{"id":107600,"date":"2023-09-21T10:49:23","date_gmt":"2023-09-21T07:49:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107600"},"modified":"2023-09-21T10:49:29","modified_gmt":"2023-09-21T07:49:29","slug":"qazilma-organizmlar-qoldiqlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qazilma-organizmlar-qoldiqlari\/","title":{"rendered":"Qazilma organizmlar qoldiqlari"},"content":{"rendered":"\n<p>Qazilma organizmlar qoldiqlari, toshqotganlik \u2014 o&#8217;tgan geologik davrlarda yashagan organizmlarning cho&#8217;kindi tog&#8217; jinslarida saqlanib qolgan hayot faoliyati izlari va qoldiqlari. Ularga qarab cho&#8217;kindi tog&#8217; jinslarining nisbiy yoshi aniqlanadi. Qazilma organizmlar qoldiqlarining turli xil saqlanish shakllari ma&#8217;lum. O&#8217;simliklar, ayniqsa, yiriklari, tog&#8217; jinslarida butunligicha ko&#8217;milib qolmaydi; ulardan bo&#8217;linib ketgan barglar, shoxlarning uzilgan qismlari, o&#8217;simliklar tanasining bo&#8217;laklari, mevalari, alohida urug&#8217;lari va kamdankam gul izlari saqlanib qoladi. Oksidlanish jarayoni ta&#8217;sirida organik moddalar yo&#8217;qolib, tog&#8217; jinslarida o&#8217;simliklarning faqatgina izlari qoladi va ularda ba&#8217;zan ko&#8217;mirga aylangan yupqa po&#8217;st (kutikula) saqlanadi; kimyoviy reagentlar bilan ishlov berilgandan so&#8217;ng mikroskop ostida epiderma va og&#8217;izchalarning katakli tuzilishi ko&#8217;rinadi. Ba&#8217;zan o&#8217;simlik qoldiqlarini turli xil minerallar (kaltsit, limonit, amorfli kremnezyom, siderit va boshqalar) bilan o&#8217;rin almashishi sodir bo&#8217;ladi. Bu toshqotganlikda o&#8217;simliklar anatomik strukturasi saqlanib qoladi, ular fan uchun juda qimmatlidir. Hayvonlarning faqat skeletlarigina emas, balki yumshoq to&#8217;qimalarining tuzilishi to&#8217;g&#8217;risida ham xulosa chiqarishga imkon beruvchi butun jasadlari yoki ularning bo&#8217;laklari antropogen yotqizikdaridagina saqlanib qolgan. Hayvonlarning yaxshi saqlangan qoldiqlari (mamontlar, baliqlar va boshqalar) abadiy muzloq yer oblastlarida va ba&#8217;zan uyumlarni tashkil qiluvchi tabiiy asfaltsimon modda \u2014 ozokeritda qolgan bo&#8217;ladi. Mumiyoga aylangan qoldiqlar ham organizmlar to&#8217;g&#8217;risida ma&#8217;lumot beradi. Toshqotishlikning tez-tez sodir bo&#8217;lishi \u2014 qachonki organizmlar qoldiqlaridagi g&#8217;ovaklar suvli eritmalardan cho&#8217;kkan mineral moddalar bilan to&#8217;lganda; o&#8217;sha skeletning moddasi ham o&#8217;z strukturasini saklagan holda (psevdomorfoza) ular bilan almashtiriladi. Qazilma organizmlar qoldiqlari minerallashish jarayoni fossilizasiya deyiladi. Jinslarda, xitin skeletli umurtqasizlardan yupqa ko&#8217;mirga aylangan qatlamchalar qoladi. Paleontologiya va tarixiy geologiyaning qazilma organizmlar hosil bo&#8217;lish jarayonini o&#8217;rganuvchi bo&#8217;limi tafonomiya deb ataladi. Yer po&#8217;sti yotqiziqlarida saqlanib qolgan qadimiy geologik davrlardagi o&#8217;simliklarning qoldiqlari. Qazilma o&#8217;simliklarni paleobotanika fani o&#8217;rganadi. Butun holda tuban o&#8217;simliklar (suvo&#8217;tlar va bakteriyalar), yuksak o&#8217;simliklardan yo&#8217;sinlar, ba&#8217;zi mayda o&#8217;simliklar, yirik yuksak o&#8217;simliklardan ularning bo&#8217;lak-bo&#8217;lak qismlari (tanasi, po&#8217;stlog&#8217;i, bargi, guli, mevasi, urug&#8217;i, sporasi, gulchang donalari va boshqalar) saqlangan. Ko&#8217;pincha qazilma qoldiqlar orasida suv havzalari yonida