{"id":107330,"date":"2023-09-20T13:28:27","date_gmt":"2023-09-20T10:28:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107330"},"modified":"2023-09-20T13:28:31","modified_gmt":"2023-09-20T10:28:31","slug":"qoshma-korxona","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qoshma-korxona\/","title":{"rendered":"Qo&#8217;shma korxona"},"content":{"rendered":"\n<p>Qo&#8217;shma korxona &#8212; boshqa mamlakatlar firmalari ishtirokida bunyod qilingan, tashkiliy jihatdan yagona yuridik shaxs sifatida rasmiylashtirilgan korxona. Qo&#8217;shma korxona o&#8217;zaro manfaatdorlik negizida, hukumatlararo shartnomalar asosida tashkil qilinib, ishlab chiqarish, ilmiy ishlab chiqarish, ilmiy-texnika vazifalarini echishga qaratiladi. Ta&#8217;sischilarning o&#8217;z mulklarini birlashtirish va badallari hisobiga Qo&#8217;shma korxonaning moliyaviy fondi yaratiladi. Qo&#8217;shma korxona sanoat, qishloq xo\u2019jalik, qurilish, transport, savdo, fan va milliy iqtisodiyotning boshqa sohalarida tashkil etilishi mumkin. Qo&#8217;shma korxona, asosan, chet el texnikasi, texnologiyasi, investitsiyasi asosida barpo etilib, mahalliy xom ashyo va ishchi kuchi hisobiga ishlaydi, o&#8217;z mustaqil balansiga ega bo&#8217;ladi, to&#8217;liq xo&#8217;jalik hisobi asosida faoliyat olib boradi. Qo&#8217;shma korxonaning chet ellik ta&#8217;sischisi daromad hissasini o&#8217;z mamlakatiga olib chiqib ketish (o&#8217;tkazish) huquqiga ega bo&#8217;ladi. O&#8217;zbekistonda, asosan, mustaqillikdan keyin Koreya Respublikasi, AQSh, Xitoy, Italiya, Turkiya, Pokiston, Germaniya, Rossiya, Ukraina, Buyuk Britaniya va boshqalar bir qator davlatlar kompaniyalari va firmalari bilan hamkorlikda Qo&#8217;shma korxonalar ishga tushirildi. Avtomobilsozlikda &#171;O&#8217;z DEUavto&#187; O&#8217;zbekistonkoreya, &#171;SAMKOCH-Avto&#187; O&#8217;zbekiston-Turkiya, oltin sanoatida &#171;Zarafshon-Nyumont&#187; O&#8217;zbekiston-Amerika, &#171;O&#8217;zBAT&#187; O&#8217;zbekiston-Buyuk Britaniya, &#171;Sovplastital&#187; O&#8217;zbekiston-Italiya, telekamunikatsiya korxonalari va boshqalar juda ko&#8217;p Qo&#8217;shma korxona faoliyat ko&#8217;rsatmoqda. 2002 yilda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar eksporti hajmi O&#8217;zbekiston Respublikasi umumiy eksport hajmining 19,8% ni (443,0 million AQSh dollari) va import respublika umumiy importi hajmining 26% ni (704,8 million AQSh dollari) tashkil etdi. O&#8217;zbekistonda 2004 yil 1 yanvar holatiga ko&#8217;ra chet el investitsiyalari ishtirokidagi 3539 korxona ro&#8217;yxatga olingan bo&#8217;lib, ularning 62,4% faoliyat yuritdi. Dildora Saidova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qo&#8217;shma korxona &#8212; boshqa mamlakatlar firmalari ishtirokida bunyod qilingan, tashkiliy jihatdan yagona yuridik shaxs sifatida rasmiylashtirilgan korxona. Qo&#8217;shma korxona o&#8217;zaro manfaatdorlik negizida, hukumatlararo shartnomalar asosida tashkil qilinib, ishlab chiqarish, ilmiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qoshma-korxona\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-107330","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107330","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107330"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107330\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":107340,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107330\/revisions\/107340"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107330"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107330"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107330"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}