{"id":107791,"date":"2023-09-22T11:15:31","date_gmt":"2023-09-22T08:15:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107791"},"modified":"2023-09-22T11:15:40","modified_gmt":"2023-09-22T08:15:40","slug":"toraqorgon-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/toraqorgon-tumani\/","title":{"rendered":"To&#8217;raqo&#8217;rg&#8217;on tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>To&#8217;raqo&#8217;rg&#8217;on tumani &#8212; Namangan viloyatidagi tuman. Viloyatning g&#8217;arbida joylashgan. 1936 yil 17 Fevralda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dekabrda Namangan tumani bilan birlashtirilgan. 1970 yil 7 dekabrda qayta tuzildi. Sharqdan Namangan tumani va qisman Namangan shahri, Janubdan Mingbuloq, g&#8217;arbdan Chust, shimoldan Kosonsoy tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,33 ming km2. Aholisi 170 ming kishi (2004). To&#8217;raqo&#8217;rg&#8217;on tumanida 1 shahar (To&#8217;raqo&#8217;rg&#8217;on), 1 shaharcha (Oktosh), 8 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Axsi, Buramatut, Yortepa, Qatag&#8217;onsaroy, Sayram, Xolmatov, Xo&#8217;jand, Shahand) bor. Markazi \u2014 To&#8217;raqo&#8217;rg&#8217;on shahri. Tabiati. Tumanning shimoliy Sharqiy va Janub qismi tekislik, g&#8217;arbiy qismi esa tog&#8217; etaklari va Ertikan, Bog&#8217;ibaland, Kengko&#8217;lsoy, nahor va Rezaksoy adirlaridan iborat. Tuproqlari bo&#8217;z va shag&#8217;al tuproqlar. Iqlimi keskin kontinental, yanv oyining o&#8217;rtacha temperaturasi -2\u00b0, -3\u00b0, eng past temperatura -29\u00b0. Iyul oyining o&#8217;rtacha temperaturasi 26,3\u00b0, eng yuqori temperatura 42\u00b0. Yillik yog&#8217;in 188 mm. Vegetatsiya davri 229 kun. Tuman hududining Janub qismidan Sirdaryo, shimoldan Kosonsoy, g&#8217;arbiy qismidan Sumsarsoy soylari oqadi. Tuman hududidan shimoliy Farg&#8217;ona, mosh kanallari, shimol qismidan katta Namangan kanali o&#8217;tgan. Yovvoyi o&#8217;simliklardan adirlarda rang, qo&#8217;ng&#8217;irbosh, shaytonkavush, oqquray, oqshuvoq, mingbosh; pashmak, baliqko&#8217;z, seta, pashmaksho&#8217;ra, yulg&#8217;un, Sirdaryo sohillarida yantoq, qamish va boshqalar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan kalamush, qo&#8217;shoyoq, ko&#8217;rsichqon, bo&#8217;rsiq, bo&#8217;ri, tulki, jayra; ilon va kaltakesaklar, qushlardan chumchuq, chug&#8217;urchiq, so&#8217;fito&#8217;rg&#8217;ay, popishak, bedana, bulbul, soch, qarg&#8217;a, g&#8217;oz, loyxo&#8217;rak, qirg&#8217;ovullar bor. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, qozoq, qirg&#8217;iz, tojik, rus, tatar, uyg&#8217;ur, ukrain, yahudiy va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2 ga 515,1 kishi (2004). Xo&#8217;jaligi. To&#8217;raqo&#8217;rg&#8217;on tumanida yirik sanoat va qurilish tashkilotlaridan &#171;Ohangar\u0456\u0456\u0456&#187;, qishloq xo&#8217;jalik mashinasozligi, g&#8217;isht zavodi, qishloq qurilish kombinati, &#171;Koopagrofirma&#187;, paxta tozalash zavodi, &#171;Qishloqxo&#8217;jalik kimyo&#187;, &#171;To&#8217;raqo&#8217;rg&#8217;on-Dehqonmashta&#8217;minot&#187;, To&#8217;raqo&#8217;rg&#8217;on MTP korxonalari, shirinlik&#187; O\u2019zbekiston\u2014Gollandiya, &#171;Axsikent&#187; O&#8217;zbekiston\u2014Turkiya qo&#8217;shma korxonalari, qishloq qurilish konstruktsiyalari kombinati, &#171;Shams&#187; gugurt