{"id":107337,"date":"2023-09-20T13:28:25","date_gmt":"2023-09-20T10:28:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107337"},"modified":"2023-09-20T13:28:29","modified_gmt":"2023-09-20T10:28:29","slug":"qogirchoq-teatri","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qogirchoq-teatri\/","title":{"rendered":"Qo&#8217;g&#8217;irchoq teatri"},"content":{"rendered":"\n<p>Qo&#8217;g&#8217;irchoq teatri &#8212; teatr san&#8217;ati turi, chodir ichida yoki parda ortida yashiringan aktyor-qo&#8217;g&#8217;irchoqbozlar tomonidan harakatga keltirib ko&#8217;rsatiladigan qo&#8217;g&#8217;irchoqlar tomoshasi. Qo&#8217;g&#8217;irchoqlarning turi (to&#8217;la, yassi, shartli yoki natural), boshqarish tizimi (ip bilan boshqariladigan, qo&#8217;lga kiyiladigan, soyasi tushiriladigan, simli va mexanik) va katta-kichikligi (bir necha santimetrdan tortib odam bo&#8217;yidan ham yuqori qo&#8217;girchoqlar) bilan bog&#8217;liq holda xilma-xil shakllari yuzaga kelgan. Milliy an&#8217;analar, shart-sharoit, dramaturgik va sahnaviy maqsadlar ham Qo&#8217;g&#8217;irchoq teatri tomoshalarining shakli va mazmuniga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Inson xarakteri, jamiyat hayotini yorqin va umumlashma tarzda aks ettirish, majoz, sahnaviy bo&#8217;rttirma Qo&#8217;g&#8217;irchoq teatrida satirik hamda qahramonlik yo&#8217;nalishlar qaror topishini ta&#8217;minlagan. Qo&#8217;g&#8217;irchoq teatri tabiatni ilohiylashtirish kabi marosimlarga borib taqaladi. Gerodot, Ksenofont, Aristotel, Gorasiy, Avreliy va boshqalarning ma&#8217;lumotlari bo&#8217;yicha 5-6-asrlardayoq Qo&#8217;g&#8217;irchoq teatri paydo bo&#8217;lgan. Sharqda Qo&#8217;g&#8217;irchoq teatrining barcha shakllari mavjud bo&#8217;lgan, biroq shundan soya teatri (O&#8217;zbekiston hududida &#171;fonus xayol&#187; deb yuritilgan) keng tarqalgan. Indoneziyada 11-12-asrlarda simlar bilan boshqariladigan qo&#8217;girchoq tomoshalari bo&#8217;lgan. Sharqda hamon Qo&#8217;g&#8217;irchoq teatrining an&#8217;anaviy turlari va shakllari yashab keladi. G&#8217;arb mamlakatlarida esa 19-asrning o&#8217;rtalaridan boshlab xalq Qo&#8217;g&#8217;irchoq teatri inqirozga uchrab, uning o&#8217;rnida yangi tipdagi, yozma drama asosida ish olib boruvchi havaskorlik va yarim professional truppalar maydonga kela boshladi. 20-asr boshida Rossiyadagi xalq Qo&#8217;g&#8217;irchoq teatri davr talablariga javob berolmay qoldi. Biroq uning an&#8217;analari, tajribasi yangi shakldagi Qo&#8217;g&#8217;irchoq teatrining yaratilishida muhim ahamiyat kasb etdi. 1924 yil E.S.Demmeni rahbarligidagi Leningrad Qo&#8217;g&#8217;irchoq teatri, 1931 yilda S.V. Obrazsov rahbarligidagi Markaziy Qo&#8217;g&#8217;irchoq teatri tashkil qilindi. O&#8217;zbekistonda Qo&#8217;g&#8217;irchoq teatri o&#8217;tmishda taraqqiy etgan bo&#8217;lib, uning &#171;chodir xayol&#187;, &#171;chodir Jamol&#187;, &#171;fonus xayol&#187; turlari faoliyat ko&#8217;rsatib kelgan. Mustamlaka va sovet davrida ham xalq qo&#8217;g&#8217;irchoqbozlarining 40 ga yaqin to&#8217;dasi (har to&#8217;dada qo&#8217;g&#8217;irchoqboz, korfarmon, 2-3 sozanda bo&#8217;lgan) ish olib borgan. Yangi shakldagi Qo&#8217;g&#8217;irchoq teatri havaskorligi 20-asrning boshlaridan boshlangan. 1939 yil Toshkentda Respublika qo&#8217;g&#8217;irchoq teatri, 1968 yil Andijonda &#171;Lola&#187; teatri tashkil topdi. O&#8217;zbekistonda 10 ta davlat tasarrufidagi va ko&#8217;plab havaskor qo&#8217;g&#8217;irchoqteatrlari faoliyat ko&#8217;rsatadi (2005). Ad.: Gavrilov M.F., Kukolniy teatr Uzbekistana, T., 1928; Qodirov M ., Xalq qo&#8217;g&#8217;irchoq teatri, T., 1972; Uzbekskiy traditsioniy teatr kukol, T., 1979; Smirnova N . I ., Iskusstvo igrayushix kukol, M., 1983. Muhsin Qodirov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qo&#8217;g&#8217;irchoq teatri &#8212; teatr san&#8217;ati turi, chodir ichida yoki parda ortida yashiringan aktyor-qo&#8217;g&#8217;irchoqbozlar tomonidan harakatga keltirib ko&#8217;rsatiladigan qo&#8217;g&#8217;irchoqlar tomoshasi. Qo&#8217;g&#8217;irchoqlarning turi (to&#8217;la, yassi, shartli yoki natural), boshqarish tizimi (ip bilan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qogirchoq-teatri\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-107337","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107337","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107337"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107337\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":107338,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107337\/revisions\/107338"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107337"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107337"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107337"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}