{"id":107329,"date":"2023-09-20T13:28:26","date_gmt":"2023-09-20T10:28:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107329"},"modified":"2023-09-20T13:28:31","modified_gmt":"2023-09-20T10:28:31","slug":"qoshma-gap","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qoshma-gap\/","title":{"rendered":"Qo&#8217;shma gap"},"content":{"rendered":"\n<p>Qo&#8217;shma gap \u2014 tuzilishiga ko&#8217;ra sodda gapga o&#8217;xshash ikki va undan ortiq predikativ birlikning intonatsiya va mazmun jihatidan bir butunlik hosil etishi bilan yuzaga keluvchi gap; gapning struktural jihatdan alohida bir turi. Qo&#8217;shma gap tuzilishi va qurilish materialiga ko&#8217;ra sodda galdan farq qiladi. Sodda gapning qurilish materiali so&#8217;z yoki so&#8217;z birikmalari bo&#8217;lsa. Qo&#8217;shma gapning qurilish materiali sodda gaplardir. Sodda gap bitta predikativ asosdan, Qo&#8217;shma gap esa ikki va undan ortiq predikativ asosdan tashkil topadi. Bir qancha turkiy tillarda, jumladan. o&#8217;zbek tilida, Qo&#8217;shma gaplar qanday mazmun munosabatlarini ifodalashi, grammatik belgilari, tuzilishi va intonatsiyasiga ko&#8217;ra 3 asosiy turga bo&#8217;linadi: bog&#8217;lovchisiz Qo&#8217;shma gap; bog&#8217;langan Qo&#8217;shma gap; ergashgan Qo&#8217;shma gap. Tarkibidagi predikativ birliklar o&#8217;zaro bog&#8217;lovchi yoki bog&#8217;lovchi vazifasidagi so&#8217;z yordamida emas, balki boshqa vositalar yordamida birikkan Qo&#8217;shma gaplar bog&#8217;lovchisiz Qo&#8217;shma gap hisoblanib, bunday Qo&#8217;shma gaplarda ohang muhim rol o&#8217;ynaydi. Bog&#8217;lovchisiz Qo&#8217;shma gaplar aksar hollarda bog&#8217;langan va ergashgan Qo&#8217;shma gaplar bilan o&#8217;xshash, munosabatdoshday ko&#8217;rinsa-da, ular ana shu turdagi gaplarning bog&#8217;lovchisiz varianti emas, balki Qo&#8217;shma gaplarning alohida turi hisoblanadi: &#171;Saodatxon eshikni ochib yubordi, uyga muzday kuz havosi kirdi&#187; (S.Zunnunova). &#171;Sultonmurod o&#8217;zini chetga olishga tirishdi, xalq to&#8217;lqini uni surib ketdi&#187; (Oybek). Tarkibidagi predikativ birliklar o&#8217;zaro teng bog&#8217;lovhilar yordamida birikkan (teng aloqali) Qo&#8217;shma gaplar bog&#8217;langan Qo&#8217;shma gap deyilib, uning tarkibiy qismlari shaklan mustaqil ko&#8217;rinsa-da, mazmunan va tuzilish jihatdan bir butunlikni tashkil etadi. Masalan: &#171;Bahor keldi va gullar ochildi&#187;. &#171;Dilafro&#8217;z chindan ham o&#8217;zgargan. Ammo O&#8217;ktam kulgusi, quralai ko&#8217;zlarining kibrona boqishi o&#8217;sha-o&#8217;sha edi&#187; (O&#8217;.Hoshimov). Tarkibidagi predikativ birliklar (sodda gaplar) bosh va ergash holatida bo&#8217;lib, ya&#8217;ni bosh va ergash gaplardan tuzilib. ergashtiruvchi bog&#8217;lovchilar, bir qancha fe&#8217;l shakllari, yuklama va ko&#8217;makchilar, nisbiy so&#8217;zlar va tobelanish ohangi yordamida birikib, biri ikkinchisini aniqlash, to&#8217;ldirish kabi vazifalarni bajaradigan Qo&#8217;shma gap turi ergashgan Qo&#8217;shma gap yoki ergash gapli Qo&#8217;shma gap deyiladi. Masalan: &#171;bir kuni ko&#8217;chada ketayotsam, Umri bir bosh uzum ko&#8217;tarib kelyapti&#187; (A.Qahhor) gapidagi, &#171;bir kuni ko&#8217;chada ketayotsam&#187; qismi ergash gap bo&#8217;lib, u bosh gapdagi (umri bir bosh uzum ko&#8217;tarib kelyapti) ish-harakatning amalga oshish payti (vaqti)ni aniqlab, uni to&#8217;ldirmoqda, predikatdagi shaklga ko&#8217;ra tobe holatda turibdi. Demak, bosh gap ergashgan Qo&#8217;shma