{"id":107976,"date":"2023-09-22T18:20:12","date_gmt":"2023-09-22T15:20:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107976"},"modified":"2023-09-22T18:20:15","modified_gmt":"2023-09-22T15:20:15","slug":"havo-va-quyosh-vannalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/havo-va-quyosh-vannalari\/","title":{"rendered":"Havo va quyosh vannalari"},"content":{"rendered":"\n<p>Havo va quyosh vannalari -davo va chiniqish maqsadida havo hamda quyosh nurining shifobaxsh xossasidan foydalanish. Havo va quyosh vannalari sanatoriy va kurortlarda davolanishning muhim qismi hisoblanadi, undan kundalik sharoitda ham (vrachning tavsiyasi bo&#8217;yicha) foydalanish mumkin. Havo vannalari turlaridan biri \u2014 peshayvonda davolanish, bunda davolanuvchilar ochiq peshayvonda ma&#8217;lum vaqt bo&#8217;ladilar; bemorlar mavsumga muvofiq kiyinib olishlari lozim (sovuq paytlarda issiq adyol, yotoq qopidan foydalaniladi). Havo vannasi qabul qilayotganda erkin harakatlanayotgan havo teridagi nerv uchlarini qo&#8217;zg&#8217;atib, uning nafas olishini va qonning kislorodga to&#8217;yinishini ta&#8217;minlaydi. Bunda oksidlanish jarayonlari va moddalar almashinuvi jadallashadi, muskul va nerv sistemasining quvvati oshadi, organizmdagi termoregulyatsiya sistemasi chiniqadi, ishtaha ochiladi, uyqu yaxshilanadi. Havosining tarkibida kislorod ko&#8217;p bo&#8217;lgan joylarda havo vannasi ayniqsa, foydali, bunday havo dengiz tupari, yengil aeroionlarga boy bo&#8217;ladi. Havo vannasi va muddatini vrach belgilaydi. Havo vannasi organizmni, ayniqsa, bolalar organizmini chiniqtirishda, organizmning tashqi muhit ta&#8217;sirlariga qarshiligini kuchaytirishda, shuningdek, bir qator kasalliklarda, jumladan, o&#8217;pka sili, kamqonlik, nerv sistemasining funktsional kasalliklarida, yurak-tomir sistemasi kasalliklarida tavsiya etiladi. O&#8217;tkir isitma, revmatizm, bo&#8217;g&#8217;imlarning surunkali yallig\u2019lanishida, nevrit va miozit kasalliklarida havo vannasi buyurilmaydi. Havo vannalari issiq (22\u00b0 dan yuqori), salqin (17-20\u00b0) va sovuq (17\u00b0 dan past) bo&#8217;lishi mumkin. Davo kursi 20\u00b0 dan yuqori temperaturada boshlanadi; birinchi kuni 10-15 minut qabul qilib, keyin kun sayin 10\u2014 15 minutdan qo&#8217;shib boriladi va 1,5\u20142 soatgacha yetkaziladi. Salqin havo vannalari boshlanishda 3-7 minut qabul qilinadi, keyin kun sayin 3 \u2014 5 minutdan uzaytirib borib, 1 soatga yetkaziladi. Havo temperaturasi 17\u00b0 dan past bo&#8217;lganda sovqotmaslsk maqsadida yengil jismoniy mashqlar ham qilish kerak. Sovuq havo vannalari chiniqqan kishilargagina buyuriladi va uning vaqti 7-20 minutdan oshirilmaydi. Havo vannalarini et junjikib, &#171;badan tuklari tikkayadigan&#187; darajagacha qabul qilmaslik lozim. Quyosh vannalari. Quyosh nurining tarkibi va odam organizmiga ta&#8217;siri bir xil emas. Quyosh nurlari ko&#8217;zga ko&#8217;rinadigan (yoruglik) va ko&#8217;zga ko&#8217;rinmaydigan infraqizil hamda ultrabinafsha nurlardan iborat. Infraqizil nurlar organizm to&#8217;qimalaridan o&#8217;tayotganida issiqlik effekti hosil qiladi va terining nurlanayotgan qismi trasini oshiradi. Quyosh vannalari ko&#8217;rsatmasiga muvofiq bir qator teri va bo&#8217;g&#8217;im kasalliklarida, radikulit, nevrit va boshqa kasalliklarda qabul qilinadi, undan chiniqtiruvchi muolaja sifatida gripp, angina, yuqori nafas yo&#8217;llari Katari kabi kasalliklarni oldini olishda foydalaniladi. Ayrim kasalliklarning o&#8217;tkir davri, o&#8217;pka va me&#8217;da-ichak kasalliklarida quyosh vannasi tavsiya etilmaydi. Quyosh vannalari umumiy (butun badanni nurlantirish) va mahalliy (badanning bir qismini nurlantirish) bo&#8217;lishi mumkin. Badanni nurlantirishda quyoshning umumiy radiatsiyasidan foydalaniladi. Quyosh vannasini kushetkada yotib yoki o&#8217;tirib badanning har tomonini quyoshga toblab qabul qilinadi. Quyosh vannasidan avval havo vannasini qabul qilgan ma&#8217;qul. To&#8217;g&#8217;ri radiatsiyali quyosh vannasini qabul qilishda boshni soyabon yoki to&#8217;siq bilan pana qilib olish, ko&#8217;zga qora ko&#8217;zoynak taqish kerak, uni nahorga, ovqatlanishdan oldin va ovqatlangan zahoti qabul qilish tavsiya etilmaydi. Quyosh vannasi soyada dam olish bilan tugallanadi, shundan keyin cho&#8217;milish yoki dush qabul qilish maqsadga muvofiq. Bolalarning quyosh vannasi qabul qilishlarida alohida ehtiyotkorlik talab etiladi. Ularni darrov yalang&#8217;och qilib echintirib qo&#8217;ymaslik, boshiga soyabonli shlyapa kiydirish lozim. Badanning juda qizib ketishiga va ultrabinafsha nurlarning ortiqcha ta&#8217;sir etishiga yo&#8217;l qo&#8217;ymaslik uchun vaqt-vaqti bilan soyada dam olib turish zarur. Ortiqcha quyosh nuri organizmga yomon ta&#8217;sir etib, terining kuyishi (ba&#8217;zan nekroz kuzatilishi), oftob urishi, yallig&#8217;lanish, charchash, bosh og&#8217;rishi, uyqusizlik, isitma ko&#8217;tarilishiga va ba&#8217;zi kasalliklarning zo&#8217;rayib ketishiga olib kelishi mumkin. Havo va quyosh vannalari yoz faslida plyajlarda, parklar, dengiz va suv havzalari qirg&#8217;oqlariga qurilgan solyariylar, aerosolyariylarda maxsus ayvonlarda qabul qilinadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Havo va quyosh vannalari -davo va chiniqish maqsadida havo hamda quyosh nurining shifobaxsh xossasidan foydalanish. Havo va quyosh vannalari sanatoriy va kurortlarda davolanishning muhim qismi hisoblanadi, undan kundalik sharoitda ham &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/havo-va-quyosh-vannalari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-107976","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107976","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107976"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107976\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":107978,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107976\/revisions\/107978"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107976"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107976"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107976"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}