{"id":106950,"date":"2023-09-19T10:32:28","date_gmt":"2023-09-19T07:32:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106950"},"modified":"2023-09-19T10:32:35","modified_gmt":"2023-09-19T07:32:35","slug":"rahimov-nabi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/rahimov-nabi\/","title":{"rendered":"Rahimov Nabi"},"content":{"rendered":"\n<p>Rahimov Nabi (1911.7.11, Qo&#8217;qon 1994.23.11, Toshkent) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq artisti (1950). O&#8217;zbek davlat drama teatri qoshidagi drama studiyasida o&#8217;qigan (1929). 14 yoshidan Qo&#8217;qon teatri spektakllarida qatnashgan. 1929-94 yillar Hamza teatrida ishlagan. Rahimov xarakterli va hajviy rollarni alohida muvaffaqiyat bilan o&#8217;ynagan, lekin aktyor repertuarida dramatik fojiaviy obrazlardan tortib, lirik qahramonlargacha mavjud. Uning sahna obrazlarida milliy xalq teatri an&#8217;analari zamonaviy professional san&#8217;at tajribasi bilan uyg&#8217;unlashib ketgan. U yaratgan obrazlarda hozirjavoblik, o&#8217;tkirso&#8217;zlik, hazil va badihaga chapdaslik asosiy omil bo&#8217;lib, yorqin milliy kolorit, engil yumori, tashqi ko&#8217;rinishining aniq ifodasi, mukammal ijrosi bilan ahamiyatlidir. Rahimov garchi o&#8217;z faoliyatini komik va xarakterli aktyor sifatida boshlagan bo&#8217;lsada, keyinchalik mavjud yo&#8217;nalishlarning barchasidan eng yaxshi xususiyatlarni o&#8217;zlashtirish va o&#8217;z uslubiga singdirish yo&#8217;lidan bordi. &#171;Xolisxon&#187;da Norboyvachcha, &#171;ona&#187;da Boltaboy, &#171;mehmonxona bekasi&#187;da Rippofratta, &#171;Revizor&#187; da Xlestakov, &#171;uylanish&#187;da Bobchinskiy, &#171;shohi so&#8217;zana&#187;da Qo&#8217;ziyev, &#171;og&#8217;riq tishlar&#187;da Marasul, &#171;Hamlet&#187;da Laert kabi obrazlarni 30-50-yillarda yaratdi. Ayniqsa, &#171;Otello&#187;dagi Yago obrazi aktyor yaratgan eng sara obrazlar sirasiga kiradi. Yago obrazi aktyor ijodida nainki satiric tusli, balki kuchli ruhiydramatik kechinmalar namunasidir. Bo&#8217;riboy (&#171;Tog&#8217;a va jiyanlar&#187;), bobo Kayfiy (&#171;Mirzo Ulug&#8217;bek&#187;), Shokir ota (&#171;qutlug&#8217;qon&#187;), Olbeni (&#171;Qirol Lir&#187;) kabi 60-yillarda yaratgan obrazlari eng yaxshi psixologik kuchli rollardir. Keyingi yillar yaratgan Urganjiy (&#171;Buxoro&#187;), Sayd Karimov (&#171;Komissiya&#187;), Ota (&#171;G&#8217;ariblar&#187;), Sa&#8217;diyev (&#171;o&#8217;n uchinchi rais&#187;) singari obrazlari ijtimoiy o&#8217;tkirligi, jisman sokin, ruhan jo&#8217;shqinligi, chuqur psixologik talqini bilan alohida e&#8217;tiborga molikdir. Urganjiy obrazi Rahimov ijrosidagi eng murakkab va barkamol obrazlardan biri. Aktyorning o&#8217;tkir ijrosi, murakkab ruhiy kechinmalarni yuzaga chiqarishi, bosiq ohanglar bilan juda katta ma&#8217;noga erishishi diqqatga sazovordir. Rahimov o&#8217;zbek kinosi rivojiga salmoqli hissa qo&#8217;shganlardan: Aliyev (&#171;stadionda uchrashamiz&#187;), Turdiyev (&#171;Maftuningman&#187;), choyxonachi (&#171;41-yil olmalari&#187;), bobo Kayfiy (&#171;Ulug&#8217;bek yulduzi&#187;), Shoqosim (&#171;qutlug&#8217;qon&#187;), usta olim (&#171;O&#8217;tgan kunlar&#187;), Shoh (&#171;Semurg'&#187;), Safar bo&#8217;zchi (&#171;Mehrobdan chayon&#187;), usta Boqi (&#171;Kelinlar qo&#8217;zg&#8217;oloni&#187;) va boshqa obrazlari biklan kino oltin fondidan o&#8217;rin oldi. Shuningdek, videofilm va telespektakllarda ham suratga tushgan: &#171;Kutlug&#8217;qon&#187; (Yormat ota), &#171;diyonat&#187; (professor Shobaratov), &#171;hamma narsa odamlarga qoladi&#187; (akademik Drozdov), &#171;Bobur&#187; (Muhammadjon) va boshqalar shular jumlasidan. Rahimov haqida &#171;Nabi Rahimov hayotida ikki kun&#187;, &#171;uchrashuv&#187; videocherklari ishlangan. 1950-65 yillar san&#8217;at institutida dars bergan. Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofoti laureati (1967). Ad. H.Rizaev O., Nabi Rahimov, T., 1997. Omonulla Rizayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rahimov Nabi (1911.7.11, Qo&#8217;qon 1994.23.11, Toshkent) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq artisti (1950). O&#8217;zbek davlat drama teatri qoshidagi drama studiyasida o&#8217;qigan (1929). 14 yoshidan Qo&#8217;qon teatri spektakllarida qatnashgan. 1929-94 yillar Hamza teatrida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/rahimov-nabi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106950","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106950","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106950"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106950\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106957,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106950\/revisions\/106957"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106950"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106950"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106950"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}