o&#8217;sgan yog&#8217;ochsimon o&#8217;simlik va suvo&#8217;tlarning qismlari uchraydi. Qazilma o&#8217;simliklar odatda, botqoqlik, ko&#8217;l, daryo yotqiziqlarida hamda manbalarning ohakli va kremniyli yotqiziqlarida va dengiz sohili yotqiziqlarida qazilma hayvonlar bilan birga uchraydi. Qoldiqlarning saqlanish darajasi Qazilma o&#8217;simliklarni o&#8217;zida mujassamlashtirgan tog&#8217;jinslarining geologik yoshiga ham bog&#8217;liq. Qazilma o&#8217;simliklar strukturasi yemirilmay anatomik tuzilishi (masalan, o&#8217;simliklarning urug&#8217;i, danagi, yog&#8217;ochi, changi, bargaining epidermisi va igna barglilarning qubbasi va boshqalar) saqlanib, o&#8217;simlik to&#8217;qimalarining kimyoviy tarkibi birmuncha o&#8217;zgargan holda va o&#8217;simlik qoldig&#8217;i butunlay yo&#8217;qolib, tog&#8217; jinslari orasida, ularning faqat izlari yoki har xil minerallar bilan to&#8217;lgan shakllari saqlangan holda uchraydi. Qazilma o&#8217;simliklarning bir nechta katta bo&#8217;limlari, tiplari (masalan, Psilofitsimonlar, bennettitlar, Lepidodendronlar va boshqalar) ma&#8217;lum. Ularni o&#8217;rganishdan olingan dalillarga ko&#8217;ra, uch milliard yil oldin, ya&#8217;ni arxey va proterozoy yotqiziqlarida bakteriyalar va bir hujayrali suvo&#8217;tlar yashagan. Yer usti o&#8217;simliklarining kembriyordovikda paydo bo&#8217;lganligi ehtimoldan uzoqroq bo&#8217;lsada, silur davrida paydo bo&#8217;lganligi aniq. Uzgaruvchan iqlim sharoitiga moslashish natijasida o&#8217;simliklar dunyosida katta va murakkab o&#8217;zgarishlar ro&#8217;y bergan. O&#8217;zgargan tabiiy sharoitga moslasha olmagan o&#8217;simliklar yo&#8217;qolib ketgan va moslasha olganlari yashab, yangi turlar yuzaga kelgan. Qazilma o&#8217;simliklarni o&#8217;rganish o&#8217;gmishda yer yuzini qoplagan o&#8217;simliklarning tarqalishi va tarkibi to&#8217;g&#8217;risidagi ma&#8217;lumotlarni beradi hamda o&#8217;simliklar evolyutsiyasi etapini belgilaydi. Qazilma o&#8217;simliklar sanoatda foydalaniladigan qazilmalarning (torf, qo&#8217;ng&#8217;ir ko&#8217;mir va toshko&#8217;mir, yonuvchi slaneslar) to&#8217;plamlarini hosil qiladi. O&#8217;rta Osiyo hududida karbon davrida yevromeriy tipdagi flora mavjud bo&#8217;lgan. Yura florasining vakillari O&#8217;zbekistonda, masalan, Ohangaron, Sho&#8217;rob, Sulukta va Sharg&#8217;undagi ko&#8217;mir konlari hosil bo&#8217;lishida katta rol o&#8217;ynagan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qazilma organizmlar qoldiqlari, toshqotganlik \u2014 o&#8217;tgan geologik davrlarda yashagan organizmlarning cho&#8217;kindi tog&#8217; jinslarida saqlanib qolgan hayot faoliyati izlari va qoldiqlari. Ularga qarab cho&#8217;kindi tog&#8217; jinslarining nisbiy yoshi aniqlanadi. Qazilma organizmlar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qazilma-organizmlar-qoldiqlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-107600","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107600","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107600"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107600\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":107609,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107600\/revisions\/107609"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107600"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107600"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107600"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}