{"id":106964,"date":"2023-09-19T11:54:09","date_gmt":"2023-09-19T08:54:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=106964"},"modified":"2023-09-19T11:54:12","modified_gmt":"2023-09-19T08:54:12","slug":"rak-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/rak-2\/","title":{"rendered":"Rak"},"content":{"rendered":"\n<p>Rak (Yunoncha lotincha cancer \u2014 Qisqichbaqa), kantser, saraton kasalligi \u2014 epiteliy to&#8217;qimasidan rivojlanadigan xavfli o&#8217;sma. Epiteliy hujayrasi bor barcha a&#8217;zolar \u2014 teri, shilliq qavatlar, qizilo&#8217;ngach, o&#8217;pka, me&#8217;daichak yo&#8217;li, siydik-tanosil a&#8217;zolari, shuningdek, miya va hokazolarda paydo bo&#8217;ladi. Rak hujayralari juda tez bo&#8217;linadi va rivojlanadi hamda atrofdagi sog&#8217;lom hujayralarni emirib boradi. Boshqa xavfli o&#8217;smalar kabi, Rak ham, odatda, o&#8217;zi o&#8217;rnashgan joydagi to&#8217;qimani yemirishi, residiv, metastaz berishi va organizmning umumiy holatiga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatishi, kaxeksiya (qoq suyak bo&#8217;lib ozib ketish) bilan xavfsiz o&#8217;smalardan farq qiladi. Rak alohida viruslar faoliyati, shuningdek, turli fizik, kimyoviy va biologik omillar, kantserogen moddalarning odam organizmiga ta&#8217;siri hamda organizmning o&#8217;zida sodir bo&#8217;ladigan endogen (ichki) kantserogen moddalar, radioaktiv nurlar ta&#8217;sirida vujudga kelishi mumkin. Rak to&#8217;satdan paydo bo&#8217;lmaydi, ko&#8217;pincha rak nishonasi deb atalib, surunkali kechadigan patologik o\u2019zgarishlardan so&#8217;ng rivojlanadi, shuningdek, teri, me&#8217;da, bachadon bo&#8217;ynidagi uzoq vaqt bitmaydigan yaralar, poliplar, sut bezlari fibroadenomatozi va hokazolar oqibatida ham paydo bo&#8217;ladi. Ammo shu kasalliklardan keyin, albatta, Rak rivojlanadi deb bo&#8217;lmaydi, chunki Rakka sabab bo&#8217;ladigan kasalliklar o&#8217;z vaqtida uzil-kesil davolansa, uning oldini olish mumkin. Rakning xarakterli xususiyatlaridan biri shuki, to&#8217;qimada o&#8217;sma hosil bo&#8217;lib rivojlangandan keyingina kasallik belgilari yuzaga chiqadi va o&#8217;sma o&#8217;sayotgan a&#8217;zo funktsiyasi keskin buziladi. Erkaklarda ko&#8217;proq me&#8217;da, bronxlar, teri, pastki lab, og&#8217;iz bo&#8217;shlig&#8217;i, halkum, o&#8217;pka (xususan, kashandalarda), tanosil a&#8217;zolari Raki uchraydi; ayollarda esa bachadon, ovqat hazm qilish a&#8217;zolari, sut bezlari va teri Raki kuzatiladi. Rak boshlanayotganda, u tananing qaysi qismida rivojlanishidan qat&#8217;i nazar, qattiq og&#8217;riq bermaydi. Shu sababli, bemor vrachga ko&#8217;pincha kech murojaat qiladi, natijada kasallik ancha ulg&#8217;ayib ketadi. Rakni davolash imkoni boricha erta boshlansa, yaxshi natijalarga erishish mumkin. Pastki lab RRak.i ko&#8217;pincha pastki lab qizil hoshiyasi ustida uzoq vaqt bitmaydigan yara va kon sizib turadigan yoriqchalar, oq dog&#8217;lar (leykoplakiya) bo&#8217;lishi natijasida vujudga keladi. Rakning oldini olish uchun pastki lab va og&#8217;iz bo&#8217;shlig&#8217;i kasalliklarida albatta chekishni tashlash lozim. Qizilo&#8217;ngach Raki (&#171;qiltomoq&#187; kasalligi) aksariyat Rak oldi kasalliklari okibatida kelib chiqadi. Qizilo&#8217;ngach Rakida bemor dastlab quyuq, keyinchalik suyuq ovqatlarni ham yuta olmay qoladi. Ko&#8217;pincha to&#8217;sh orqasida, ba&#8217;zan ko&#8217;krak pastila va qorin sohasida og&#8217;riq sezadi. Ovqat yutganda salgina qiyinchilik sezilsa, darhol vrachga murojaat qilish kerak. Me&#8217;da Raki ko&#8217;p uchraydigan va aksariyat surunkali me&#8217;da yarasi, polipi, shuningdek, surunkali gastritning ba&#8217;zi shakllari oqibatida kelib chiqadi. Me&#8217;da raki bilan ayollarga nisbatan erkaklar ko&#8217;proq og&#8217;riydi; odatda, 40-60 yoshli kishilar o&#8217;rtasida ko&#8217;p uchraydi. Kasallik botshda sezilmaydi, bemorning darmoni quriydi, mehnat qobiliyati susayadi, ozib keta boshlaydi, rangi siniqadi; keyinchalik ishtaha