{"id":107745,"date":"2023-09-22T10:24:47","date_gmt":"2023-09-22T07:24:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107745"},"modified":"2023-09-22T10:24:50","modified_gmt":"2023-09-22T07:24:50","slug":"taekvondo","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/taekvondo\/","title":{"rendered":"Taekvondo"},"content":{"rendered":"\n<p>Taekvondo (koreyscha: Tae\u2014 oyoq, Kvon \u2014qo&#8217;l, do\u2014yo&#8217;l, ya&#8217;ni oyoq va qo&#8217;llarning qarakat yo&#8217;li) \u2014 sport kurashi turi. Bunda erkak va ayollar belgilangan maydonchada o&#8217;z vazn toifalarida (himoya vositalarida) yakkama-yakka olishish va maxsus mashklarni bajarish mahoratini namoyish etish borasida yakka va jamoavii tarzda oyoq-qo&#8217;llarda zarbalar berish yoki zarba xarakatlarini qayd etish bo&#8217;yicha musobaqalashadilar. Taekvondoda musobaqalar 2 yo&#8217;nalishda \u2014 Xalqaro taekvondo federatsiyasi (1TF; 1966 y. tuzilgan, 140 dan ortiq mamlakat a&#8217;zo) va Jahon taekvondo federatsiyasi (WTF; 1973 yil tuzilgan, 140 dan ortiq mamlakat a&#8217;zo) yo&#8217;nalishlarida tashkil etiladi. Taekvondo asli koreys xalqining kurash turi hisoblanadi. Miloddan 600 yil ilgari Koreyslar jang qilish va himoyalanish vositasi sifatida uning usullarini qo&#8217;llaganlar. Taekvondoning rivojlanishida subak, xvaran va boshqalar kurash yo&#8217;nalishlari muhim rol o&#8217;ynadi. Taekvondoning 1TF yo&#8217;nalishiga 1955 yil KXDRda asos solingan. Bu yo&#8217;nalishda sportchilarning boshga tepishi, beldan pastga zarba berish, umuman, tananing ruxsat etilgan qismiga ham oyoq bilan to&#8217;liq zarba berish taqiqlangan. Shuningdek, qo&#8217;l bilan ham kuchli zarba berishga ruxsat etilmaydi. Musobaqalar (5 ta vazn toifasida) 2 bo&#8217;limda (har bo&#8217;lim 2 minutdan, tanaffus \u2014 1 minut) davom etadi. Aniq zarbalarga ochko beriladi. Maxsus mashklarni bajarishga ma&#8217;lum vakt ajratiladi va ijro texnikasi baholandi. Taekvondoning WTF yo&#8217;nalishiga 1961 yil Koreya Respublikasida asos solingan. 2000 yil taekvondo (WTF) Sidney olimpiadasi dasturidan o&#8217;rin oldi. Taekvondo (WTF) sportchilarning qo&#8217;loyoqlarda tananing beldan yuqori, old qismiga zarbalar berishiga ruxsat etadi. Musobaqalar (8 vazn toifasida) sportchilarning himoya vositalarini kiygan holida tashkil qilinib, 3 bo&#8217;limda (har bo&#8217;lim 3 minutdan, tanaffuslar \u2014 1 minutdan) davom etadi. Aniq zarbalarga ochko beriladi. G&#8217;olib nokaugga yoki ochkolar ko&#8217;pligiga qarab aniklanadi. O&#8217;zbekistonda taekvondo (ITF) 1989 yildan ommaviylashdi. O&#8217;sha yili O&#8217;zbekiston taekvondo (1TF) federatsiyasi tuzildi va ITFra qabul qilindi. Bu federatsiya 2000 yilda O&#8217;zbekiston taekvondo (ITF) milliy assotsiatsiyasi nomi bilan qayta ro&#8217;yxatdan o&#8217;tdi. Uning viloyatlarda bo&#8217;limlari tuzilgan, 40 dan ziyod taekvondo (1TF) klublari faoliyat ko&#8217;rsatadi. 200 dan ortiq murabbiy 50 mingdan ko&#8217;proq Taekvondochi bilan shug&#8217;ullanmoqda (2004). O&#8217;zbekiston Respublikasida taekvondo (ITF) musobaqalari muntazam o&#8217;tkaziladi va o&#8217;zbekistonlik sportchilar xalqaro musobaqalarda ham ishtirok etishadi. Po&#8217;lat Usmonov, Valeriy Pak, Viktor Nikolaev va boshqalar taekvondo (1TF) ning O&#8217;zbekistondagi dastlabki targ&#8217;ibotchilari bo&#8217;lishgan. Endilikda ular yetakchiligida Botir Mamedov, Dmitriy nim, Nasriddin Tolipov, Shahnoza Shuqratjonova, Aleftina Kim, Moisey Nogay kabi o&#8217;nlab sportchilar Osiyo va jahon chempionatlari, nufuzli musobaqalarda sovrindorlar qatoridan o&#8217;rin olishdi. Taekvondo (WTF) O&#8217;zbekistonda 1990 yildan ommaviylashdi va o&#8217;sha yili respublika taekvondo (WTF) federatsiyasiga asos solindi. Bu federasiya 1992 yilda O&#8217;zbekiston taekvondo (WTF) assotsiatsiyasi nomi bilan kayta ro&#8217;yxatdan o&#8217;tdi va 1993 yilda WTFra a&#8217;zo bo&#8217;ldi. Uning viloyatlarda bo&#8217;limlari bor, 10 ta shahar taekvondo (WTF) klubi, tumanlardagi to&#8217;garaklarida 200 ga yaqin murabbiy 17 mingdan ziyod Taekvondochi bilan mashg&#8217;ulot olib boryapti (2004). O&#8217;zbekistonda taekvondo (WTF) musobaqalari muntazam o&#8217;tkazilyapti va sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda ham qatnashyapti. Olek Pak, Adik Li, Aleksey Kan va boshqalar taekvondo (WTF) ning yurtimizdagi dastlabki targ&#8217;ibotchilari bo&#8217;lishgan. Yevgeniy Xan, Eduard Xegay, Ravshan Toshpo&#8217;latov, Umid Dadaxonov, Sanjar Mansurov, Natalya Mikryukova kabi sportchilar Osiyo va jahon chempionatlari, nufuzli musobaqalarda medallarni qo&#8217;lga kiritishgan. Asror Mo&#8217;minov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Taekvondo (koreyscha: Tae\u2014 oyoq, Kvon \u2014qo&#8217;l, do\u2014yo&#8217;l, ya&#8217;ni oyoq va qo&#8217;llarning qarakat yo&#8217;li) \u2014 sport kurashi turi. Bunda erkak va ayollar belgilangan maydonchada o&#8217;z vazn toifalarida (himoya vositalarida) yakkama-yakka olishish &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/taekvondo\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-107745","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107745","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107745"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107745\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":107755,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107745\/revisions\/107755"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107745"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107745"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107745"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}