{"id":107033,"date":"2023-09-19T15:13:51","date_gmt":"2023-09-19T12:13:51","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107033"},"modified":"2023-09-19T15:13:57","modified_gmt":"2023-09-19T12:13:57","slug":"raxit","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/raxit\/","title":{"rendered":"Raxit"},"content":{"rendered":"\n<p>Raxit (Yunoncha rhachis \u2014 umurtqa), shirzada \u2014 yosh bolalarda uchraydigan kasallik. Organizmda vitamin D yetishmasligi tufayli fosforkaltsiy almashinuvining buzilishi natijasida kelib chiqadi. Raxitga ko&#8217;pincha bolaning chala tug&#8217;ilishi, quvvatsizligi, sun&#8217;iy ovqatlantirish sabab bo&#8217;ladi. Bola yaxshi parvarish qilinmasa, ochiq havo va quyosh nuridan bahramand bo&#8217;lmasa, noto&#8217;g&#8217;ri ovqatlantirilsa, uning organizmiga vitamin D yetarli miqdorda kirmaydi yoki ultrabinafsha nurlar yetishmasligidan terisida vitamin D hosil bo&#8217;lishi buzilib, Raxit kasalligi kuchayadi. Bundan tashqari, bolaning tez-tez kasallanishi, onaning homiladorlik vaqtida ovqat ratsionining buzilganligi ham Raxit kasalligiga sabab bo&#8217;ladi. Raxit kasalligi moddalar almashinuvining buzilishiga qamda turli a&#8217;zo va sistemalar ishining izdan chiqishiga olib keladi. Bu kasallikda fosfor va kaltsiy kabi mineral tuzlar almashinuvi ayniqsa kuchli buziladi. Ichakda kaltsiyning so&#8217;rilishi va suyaklarga o&#8217;tirishi o&#8217;zgaradi, bu \u2014 suyakning ingichkalashib, to&#8217;qimalarining yumshashiga, nerv sistemasi va ichki a&#8217;zolar ishining buzilishiga sabab bo&#8217;ladi. Kasallikning dastlabki davrida bemorning nerv sistemasida o&#8217;zgarishlar ro&#8217;y beradi: bola qo&#8217;rqoq, tajang, injiq yoki shalvillagan bo&#8217;lib qoladi; ko&#8217;p terlaydi, emayotganida yuzi, yotganida ensasi terga botadi. Bolani qichima bezovta qilganligi uchun u boshini yostiqqa ishqayverganidan orqa sochi to&#8217;kilib ketadi. Kasallik kuchayganda muskullar zaiflashadi, burishadi; kasal bola sog&#8217;lom bolaga nisbatan kech yuradi, qorni shishadi, ichi ko&#8217;pincha qotadi yoki suradi, keyinchalik suyak sistemasi o&#8217;zgaradi: yelka suyagi yassilanadi, boshi kattalashadi, peshona va kallaning tepa suyagi turtib chiqadi, peshona do&#8217;ng bo&#8217;lib qoladi, kalla tepa suyagi va ensa sohasidagi suyakning yumshashi kuzatiladi. Boshning katta liqildog&#8217;i o&#8217;z vaqtida suyaklanmaydi. Ko&#8217;pincha to&#8217;sh yonidagi qovurg&#8217;a suyaklari qalinlashadi. Bola yura boshlaganida oyoqlari X shaklida yoki o shaklida qiyshayadi. Ko&#8217;krak qafasining shakli ham o&#8217;zgaradi: yo oldinga turtib chiqadi yoki ichiga kirib ketadi. Raxitga uchragan bolalar turli yuqumli kasalliklarga (ayniqsa, zotiljamga) moyil bo&#8217;ladi. Raxit kasalligining oldini olish tug&#8217;ruqqacha bo&#8217;lgan davrda boshlanadi. Homilador ayol mumkin qadar toza havoda ko&#8217;proq bo&#8217;lishi, rejimga qat&#8217;iy rioya qilishi, to&#8217;g&#8217;ri ovqatlanishi kerak. Bola tug&#8217;ilganidan keyin uni parvarish qilishning barcha qoidalariga rioya qilish va iloji boricha ko&#8217;krak suti bilan boqish lozim. Raxitni davolashda vrachning ko&#8217;rsatmasiga muvofiq, vitamin D boshqa dorilar bilan birgalikda beriladi. Zarur bo&#8217;lgan hollarda vrachning tavsiyasiga muvofiq davo gimnastikasi, massaj, kvars lampasi bilan nurlantirish o&#8217;tkaziladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Raxit (Yunoncha rhachis \u2014 umurtqa), shirzada \u2014 yosh bolalarda uchraydigan kasallik. Organizmda vitamin D yetishmasligi tufayli fosforkaltsiy almashinuvining buzilishi natijasida kelib chiqadi. Raxitga ko&#8217;pincha bolaning chala tug&#8217;ilishi, quvvatsizligi, sun&#8217;iy ovqatlantirish &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/raxit\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-107033","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107033","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107033"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107033\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":107049,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107033\/revisions\/107049"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107033"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107033"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107033"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}