{"id":106731,"date":"2023-09-17T20:11:59","date_gmt":"2023-09-17T17:11:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106731"},"modified":"2023-09-17T20:12:06","modified_gmt":"2023-09-17T17:12:06","slug":"reanimatsiya-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/reanimatsiya-2\/","title":{"rendered":"Reanimatsiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Reanimatsiya (re&#8230; va lotincha animatio \u2014 jonlantirish, tiriltirish) \u2014 klinik o&#8217;lim holatidagi kishilarni tiriltirish, shuningdek, hayotiy muhim a&#8217;zolarning baxtsiz hodisalar, kasallik va uning asoratlari natijasida to&#8217;satdan yo&#8217;qolgan yoki o&#8217;zgargan funktsiyalarini tiklash uchun ko&#8217;riladigan chora-tadbirlar majmui. Nafas olish va yurak faoliyati to&#8217;xtaganda yoki amalda nafas ham, qon aylanish ham organizm ehtiyojini ta&#8217;minlay olmay qolgan hollarda Reanimatsiya qo&#8217;llaniladi. Reanimatsiya masalalarini reanimatologiya o&#8217;rganadi. Reanimatologiyaning taraqqiy etishi endilikda Reanimatsiya usullaridan bevosita jonlantirishda emas, balki moddalar (suvelektrolit, gaz) almashinuvining keskin buzilishi, qon aylanishi, nafas, jigar, buyrak faoliyatining nuqsonlarida hamda operatsiyalardan so&#8217;ng a&#8217;zolar funktsiyasini tiklashda ham foydalanish imkonini berdi. Yashashga krbiliyatli organizmnigina tiriltirish mumkin. Reanimatsiya tadbirlarini ogir mexanik shikastlanishdan, shu jumladan, shikastlanish oqibatidagi shok, qon ketishi, tok urishi, kuchli zaharlanish, bo&#8217;g&#8217;ilish, suvga cho&#8217;kish, termik kuyish, sovqotish va hokazolardan o&#8217;layotgan vaktda qo&#8217;llash lozim. Reanimatsiyani ko&#8217;pincha &#171;intensiv terapiya&#187;, &#171;intensiv parvarish&#187; deyiladi. Demak, to&#8217;satdan yuz beruvchi o&#8217;lim bilan tugaydigan har qanday tang holat reanimasion tadbirlarni zudlik bilan amalga oshirishni taqozo etadi. Reanimatsiya o&#8217;tkazishda turli vositalar, jumladan, elektron asboblar (defibrillyator, elektrostimulyator va hokazolar) va boshqa apparatlar, xirurgiya usullari (traxeostomiya, punktsiya, yirik tomirlarga kateter qo&#8217;yish), doridarmonlardan foydalaniladi, shuningdek, yurakni bevosita (ya&#8217;ni, ko&#8217;krak qafasini ochmay turib) massaj kilish, apparatsiz sun&#8217;iy nafas oldirish va hokazolar usullar qo&#8217;llanadi. Reanimatsiyani vrach, hamshiralar, shuningdek, maxsus tayyorgarlikdan o&#8217;tgan boshqa sohadagi kishilar bajaradi, tez yordam xodimlari malakali reanimasion yordam ko&#8217;rsatadi. Reanimatsiya chora-tadbirlarining to&#8217;la kompleksi maxsus Reanimatsiya va intensiv terapiya bo&#8217;limlarida o&#8217;tkaziladi, bu bo&#8217;limlar nevrologiya, kardiologiya, xirurgiya va boshqa markazlarda tashkil topsa, shu asosda tarmoklar (kardiologik, toksikologik va hokazolar)ga bo&#8217;linadi. Yirik viloyat yoki shahar kasalxonalarida tuzilgan. Reanimatsiya Markazlari ko&#8217;p tarmoqli bo&#8217;ladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Reanimatsiya (re&#8230; va lotincha animatio \u2014 jonlantirish, tiriltirish) \u2014 klinik o&#8217;lim holatidagi kishilarni tiriltirish, shuningdek, hayotiy muhim a&#8217;zolarning baxtsiz hodisalar, kasallik va uning asoratlari natijasida to&#8217;satdan yo&#8217;qolgan yoki o&#8217;zgargan funktsiyalarini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/reanimatsiya-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106731","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106731","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106731"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106731\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106740,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106731\/revisions\/106740"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106731"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106731"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106731"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}