{"id":107829,"date":"2023-09-22T12:14:26","date_gmt":"2023-09-22T09:14:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107829"},"modified":"2023-09-22T12:14:30","modified_gmt":"2023-09-22T09:14:30","slug":"magnit-gidrodinamika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/magnit-gidrodinamika\/","title":{"rendered":"Magnit gidrodinamika"},"content":{"rendered":"\n<p>Magnit gidrodinamika &#8212; elektr o&#8217;tkazuvchan suyuqlik, gaz, plazma va suyuq metallarning magnit maydondagi harakati haqidagi fan; gidrodinamika va klassik elektrodinamikaning birlashuvidan rivojlangan fizika bo&#8217;limi. Plazma (ba&#8217;zan Magnit gidrodinamikaga plazma fizikasining bo&#8217;limi sifatida qaraladi), suyuq metallar va elektrolitlar Magnit gidrodinamika uchun xos bo&#8217;lgan ob&#8217;yektlardir. Magnit gidrodinamika bo&#8217;yicha birinchi tadqiqotlar M. Faradey zamoniga oid; fanning mustaqil sohasi sifatida esa Magnit gidrodinamika astrofizika va geofizika talablari bilan bog&#8217;liq ravishda 20-asrda rivojlana boshladi. Ko&#8217;plab kosmik ob&#8217;yektlar (masalan, Quyosh, pulsarlar) kuchli magnit maydonlarga (bir necha ming E va undan ko&#8217;p) ega ekanligi aniqlandi. Magnit maydon energiyasining zichligi plazma zarralari kinetik energiyasining zichligi bilan taqqoslanarli bo&#8217;lib qolganligi (yoki undan oshishi) sababli, bunday maydonlarda joylashgan plazmaning dinamik tabiati radikal o&#8217;zgaradi. Aynan ushbu mezon kuchlanganligi yu-3 \u2014 10~5e (yulduzlararo fazo, yer maydonining atmosferaning yukrri qismida va undan tashqarida) bo&#8217;lgan magnit maydonlar uchun ham (agar zarralar kontsentrasiyasi ular egallagan sohalarda kichik bo&#8217;lsa) o&#8217;rinlidir. Magnit gidrodinamikaning asosiy holatlarini X. Alven ifodalagan. U o&#8217;tkazgich muhitning magnit maydondagi Alven to&#8217;lqinlari deb nom olgan, o&#8217;ziga xos to&#8217;lqinsimon harakatlari mavjud bo&#8217;lishini bashorat qilgan. Kosmik plazmaning tabiati haqidagi fan sifatida shakllana boshlagan Magnit gidrodinamika usullari yer sharoitidagi o&#8217;tkazgich muhitlarga ham yo&#8217;naltirildi. 20-asrning 50-yillari boshida Magnit gidrodinamika va plazma fizikasining rivojlanishi boshqariluvchi termoyadro sintez muammolari bo&#8217;yicha milliy dasturlar tadqiqotlarining (Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya) rivojlanishiga kuchli turtki berdi. Bu muammodagi muhim masala plazma tokining magnit maydon bilan ta&#8217;sirlashishi asosida plazmani idish devoriga tegishidan saqlashdir. Magnitogidrodinamik generatorlar, plazma tezlatkichlar, plazma dvigatellar (yuritkichlar) va boshqalar. Magnit gidrodinamikaning texnikada keng qo&#8217;llanilishiga misoldir. Ad.Alven G., Fel txam Mar K. G., Kosmicheskaya elektrodinamika [Per. S angl.], 2 izd., M., 1967.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Magnit gidrodinamika &#8212; elektr o&#8217;tkazuvchan suyuqlik, gaz, plazma va suyuq metallarning magnit maydondagi harakati haqidagi fan; gidrodinamika va klassik elektrodinamikaning birlashuvidan rivojlangan fizika bo&#8217;limi. Plazma (ba&#8217;zan Magnit gidrodinamikaga plazma fizikasining &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/magnit-gidrodinamika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[217],"tags":[],"class_list":["post-107829","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107829","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107829"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107829\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":107831,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107829\/revisions\/107831"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107829"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107829"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107829"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}