{"id":10681,"date":"2021-11-14T19:38:25","date_gmt":"2021-11-14T16:38:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=10681"},"modified":"2025-10-30T09:52:17","modified_gmt":"2025-10-30T06:52:17","slug":"asalari-haqida-nimani-bilasiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/asalari-haqida-nimani-bilasiz\/","title":{"rendered":"ASALARI haqida nimani bilasiz?"},"content":{"rendered":"\n<p>ASALARI, bolari (Apis mellifera L.) \u2014 arilar oilasining bir turi. Asalari vatani Janubiy Osiyo hisoblanadi. Hozirgi davrda Janubiy kengliklardan chekka shimolgacha tarqalgan. Asalarilar, asosan, oila bo&#8217;lib yashaydi. Bir oila bir ona (xalq tilida &#171;podshosi&#187; deb ham yuritiladi), bir necha ming ishchi va bir necha yuz erkak Asalaridan iborat. Ona Asalari tanasi uzunligi 20 \u2014 25 millimetr, vazni 200 \u2014 250 milligramm, bahordan kuzga kadar tuxum qo&#8217;yish va oilani boshqarish vazifasini bajaradi. Qanoti tanasining yarmini qoplaydi, nektar, gul changini yig&#8217;uvchi apparatining yo\u2019qligi bilan farq qiladi. Ona Asalarining jinsiy a&#8217;zolari rivojlangan. 5 yilgacha yashaydi (tajribali asalarichilar ona Asalarini har ikki yilda yangilab turadilar). Bir sutkada 2 \u2014 2,5 mingtagacha tuxum qo&#8217;yadi. Otalangan tuxumlardan 21 kunda ishchi Asalari, otalanmagan tuxumlardan 24 kunda erkak Asalari chiqadi. Agar lichinkalarni ishchi Asalarilar asalari suti bilan oziqlantirib tursa 16 kunda ona Asalari chiqadi. Tuxumdan chiqqan ona Asalari 7 \u2014 8 kunda jinsiy balog&#8217;atta Yetadi. Erkak Asalari tanasi uzunligi 15 \u2014 17 millimetr, vazni 200 milligramm, qorin qismi to&#8217;mtoq bo&#8217;lib, oldingi qanotlari uzun, gul changi va nektar yiguvchi apparati, nayzasi yo&#8217;q, ko&#8217;kragi keng, xartumi qisqa. Bir oilada 80 \u2014 100 tagacha erkak Asalari bo&#8217;ladi. Asosiy vazifasi ona Asalarini urug&#8217;lantirish (asosan, havoda juftlashadi, urug&#8217;lantirganidan keyin halok bo&#8217;ladi). Ular uyada faqat yozda bo&#8217;ladi, kuzda oilada urchish ishlari to&#8217;xtashi bilan ularni ishchi Asalarilar uyadan quvib chiqaradi. Ishchi Asalari tanasi uzunligi 11 \u2014 15 millimetr, vazni o&#8217;rtacha 100 milligramm, jinsiy a&#8217;zolari rivojlanmagan, urg\u2019ochi asalarilar bo&#8217;lib, yozda 35 \u2014 40 kun, qishda 3 oy yashaydi. Bir oilada yozda 60 \u2014 80 ming, qishda 10-15 ming ishchi Asalari bo&#8217;ladi, soatiga 60 kilometr tezlikda ucha oladi, oiladan 2 \u2014 3 kilometr va undan ortiq masofaga uchib borib, nektar va gul changini yig&#8217;ish, nektarni asalga aylantirish, mum ishlash, lichinkalarni boqish, katak qurish, uyani qo&#8217;riqlash kabi ishlarni bajaradi. Asalari qadimdan qimmatbaho mahsulotlar bo&#8217;lgan asal, propolis, mum, ona asalari suti, asalari zahari va boshqalarni olish, shuningdek qishloq xo\u2019jaligi ekinlarini mevali bog&#8217;larni changlatish uchun boqiladi. Asalari oilasi bir mavsumda 140 \u2014 150 kilogramm asal to&#8217;playdi, bundan 100 kilogramm Asalari ta&#8217;minotiga sarflansa, 40 \u2014 50 kilogramm asal ajratib olinadi. Asalari oila a&#8217;zolarining xizmat faoliyati o&#8217;zaro bog&#8217;liq bo&#8217;lganidan ularning birortasi ham o&#8217;zicha mustaqil hayot kechira olmaydi. Zotlari: O&#8217;rta Rossiya o&#8217;rmon (qoramtir) Asalari zoti (A.m. millifera) \u2014 eng ko&#8217;p tarqalgan zotlarga kiradi. Arilari yirik, asaldorligi yuqori, sovuqqa chidamli, har bir oiladan 100 kilogrammgacha asal olish mumkin. Kavkaz (Gruziya) tog&#8217;qo&#8217;ng&#8217;ir Asalari zoti (A. m. cavcasica) \u2014 asosan, Zakavkazye, O&#8217;rta Osiyoda tarkalgan. Karpat Asalari zoti \u2014 G&#8217;arbiy Ukrainaning tog&#8217;li rayonlari va Karpat ortida ko&#8217;p uchraydi. Rangi qoramtir, tabiati yumshoq, xartumi uzun. Italiya sariq Asalari zoti (A.m. ligustuca) ning kelib chiqishi Italiya hisoblanib, Kanada, AQSh, Avstraliya va yangi Zelandiyada tarqalgan. Keyinchalik Finlyandiya, Yaponiya, Xitoy va Hindistonga ham keltirilgan. 1964 \u2014 70 yillarda O&#8217;zbekistonga keltirib sinalgan. Paxta ekiladigan yerlarda yuqori mahsuldorlikka erishildi. Uzoq Sharq Asalari zoti \u2014 uzoq Sharq (Primorye, Xabarovsk) da ko&#8217;p tarqalgan. Zot Ukraina, O&#8217;rta Rossiya, Italiya va Kavkaz Asalarilari ishtirokida yetishtirilgan, mahsuldorligi o&#8217;rtacha. Kraina kulrang Asalari zoti (A.m. carnica) \u2014 Yugoslaviya, Avstriya tog&#8217;larida keng tarqalgan. Tashqi ko&#8217;rinishdan Kavkaz tog&#8217; qo&#8217;ng&#8217;ir Asalarisiga o&#8217;xshaydi, mahsuldorligi o&#8217;rtacha. O&#8217;zbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot institutida Asalarilar bo&#8217;yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Ibrohim Jo&#8217;rayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ASALARI, bolari (Apis mellifera L.) \u2014 arilar oilasining bir turi. Asalari vatani Janubiy Osiyo hisoblanadi. Hozirgi davrda Janubiy kengliklardan chekka shimolgacha tarqalgan. Asalarilar, asosan, oila bo&#8217;lib yashaydi. Bir oila bir &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/asalari-haqida-nimani-bilasiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-10681","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10681","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10681"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10681\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163165,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10681\/revisions\/163165"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10681"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10681"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10681"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}