fabrikasi, noruda materiallar kareri, Oqtosh avtomobil yo&#8217;lidan foydalanish boshqarmasi mavjud. Tumanda 147 ta davlat korxonasi, 21 ta aktsiyadorlik jamiyati, 421 ta xususiy korxona, 5 qo&#8217;shma korxona, 259 fermer, 221 dehqon xo&#8217;jaligi va boshqalar mavjud (2003). Qishloq xo\u2019jaligining asosiy tarmoqlari \u2014 paxtachilik, g&#8217;allachilik, pillachilik va bog&#8217;dorchilik. Tumanda 10 paxtachilik, 2 bog&#8217;dorchilik va tokchilik shirkat xo&#8217;jaliklari bor. 6450 gektar yerga paxta, 5076 gektar yerga don, 1317 gektar yerga yem-xashak ekinlari ekiladi. 1609 gektar yer bog\u2019 va tokzorlar bilan band (2003). Tuman jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 30,3 ming qoramol, 34,6 ming qo&#8217;y va echki, 52,6 ming parranda va 331 yilqi boqiladi (2003). To&#8217;raqo&#8217;rg&#8217;on tumani orqali Toshkent \u2014 Namangan \u2014 Andijon poyezdi o&#8217;tadi. Tumandagi 59 umumiy ta&#8217;lim maktabida 43 ming o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oladi. To&#8217;raqo&#8217;rg&#8217;on qishloq xo\u2019jalik kasb-hunar kolleji (1100 o&#8217;quvchi), kasb-hunar litseyi (500 o&#8217;quvchi), Shahand qishloq xo\u2019jalik kasb-hunar kolleji (400 o&#8217;quvchi), Xo&#8217;jand sanoat-transport kasb-hunar kolleji (400 o&#8217;quvchi), &#171;Kamalak&#187; bolalar istirohat bog&#8217;i, 56 kutubxona, ibrat adabiyot muzeyi, shonshuhrat va Ustoz-murabbiylar muzeylari, madaniyat saroyi faoliyat ko&#8217;rsatadi (2003). Sport, kurash maktablari, 2 stadion, 30 sport zali, 69 futbol maydoni, 36 qo&#8217;l to&#8217;pi maydoni, 7 tennis korti, 18 gimnastika maydoni, 24 mini futbol, 25 basketbol maydoni, 2 suzish havzasi mavjud. Tumandagi 28 tibbiyot muassasasida 281 vrach (har 10 ming aholiga 17 vrach), 1281 o&#8217;rta tibbiy xodim ishlaydi. &#171;Shahand&#187; sanatoriysi faoliyat ko&#8217;rsatadi. Me&#8217;moriy yodgorliklardan To&#8217;raqo&#8217;rg&#8217;on tumanida G&#8217;oyibnazarqozi madrasasi (1892), Falosbonbuva (1860), Langarbibi maqbaralari (18 asr), sirli (1895), Baland (1895), Omonboybuva (1890), Bozorboshi (1860), Mirza Hamdam (1883), Isoqxonto&#8217;ra (1806) masjidlari; qadimgi Axsikat shahrining xarobalari bor. 1971 yil 1 sentabrdan tuman &#171;davr&#187; gazetasi nashr etiladi (adadi 5000).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>To&#8217;raqo&#8217;rg&#8217;on tumani &#8212; Namangan viloyatidagi tuman. Viloyatning g&#8217;arbida joylashgan. 1936 yil 17 Fevralda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dekabrda Namangan tumani bilan birlashtirilgan. 1970 yil 7 dekabrda qayta tuzildi. Sharqdan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/toraqorgon-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-107791","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107791","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107791"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107791\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":107806,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107791\/revisions\/107806"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107791"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107791"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107791"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}