{"id":107335,"date":"2023-09-20T13:28:32","date_gmt":"2023-09-20T10:28:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107335"},"modified":"2023-09-20T13:28:41","modified_gmt":"2023-09-20T10:28:41","slug":"qoshiq-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qoshiq-2\/","title":{"rendered":"Qo&#8217;shiq"},"content":{"rendered":"\n<p>Qo&#8217;shiq \u2014 keng ma&#8217;noda she&#8217;riy-musiqiy janr; vokal musiqaning eng ommalashgan, ko&#8217;proq band shakliga asoslangan turi, shuningdek, kuylashga mo&#8217;ljallab to&#8217;qilgan she&#8217;riy asarlarning umumiy ifodasi. Xalq ijodiga mansub, bastakor va kompozitorlar yaratgan, ommabop musiqa yo&#8217;nalishidagi Qo&#8217;shiqlar farqlanadi. Kelib chiqishi, janri va mazmuniga qarab marosim qo&#8217;shiqlari, ommaviy qo&#8217;shiq, shahar, dehqon, bolalar, maishiy, harbiy, lirik, raqs va boshqa Qo&#8217;shiqlar ajratiladi. Qo&#8217;shiq kuyi diapazoni ixchamligi, musiqa rivoji band (yoki band-naqarot) shakliga asoslanganligi, ohanglar tizimida so&#8217;z va kuy intonatsiyalari mushtarakligi, she&#8217;riy matndagi g&#8217;oyaviy-emotsional mazmun rivojining umumiy tarzda (badiiy yakuni sifatida) ifodalanishi bilan ajralib turadi. Qo&#8217;shiqning yana o&#8217;ziga xos tomoni \u2014 she&#8217;riy matn va kuy shakllarining o&#8217;zaro mutanosibligi, bir xil hajmdagi tuzilmalar (she&#8217;rda \u2014 band, kuyda \u2014 davr)ga asoslanganligidan iborat. Qo&#8217;shiqning she&#8217;riy matnlari aniq kompozitsiyasi, har bir bandida muayyan tugal fikr ifodalanganligi bilan ajralib turadi. Sharqda xalq Qo&#8217;shiqlari o&#8217;ziga xos milliy xususiyatlarga ega bo&#8217;lib, O&#8217;rta Osiyoda ir (jir), terma, o&#8217;lan, lapar, Yalla kabi nomlar bilan ataladi. Bular negizida bastakorlar ijodi, 20-asrda zamonaviy Qo&#8217;shiq shakllari rivoj topgan. Yevropa professional musiqa san&#8217;atida O&#8217;rta asrdagi shoir- xonandalar (Frantsiyada truver va trubadurlar, Germaniyada minnezingerlar va boshqalar)ning asarlari. Meysterzingerlar san&#8217;ati namunalari, Uyg&#8217;onish davrish yaratilgan ko&#8217;p ovozli italyan sapgopepa, nemischa 1es1, frantsuzcha spapzop, 17-18-asrlardan ommaviy tus olgan gomofoniya uslubidagi Qo\u2019shiqlar, romantizm davridagi kompozitorlar ijodidagi Qo\u2019shiq, 20-asrda keng rivoj topgan ommaviy qo&#8217;shiq, estrada Qo\u2019shiqlari va boshqalar professional Qo\u2019shiqning rivojlanish bosqichlaridir. Shoirlardan P.Beranje, R.Byorns, R.Hamzatov, V.Visoskiy va boshqalar, O&#8217;zbekistonda \u2014 Hamza, Habibiy, Sobir Abdulla, Mirtemir, Chustiy, T.To&#8217;la, P.Mo&#8217;min, N.Narzullaev, Muhammad Yusuf, E.Vohidov, J.Jabborov va boshqalarning Qo\u2019shiq she&#8217;riyati rivojidagi xizmatlari katta. Tor ma&#8217;noda Qo\u2019shiq \u2014 o&#8217;zbek xalq ijodidagi janr; qo&#8217;sh qofiya bilan boshlanuvchi, asosan, 7-8 hijoli barmoq vaznidagi to&#8217;rtliklar bilan kuylanadigan, band shaklli aytim turi. Birinchi she&#8217;r to&#8217;rtligi qofiyalari aaaa, aava, aavv yoki aavs nisbatida bo&#8217;lishi mumkin. O&#8217;zbek Qo\u2019shiqlarida birinchi bandi odatda 4 she&#8217;riy misra