gap tarkibidagi hokim komponent, ya&#8217;ni ergash gap tomonidan o&#8217;zi yoki biror bo&#8217;lagi aniqlanadigan, ergash gap tobe bo&#8217;ladigan gapdir. Masalan: &#171;Qaysi kishi ertalab shunday mashq qilsa, u dardga chalinmaydi&#187; gapi ega ergash gapli Qo&#8217;shma gap bo&#8217;lib, undagi &#171;u dardga chalinmaydi&#187; qismi bosh gap hisoblanib, bosh gapning egasi ergash gap orqali izohlanmoqda. Yoki &#171;Shoshish kerak emas, chunki bu yil toshqin xavfi yo&#8217;q&#187; gapida esa &#171;shoshish kerak emas&#187; bosh gap bo&#8217;lib, ergash gap bosh gapdan anglashilgan harakatning sababini ko&#8217;rsatmoqda. Ergash gapli Qo&#8217;shma gap tarkibidagi tobe qism ergash gap hisoblanadi. Ergash gap bosh gapga ergashib (tobelanib), bu gapni yoki uning biror bo&#8217;lagini qandaydir (payt, o&#8217;rin, sabab, natija va boshqalar) jihatdan aniqlab, belgilab keladi. O&#8217;zbek tiliga doir mavjud darslik va qo&#8217;llanmalarda ergash gaplar (ergash gapli Qo&#8217;shma gaplar) mazmun va vazifalariga ko&#8217;ra 14 turga ajratiladi. Qo&#8217;shma gap va uning turlari, Qo&#8217;shma gaplarning tabiati masalalari rus va Yevropa tilshunosliklari qatori o&#8217;zbek tilshunosligida ham keng, atroflicha o&#8217;rganilgan. Bu sohada, ayniqsa, akademik G&#8217;.Abdurahmonov va M.Asqarovalarning xizmatlarini alohida qayd etmoq kerak. Shuningdek, A. G&#8217;ulomov, H. G&#8217;oziev, F. Kamolov, A. Azizova, H. Rustamov, E. Azlarov, A. Kononov, E. Grunina, X. Abdurahmonov, A. Nurmonov, N. Mahmudov va boshqalar ham o&#8217;zbek tilida Qo&#8217;shma gap sintaksisini o&#8217;rganish va rivojlantirishga munosib hissa qo&#8217;shganlar. Keyingi yillarda (o&#8217;tgan asrning 90-yillaridan) o&#8217;zbek tilshunosligida Qo&#8217;shma gaplarni, umuman sintaktik hodisalarni yangicha nuqtai nazar bilan sistemaviy-struktur usulda o&#8217;rganish boshlandi. Ad.: Abdurahmonov G&#8217;., Qo&#8217;shma gap sintaksisi asoslari, T., 1958; Asqarova M., Hozirgi zamon o&#8217;zbek tilida qo&#8217;shma gaplar, T., 1960; Abdurahmonov G&#8217;., Qo&#8217;shma gap sintaksisi, T., 1964; G&#8217;ulomov A., Asqarova M., Hozirgi o&#8217;zbek adabiy tili. Sintaksis, T, 1965 va 1987; As arov M., O&#8217;zbek tilida ergashish formalari va ergash gaplar, T., 1966; O&#8217;zbek tili grammatikasi, 2-j. (sintaksis), T., 1976; Nurmonov A., Gap haqida sintak- tiknazariyalar, T., 1988; Mahmudov N., Nurmonov A., O&#8217;zbek tilining nazariy grammatikasi (sintaksis), T., 1995. Abduvahob Madvaliev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qo&#8217;shma gap \u2014 tuzilishiga ko&#8217;ra sodda gapga o&#8217;xshash ikki va undan ortiq predikativ birlikning intonatsiya va mazmun jihatidan bir butunlik hosil etishi bilan yuzaga keluvchi gap; gapning struktural jihatdan alohida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qoshma-gap\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-107329","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107329","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107329"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107329\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":107339,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107329\/revisions\/107339"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107329"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107329"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107329"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}