{"id":107985,"date":"2023-09-22T18:33:12","date_gmt":"2023-09-22T15:33:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107985"},"modified":"2023-09-22T18:33:15","modified_gmt":"2023-09-22T15:33:15","slug":"hayvonlarni-orgatish-dressirovka","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hayvonlarni-orgatish-dressirovka\/","title":{"rendered":"Hayvonlarni o&#8217;rgatish, Dressirovka"},"content":{"rendered":"\n<p>Hayvonlarni o&#8217;rgatish, Dressirovka \u2014 hayvonlarning ma&#8217;lum bir uslub va muntazam ravishdagi mashqlar natijasida hamda shartli refleks yordamida o&#8217;rgatuvchining muayyan signaliga javoban har xil harakatlar bajarishiga asoslangan usul; tsirk san&#8217;atining qadimgi janrlaridan biri. O&#8217;rgatilgan hayvonlar tomoshasi tsirk maydoni yoki sahnada namoyish etiladi. Hayvonlarni o&#8217;rgatish qadimdan ma&#8217;lum bo&#8217;lib, Xitoy, Hindiston, Qadimgi Misr, Yunoniston, Qadimgi Rim, Vizantiyada keng tarqalgan. Masalan, Qadimgi Rimdagi &#171;Kolizey&#187; singari tsirklarda yirtqich hayvonlar ishtirokida o&#8217;yinlar uyushtirilgan. O&#8217;rta asrlarda Yevropa mamlakatlarida sayyoh aktyorlar \u2014 gistrion, jonglyor, buffon, skomoroxlar o&#8217;rgatilgan yovvoyi va uy hayvonlari bilan yarmarkalardagi maydonlarda hamda ko&#8217;chma tomoshaxona \u2014 balaganlarda o&#8217;yin ko&#8217;rsatishgan. 12-asrda avval Italiya, so&#8217;ng Yevropaning boshqa mamlakatlarida ot o&#8217;rgatish maktablari ochilib, chavandozlik va ot ustida akrobatika mashklari bajarish yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. 18-asrning 2-yarmidan boshlab yirtqich hayvonlar tomoshasi maxsus qafas \u2014 vagonlarda namoyish etiladigan bo&#8217;ldi. 19-asrning o&#8217;rtalaridan o&#8217;rgatilgan hayvonlar tsirk maydonidan o&#8217;rin oldi, tsirk san&#8217;atining tarkibiy qismiga aylandi. 20-asrning o&#8217;rtalaridan hayvonlar ijrosidagi tomoshalar ko&#8217;chma zoosirklarda ham ko&#8217;rsatila boshladi. Bu janrning rivojlaiishiga F.Astley (Angliya), L. Frankoni (Frantsiya), K.Gagenbenk (Germaniya), kni sulolasi (Shveytsariya), V. va A.Durovlar, N.Gladilshikov, I.Bugrimova, V.Filatov (Rossiya), S.Isaakyan (Armaniston) va boshqa salmoqli hissa qo&#8217;shishgan. Hayvonlarni o&#8217;rgatish bir necha usulga bo&#8217;linadi. Og&#8217;riq sezgilarini aks ettiruvchi usul tsirkda yirik hayvon va yirtqichlarni o&#8217;rgatishda qo&#8217;llanadi. Mexanik usulda og&#8217;riq sezgilarini aks ettirmay, qo&#8217;zg&#8217;ovchilardan foydalaniladi. Bu usul qishloq xo\u2019jalik hayvonlariga nisbatan qo&#8217;llanadi. Taqlid usuli yosh hayvonning boshqa hayvonga taqlididan, ya&#8217;ni instinktga asoslanadi. Hayvonlarni o&#8217;rgatishning rag&#8217;batlantiruvchi usulida zarur malakalar (ko&#8217;proq natural reflekslar) rag&#8217;batlantirish (oziq-ovqat berish, erkalash, instinktlarni qondirish) bilan amalga oshiriladi. Hosil bo&#8217;lgan reflekslarni mustahkamlash uchun o&#8217;rgatilgan hayvonlar muntazam ravishda mashq qildirib turiladi. Turli uy hayvonlaridan tortib yovvoyi hayvonlargacha o&#8217;rgatiladi. Hayvonlarni o&#8217;rgatish o&#8217;zbek tsirkida ham qadimdan mavjud bo&#8217;lgan. Xalq sayillari va bayramlarida o&#8217;rgatilgan ayiq, maymun, echki, ilon va boshqa hayvonlar hamda qushlar bilan tomoshalar ko&#8217;rsatilgan. Yozma manbalarga ko&#8217;ra, Amir Temur saroyida turli ranglarga bo&#8217;yalgan fil, tuya, otlar ishtirokida tomoshalar ko&#8217;rsatilgan. 15-asrda tuya, echki va qushlar bilan Bobo Jamol ismli hayvon o&#8217;rgatuvchi shuhrat qozongan. 1828 yilda Buxorolik hayvon o&#8217;rgatuvchi Shokir Moskvada 11 tuya va 2 eshak ishtirokida tomosha ko&#8217;rsatgani ma&#8217;lum. 19-asrning 2-yarmida buxorolik Ikrom bobo o&#8217;rgatilgan ayiq va 2 maymun bilan ko&#8217;rsatgan tomoshalari bilan shuhrat qozongan. 20-asrda Hayvonlarni o&#8217;rgatish bo&#8217;yicha Rahmonovlar, Xo&#8217;jayevlar, Zarifovlar sulolalari, Akrom Yusupov, Roman Belley, Alisher Toshkanboyev va boshqalar tanilgan. Hozirgi kunda yirtqich va ekzotik hayvonlar bilan Furqat Yunusov, Rustam Matchonov, Farhod Rajabov, Foziljon Egamberdiev, To&#8217;lqin Galimovlar chiqishlar qilmoqdalar. 2002 yil Toshkentdagi &#171;sahnadagi tsirk&#187; birlashmasi qoshida &#171;Zoosirk&#187; o&#8217;z faoliyatini boshladi. Unda dunyoning turli qitalaridan keltirilgan 20 dan ortiq hayvon va qushlar ishtirokida teatrlashtirilgan tomoshalar namoyish etilmoqda. 2002 yil Toshkent tsirki qoshida 1-xalqaro kuchuklar teatri faoliyat qo&#8217;rsata boshlab, &#171;Zolushka&#187; spektaklini sahnalashtirdi. O&#8217;rgatilgan ayiq, maymun, ilon va boshqa hayvonlar ishtirokidagi o&#8217;yinlar tsirk guruhlarining dasturiga ham kiritilgan. Po&#8217;lat Toshkanboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hayvonlarni o&#8217;rgatish, Dressirovka \u2014 hayvonlarning ma&#8217;lum bir uslub va muntazam ravishdagi mashqlar natijasida hamda shartli refleks yordamida o&#8217;rgatuvchining muayyan signaliga javoban har xil harakatlar bajarishiga asoslangan usul; tsirk san&#8217;atining qadimgi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hayvonlarni-orgatish-dressirovka\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-107985","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107985","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107985"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107985\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":107986,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107985\/revisions\/107986"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107985"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107985"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107985"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}