va ularni kuylashga asos bo&#8217;lgan nisbiy tugal ohang tuzilmalari uyg&#8217;unligidan tashkil topadi. Kuy tuzilmalari soni 2-4 bo&#8217;lib, ularning o&#8217;zaro nisbatlari esa asosiy jumlani takrorlash, o&#8217;zgartirish yoki ma&#8217;lum darajada rivojlangan yangi jumla bilan yakunlash kabi vositalardan iborat. O&#8217;zbek Qo\u2019shiqlari, ashuladan farqli o&#8217;laroq, kichik ovoz doirasida (asosan, kvinta \u2014 seksta diapazonida) bo&#8217;lib, ba&#8217;zan doira jo&#8217;rligida ijro etiladi. Kuychan ohangli Qo\u2019shiqlar, asosan, lirik mavzudagi namunalarda uchraydi. Boshqa Qo\u2019shiqlarda kuychanlik xususiyatiga ega cho&#8217;zimli ohanglar uchrasa-da, ular ko&#8217;proq Qo\u2019shiqning yakunlanishi arafasida namoyon bo&#8217;ladi. Qo\u2019shiqlarda maxsus (alohida) naqarotlar deyarli qo&#8217;llanmasa-da, ba&#8217;zan kichik Naqarot vazifasini kasb etuvchi takror so&#8217;zlar kelishi, shuningdek, &#171;jon&#187;, &#171;yor&#187;, &#171;dod-ey&#187; kabi undov-undalma iboralar ishlatilishi kuzatiladi. 20-asr o&#8217;zbek bastakorlari va, ayniqsa, kompozitorlari ijodiga mansub Qo\u2019shiqlar janr nuqtai nazaridan o&#8217;zida boshqa janrlar (lapar, Yalla, ashula, terma) xususiyatlarini mujassam qilib, ma&#8217;lum o&#8217;zgarishlarga yuz tutgan. Jumladan, ularda band-Naqarot tuzilmalari, jo&#8217;rnavoz cholg&#8217;ular, raqs unsurlarini ham ko&#8217;rish mumkin. O&#8217;zbek bastakorlaridan Yu.Rajabiy, K.Jabbo-rov, Fahriddin Sodiqov, T. Jalilov, G&#8217;.Toshmatov, N. Hasanov, M. Mir-Zaev, Baliyev, R.Tursunov va boshqalar, kom-pozitorlardan T.Sodiqov, M.Burhonov, M. Leviev, S.Yudakov, A.Otajonov, F . Nazarov, A. Nazarov, F.Alimov, Q.Komilov, bolalar uchun A. Muhamedov, E.Shvars, Il.Akbarov, N. Norxo&#8217;jaev, A.Ergashev, A.Mansurov, estrada yo&#8217;nalishida Sh.Ramazonov, Ik. Akbarov, E. Solihov, D.Omonullayeva, A.Rasulov va boshqalar Qo\u2019shiq janrida salmoqli ijod qilgan. Ad.:Alaviya M., O&#8217;zbek xalq qo&#8217;shiqpari, T., 1959; Karomatov F., O&#8217;zbek xalqi musiqa merosi, 1-kitob (qo&#8217;shiq), T., 1978. Olim Bekov, Oqil Ibrohimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qo&#8217;shiq \u2014 keng ma&#8217;noda she&#8217;riy-musiqiy janr; vokal musiqaning eng ommalashgan, ko&#8217;proq band shakliga asoslangan turi, shuningdek, kuylashga mo&#8217;ljallab to&#8217;qilgan she&#8217;riy asarlarning umumiy ifodasi. Xalq ijodiga mansub, bastakor va kompozitorlar yaratgan, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qoshiq-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-107335","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107335","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107335"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107335\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":107345,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107335\/revisions\/107345"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107335"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107335"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107335"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}