{"id":107795,"date":"2023-09-22T11:15:23","date_gmt":"2023-09-22T08:15:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107795"},"modified":"2023-09-22T11:15:28","modified_gmt":"2023-09-22T08:15:28","slug":"topgul-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/topgul-2\/","title":{"rendered":"To&#8217;pgul"},"content":{"rendered":"\n<p>To&#8217;pgul (inflorescentia) \u2014 o&#8217;simlikdagi bir yillik novdaning gul chiqaradigan qismi. To&#8217;pgul oddiy va murakkab bo&#8217;lishi mumkin. Oddiy To&#8217;pgul botrik (ratsemoz, yongulli) va tsimoz (tepagulli) To&#8217;pgulga bo&#8217;linadi. Botrik To&#8217;pgul monopodial shoxlanishi va gullarining markazga qarab (pastdan yuqoriga) ochilishi bilan; tsimoz To&#8217;pgul esa uchki gulining mavjudligi, simpodial shoxlanishi va gullarining markazdan qochib (yuqoridan asosiga qarab) ochilishi bn tavsiflanadi. Oddiy To&#8217;pgulda gullar asosiy gulpoya (birinchi tartibli gulpoya) da yoki ikkinchi tartibli gulpoyani tashkil qiluvchi gulbandlarda, murakkab To&#8217;pgulda esa gullar uchinchi va undan ham yuqori tartibli gulpoyalarda joylashadi. Oddiy botrik To&#8217;pgullar: oddiy shingil To&#8217;pgul; asosiy gulpoyaga gullar uzun gulbandlari bilan joylashgan (karam, rediska, achambiti); oddiy boshoq To&#8217;pgul; uzun gulpoyaga mayda bandsiz gullar bn o&#8217;rnashgan (zubturum); kallaksimon To&#8217;pgul kalta; yo&#8217;gon gulpoyaga gulbandsiz gullar bn zich joylashgan (to&#8217;ng&#8217;iztaroq, beda, sebarga); oddiy soyabon To&#8217;pgul; asosiy gulpoyadan uzun gulbandli gullar soyabon simlari kabi har tomonga tarqalgan bo&#8217;ladi (navro&#8217;zgul, piyoz, olcha va boshqalar); oddiy savatcha To&#8217;pgulda mayda gullar gulpoyaning yo&#8217;g&#8217;onlashgan uchiga joylashadi (moychechak, kungaboqar, bo&#8217;tako&#8217;z). Oddiy tsimoz To&#8217;pgulga oddiy mono, Di va pleyoxaziylar mansub bo&#8217;lib, To&#8217;pgulning uchki gulidan pastroqda bitta (ayiqtovonda), ikkita (yulduzchada) yoki bir nechta (sutlamada) yon gullar rivojlanib, ular kechroq navbat bn ochiladi. Murakkab To&#8217;pgul esa bir xil yoki bir necha xil oddiy To&#8217;pgullardan hosil bo&#8217;ladi. Masalan, ikki-uchta guldan hosil bo&#8217;lgan bug&#8217;doy boshoqchalarining bir nechtasi asosiy gulpoyaga birikib, bug&#8217;doyning murakkab boshog&#8217;ini, ko&#8217;pchilik soyabongullilarning bir necha oddiy soyabonlari murakkab soyabonni tashkil etadi. To&#8217;pgulning tuzilishi sistematikada muhim ahamiyatga ega bo&#8217;lib, birbiriga yaqin o&#8217;simliklarning evolyutsiya yo&#8217;nalishlari haqida fikr yuritishga imkon beradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>To&#8217;pgul (inflorescentia) \u2014 o&#8217;simlikdagi bir yillik novdaning gul chiqaradigan qismi. To&#8217;pgul oddiy va murakkab bo&#8217;lishi mumkin. Oddiy To&#8217;pgul botrik (ratsemoz, yongulli) va tsimoz (tepagulli) To&#8217;pgulga bo&#8217;linadi. Botrik To&#8217;pgul monopodial shoxlanishi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/topgul-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-107795","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107795","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107795"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107795\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":107798,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107795\/revisions\/107798"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107795"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107795"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107795"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}