yo&#8217;qolishi, ko&#8217;ngil aynishi, jig&#8217;ildon qaynashi, hiqichoq tutishi, kekirish, ba&#8217;zan qusish alomatlari, shuningdek, me&#8217;dada qattiq og&#8217;riq paydo bo&#8217;ladi. Bunday alomatlar ro&#8217;y berganda darhol vrachga murojaat qilish zarur. To&#8217;g&#8217;ri ichak Raki ko&#8217;proq ichakdagi polipdan paydo bo&#8217;ladi. Bunda soxta hojat qistashi, shilliq yoki qon aralash ich kelishi kuzatiladi, kasallik avj olgandan so&#8217;ng ichakdan qon oqadi. Qon ketishi ko&#8217;pincha bavosirda ham ro&#8217;y beradi, shuning uchun qon ketishi sababini faqat vrach aniqlashi mumkin. O&#8217;pka Raki o&#8217;pkaning surunkali kasalliklari (o&#8217;pka sili, zotiljam, Bronx poliplari, pnevmokonioz) bilan tez-tez og&#8217;rib turish va hokazolar oqibatida vujudga kelishi mumkin. O&#8217;pka Raki ko&#8217;proq kashandalarda uchraydi; ko&#8217;krakda og&#8217;riq (ayniqsa, yo&#8217;talganda zo&#8217;rayadi), ba&#8217;zan qon tuflash kuzatiladi. Kasallikka xos alomatlar paydo bo&#8217;lganda darhol vrachga murojaat qilish lozim. Sut bezlari Raki ko&#8217;proq sut bezlarida hosil bo&#8217;ladigan qattiq, og&#8217;riqsiz tugunchalar, Rak oldi o&#8217;smasi (xavfsiz o&#8217;sma), fibroadenomatozlarni o&#8217;z vaqtida davolamaslik natijasida rivojlanadi. Sut bezlarida arzimagan tuguncha borligi sezilsa, darhol vrachga murojaat qilish kerak. Ayollarda ko&#8217;p uchraydigan bachadon Raki bachadondagi surunkali kasalliklar \u2014 eroziya, polip va oq dog&#8217;lardan paydo bo&#8217;ladi. Tug&#8217;ruq va abortda bachadonning jarohatlanishi, uni o&#8217;z vaqtida davolatmaslik ham bachadon Rakiga sabab bo&#8217;ladi. Kasallik hech qanday belgisiz kechadi, keyinchalik avj olganidan so&#8217;ng bemorda oqchil ko&#8217;payib, hayz tsikli buziladi, kon ketadi va, nihoyat, og&#8217;riq paydo bo&#8217;ladi. Shuning uchun har bir ayol jinsiy hayot kechira boshlagan kundan boshlab kamida bir yilda 2 marta (klimakteriya davrida 4 marta) ginekolog ko&#8217;rigidan o&#8217;tib turishi shart. Teri Raki, odatda, keksalarda (50\u2014 70 yoshli erkak va ayollarda) kuzatilib, ko&#8217;pincha yuzda (burun qanotlari, qovoq, burunlab burmalari, og&#8217;iz burchaklarida), ba&#8217;zan terining kuygan, jarohatlangan joyida, shuningdek, ayrim tug&#8217;ma va turli jarohatlar o&#8217;rnida paydo bo&#8217;ladi. Rak va boshqa xavfli o&#8217;smalar, asosan, operatsiya qilinadi, radioaktiv moddalar va rentgen nurlari, Rak ka qarshi maxsus kimyoviy preparatlar, gormonlar, biopreparatlar qo&#8217;llanadi. Kasallikning oldini olish uchun organizmga zararli ta&#8217;sir etadigan kantserogen moddalarni yo&#8217;qotish, shuningdek, Rak oldi kasalliklarini o&#8217;z vaqtida aniqlash va davolash, aholini ommaviy profilaktik ko&#8217;rikdan o&#8217;tkazib turish, ba&#8217;zan dispanserizatsiya qilish lozim. Ad.: Murodxo&#8217;jayev N.K., Ocherki sovremennoy onkologii, T., 1998. Narimon Murodxo&#8217;jayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rak (Yunoncha lotincha cancer \u2014 Qisqichbaqa), kantser, saraton kasalligi \u2014 epiteliy to&#8217;qimasidan rivojlanadigan xavfli o&#8217;sma. Epiteliy hujayrasi bor barcha a&#8217;zolar \u2014 teri, shilliq qavatlar, qizilo&#8217;ngach, o&#8217;pka, me&#8217;daichak yo&#8217;li, siydik-tanosil a&#8217;zolari, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/rak-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-106964","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106964","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=106964"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106964\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":106972,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/106964\/revisions\/106972"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=106964"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=106964"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=106964"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}