifobaxsh vositalar yordamida hali yashashi mumkin bo&#8217;lgan sog&#8217;lom organizmni tasodifiy o&#8217;limdan saklab qolish uchun kurashib kelganlar. O&#8217;rta asrlarda A. Vezaliy qamishdan yasalgan naycha bilan hayvonlarga sun&#8217;iy nafas oldirish ustida tajribalar o&#8217;tkazdi. 17-asr oxirlariga kelib o&#8217;lim va organizm hayot faoliyatining tiklanish jarayonlari qonunlari o&#8217;rganila boshlandi. Reanimatologiya tibbiyotning mustaqil ilmiy-amaliy bo&#8217;limi sifatida 20-asr o&#8217;rtalarida shakllandi. Urush yillarida yaradorlarda uchragan gemorragik va kuchli og&#8217;riq ta&#8217;sirida yuz bergan shok holati hamda havo yetishmasligi sabablari va hokazolarni o&#8217;rganish Reanimatologiyaning rivojlanishiga yordam berdi. Reanimatologiya hozirgi zamon fani yutuqlariga, xususan, organizm turli sistemalari funktsiyasining buzilishi to&#8217;grisida ogohlantiradigan elektron apparati hamda nafas olish va qon aylanishini saqlab turadigan apparatlar va hokazolarga tayanadi. O&#8217;lim tez ro&#8217;y beradigan biologik hodisagina bo&#8217;lib qolmay, balki uzoq davom etadigan bir necha davr va holatlardan, hayotning oxirgi bosqichlari \u2014 terminal holatdan so&#8217;ng yuz beradigan jarayondir. Agar klinik o&#8217;lim vaqti qisqa bo&#8217;lib, hayot uchun muhim a&#8217;zolar faoliyati so&#8217;nib ulgurmagan bo&#8217;lsa, organizmni jonlantirish, gaz almashinuvi, qon aylanishini tiklash tadbirlari ko&#8217;riladi. Buning uchun organizmning birgina sistemasi emas, balki Markaziy nerv sistemasi, yuraktomir sistemasi, gaz almashinuvi, endokrin sistema va boshqa mufassal o&#8217;rganiladi. Reanimatologiyaning asosiy vazifasi hayotdan o&#8217;limga o&#8217;tish davrini va tiriltirishdan so&#8217;ng o&#8217;limdan hayotga qaytish davrining biologik qonunlarini o&#8217;rganish, shuningdek, terminal holatning oldini olish, jonlantirilgan organizmni davolash, o&#8217;lim sabablari va organizmni jonlantirish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlashdir. Reanimatologiya patofiziologiya, xirurgiya, anesteziologiya kabi fanlar bilan chambarchas bog&#8217;liq. O&#8217;zbekistondagi tibbiyot intlarida Reanimatologiya kafedralari bo&#8217;lib, u yerda Reanimatologiyaning eng dolzarb masalalari ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Reanimatologiya (reanimatsiya va &#8230; logiya) \u2014 organizmni jonlantirish va tasodifiy o&#8217;limdan saqlab qolish haqidagi fan; tibbiyotning bir bo&#8217;limi. Reanimatologiya, asosan, shikastlanish, operatsiya paytida, shuningdek, klinik amaliyotda nafas a&#8217;zolari, qon aylanishi, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/reanimatologiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106730","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106730","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106730"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106730\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106739,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106730\/revisions\/106739"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106730"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106730"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106730"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}