{"id":107112,"date":"2023-09-20T07:53:57","date_gmt":"2023-09-20T04:53:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107112"},"modified":"2023-09-20T07:54:04","modified_gmt":"2023-09-20T04:54:04","slug":"radiotexnika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/radiotexnika\/","title":{"rendered":"Radiotexnika"},"content":{"rendered":"\n<p>Radiotexnika (radio&#8230; va texnika) \u2014 1) elektromagnit tebranishlar va radiodiapazondagi (3-31012 Gts) to&#8217;lqinlar, ularni generasiyalash, kuchaytirish, nurlatish, qabul qilish hamda to&#8217;lqinlardan foydalanish haqidagi fan; 2) texnikaning axborotlarni uzatishda \u2014 radioaloqa, radioeshittirish, televideniye, radiolokasiya va radionavigatsiyada; mashina, mexanizm hamda texnologik jarayonlarni boshqarish va nazorat qilishda radiodiapazondagi to&#8217;lqinlar bilan elektromagnit tebranishlarni qo&#8217;llaydigan tarmog&#8217;i. U radiofizika, elektrotexnika, dielektriklar fizikasi, yarimo&#8217;tkazgichlar fizikasi, elektroakustika, antenna texnikasi, elektronika va boshqalarning yutuqlariga asoslanadi. Radiotexnika tarixi M. Faradey, J. Maksvellarning ishlaridan boshlangan. Radiodiapazondagi elektromagnit to&#8217;lqinlarni birinchi marta G. Gers hosil qilgan va o&#8217;rgangan (1886-89). Gers tajribasida rezonans hodisasi katta rol o&#8217;ynagan. E. Branli (Frantsiya) metall kukuniga elektr tebranishlari ta&#8217;sir qilganda ularning qarshiligi kamayishi hodisasini aniqladi (1890). O. Lodj (Buyuk Britaniya) bu hodisadan elektromagnit to&#8217;lqinlarni aniqlashda foydalandi (1894). A. S. Popov elektromagnit to&#8217;lqinlar yordamida simsiz aloqa o&#8217;rnatishga harakat qildi va signallarni qayd qilish apparatniy yasadi. U 1895 yil 7 mayda dunyoda birinchi radiopriyomnigini yaratdi. Dastlab, uzatuvchi va qabul qiluvchi radiostantsiyalar qisqa to&#8217;lqinda \u2014 tez so&#8217;nuvchi radioto&#8217;lqinlarda ishlagan. Uzun to&#8217;lqinlarga o&#8217;tish va uzatkichlar quvvatini, antenna o&#8217;lchamlarini oshirish, detektorning qo&#8217;llanilishi bilan radioaloqa uzoqligi sekin-asta oshirilgan. Nemis fizigi K. F. Braun tomonidan berk konturning, M. Vin (Ger- maniya) tomonidan maxsus razryad hosil qilgichning kashf etilishi, shuningdek radio qurilmalarda yuqori chastotali yoy generatorlari va generator mashinalari bilan uyg&#8217;otiladigan so&#8217;nmas to&#8217;lqinlarning qo&#8217;llanilishi Radiotexnikaning keyingi rivojida katta qadam bo&#8217;ldi. 1925 yil rus ixtirochisi V. P. Vologdinning yuqori chastotali induktor mashinasi yordamida birinchi marta Moskva bilan Nyu-York orasida radioaloqa o&#8217;rnatilgan. Elektron lampalarning yaratilishi Radiotexnikaning barcha sohalarida katta burilish yasadi, shu asosda so&#8217;nmas tebranishli lampali generator yaratildi. Radiolampalarning qo&#8217;llanilishi radioto&#8217;lqinlarni bir necha yuz metrdan bir necha kilometrgacha diapazonda samarali generasiyalashga imkon berdi. 20-asr 20-yillari boshlariga kelib radiotelegraf aloqa bilan birga radioeshittirish vujudga keldi. Qisqa va ultraqisqa to&#8217;lqin diapazonlarida ishlaydigan radiolampalar, sxemalar, antennalar yaratildi. 20-asr o&#8217;rtalarida elektron televideniyening yaratilishi Radiotexnika sohasida burilish yasadi. Radioloktasiya, radionavigatsiya Radiotexnikaning alohida bo&#8217;limlari hisoblanadi. Ularning usullari uzokdagi narsalarning o&#8217;rni, tezligi va boshqalarni aniqlashga imkon beradi. Yarimo&#8217;tkazgichli diodlar yaratilishi tranzistorlarning, elektronnur asboblari esa rangli televideniening yaratilishiga olib keldi. Radiotexnika jamiyat taraqqiyotining barcha sohalariga kirib bordi. Yer sun&#8217;iy yo&#8217;ldoshlari, kosmik apparatlar bilan radioaloqa qilishda, insonning kosmosga uchishini ta&#8217;minlashda, avtomatik boshqarish tizimida, xalq xo&#8217;jaligida (metallarni vakuum va inert gazlar atmosferasida juda toza eritish uchun, po&#8217;latdan yasalgan detallarni toblash uchun, tibbiyot va boshqalar), radiometeorologiya, radioastronomiyaaa, elektroakustikala, tovushni yozib olish va boshqalarda Radiotexnikaning ahamiyati katta. O&#8217;zbekistonda Radiotexnikaga doir ilmiy tadqiqot ishlari, asosan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida olib boriladi. Respublikada Radiotexnikaning rivojlanishi va shu soha bo&#8217;yicha mutaxassislar tayyorlash akad. T. D. Rajabov, t.f.n. O. A. Abduazizovlar nomi bilan bog&#8217;liq.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Radiotexnika (radio&#8230; va texnika) \u2014 1) elektromagnit tebranishlar va radiodiapazondagi (3-31012 Gts) to&#8217;lqinlar, ularni generasiyalash, kuchaytirish, nurlatish, qabul qilish hamda to&#8217;lqinlardan foydalanish haqidagi fan; 2) texnikaning axborotlarni uzatishda \u2014 radioaloqa, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/radiotexnika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[214],"tags":[],"class_list":["post-107112","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-r-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107112","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107112"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107112\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":107121,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107112\/revisions\/107121"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107112"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107112"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107112"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}