{"id":10714,"date":"2021-11-16T20:47:37","date_gmt":"2021-11-16T17:47:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=10714"},"modified":"2025-10-30T09:48:44","modified_gmt":"2025-10-30T06:48:44","slug":"asalshirali-osimliklar-haqida-nimani-bilasiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/asalshirali-osimliklar-haqida-nimani-bilasiz\/","title":{"rendered":"ASALSHIRALI O&#8217;SIMLIKLAR haqida nimani bilasiz?"},"content":{"rendered":"\n<p>ASALSHIRALI O&#8217;SIMLIKLAR, nektarli o&#8217;simliklar \u2014 asalari nektar va gulchangi yig&#8217;ib oladigan yopiq urug&#8217;li o&#8217;simliklar, asalarilarning asosiy oziq bazasi. Nektarni gultoji yoki gulkosa barglar, tuguncha devori yoki gul o&#8217;rnida joylashgan maxsus nektar bezlari ishlab chiqaradi. Ayrim o&#8217;simliklarda bunday bezlar barg bandi yoki gulyon barglarida, hatto poyada ham joylashgan. Nektar miqdori o&#8217;simlik turiga bog&#8217;liq. Masalan, bitta gul ishlab chiqaradigan nektar miqdori Coryanthe turkumiga mansub tropik o&#8217;simlik \u2014 arxideyada 30 grammgacha, jo&#8217;kada \u2014 0,15 \u2014 7,46 milligramm, kash-karbedada \u2014 0,16 milligrammga teng. Asalshirali o&#8217;simliklar gulidan yig&#8217;ilgan nektar va gul changini asalarilar va asalarisimonlar oilasiga mansub boshqa hasharotlar asalga va pergaga aylantiradi. Ayrim o&#8217;simliklar nektar bilan birga qatronga o&#8217;xshash modda ham ajratadi. Arilar bu moddadan propolis (asalari yelimi) ishlab chiqaradi. Asalshirali o&#8217;simliklarning nektar ishlab chiqarish xususiyati evolyutsiya davomida kelib chiqqan bo&#8217;lib, o&#8217;simliklarning hasharotlar orqali chetdan changlanishga moslashuvidan iborat. Chetdan changlangan o&#8217;simliklar ko&#8217;p hosil beradi va ancha sifatli urug&#8217; qoldiradi. Ko&#8217;pchilik qishloq xo\u2019jalik ekinlari, masalan, oziq-ovqat va yem-xashak ekinlaridan grechixa, esparset, sebarga, beda, qashqarbeda, vika va boshqalar; moyli va efir moyli o&#8217;simliklar \u2014 kungaboqar, raps, anis, koriandr, yalpiz; tolali ekinlar \u2014 g&#8217;o&#8217;za, kanop; turli xil mevali daraxtlar, poliz va sabzavot ekinlari, tsitrus o&#8217;simliklari, uzum va boshqa ko&#8217;p nektar hosil qiladi. Nektar ishlab chiqarish va hasharotlarning nektar yig\u2019ishi Asalshirali o&#8217;simliklarning gullagan vaqtiga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Nektar ishlab chiqarishning boshlanishi va uning miqdori iqlim, tuproq va ob-havo sharoitiga bog&#8217;liq. O&#8217;zbekiston sharoitida Asalshirali o&#8217;simliklarning yuzlab turi o&#8217;sadi, ular orasida ko&#8217;p miqdorda nektar ajratib amaliy ahamiyatga ega bo&#8217;lganlari bir necha o&#8217;n turdan iborat. Asalshirali o&#8217;simliklar botanik yoki xo&#8217;jalik belgilariga, gullash muddati (masalan, bahorgi, yozgi, kuzgi) va o&#8217;sadigan joyi yoki boshqa belgilariga qarab tasnif qilinadi. 1 gektar maydonda hosil qiladigan nektar miqdori bo&#8217;yicha quyidagi o&#8217;simliklar amaliy ahamiyatga ega: jo&#8217;ka va dala zarangi \u2014 1000 kilogramm, ingichka bargli zarang \u2014 200 kilogrammgacha, tol \u2014 150 kilogrammgacha, sariq akatsiya \u2014 350 kilogrammga yaqin, mevali daraxtlar (olma, nok, olxo&#8217;ri, olcha, gilos) \u2014 20 \u2014 30 kilogramm, rezavor mevalardan smorodina \u2014 60 kilogramm malina &#8212; 200 kilogramm, o&#8217;tlardan grechixa \u2014 60 \u2014 90 kilogramm, moyli ekinlardan kungaboqar \u2014 30 &#8212; 40 kg; tolali ekinlardan g&#8217;o&#8217;za \u2014 30 &#8212; 40 kg, em-xashak ekinlaridan esparset \u2014 90 \u2014 400 kg, qashqarbeda \u2014 300 kg, sebarga &#8212; 100 \u2014 150 kg, beda \u2014 100 kg nektar ishlab chiqaradi. Har xil muddatda gullaydigan o&#8217;simliklarni o&#8217;stirish orqali bir joyning o&#8217;zida surun-kasiga bir necha oy yoki mavsum davomida asal yig&#8217;ish mumkin. O&#8217;zbekiston sharoitida erta bahordan kech kuzgacha asal yig&#8217;ish uchun asalarilar bahorda efimer o&#8217;simliklar o&#8217;sadigan dashtga, bahorning oxiri va yoz oylarida tog&#8217;oddi va tog&#8217;zonalari hamda ekinzorlarga ko&#8217;chiriladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ASALSHIRALI O&#8217;SIMLIKLAR, nektarli o&#8217;simliklar \u2014 asalari nektar va gulchangi yig&#8217;ib oladigan yopiq urug&#8217;li o&#8217;simliklar, asalarilarning asosiy oziq bazasi. Nektarni gultoji yoki gulkosa barglar, tuguncha devori yoki gul o&#8217;rnida joylashgan maxsus &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/asalshirali-osimliklar-haqida-nimani-bilasiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-10714","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10714","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10714"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10714\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163141,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10714\/revisions\/163141"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10714"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10714"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10714"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}