{"id":107995,"date":"2023-09-22T19:35:38","date_gmt":"2023-09-22T16:35:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=107995"},"modified":"2023-09-22T19:35:41","modified_gmt":"2023-09-22T16:35:41","slug":"hofiz-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hofiz-2\/","title":{"rendered":"Hofiz"},"content":{"rendered":"\n<p>Hofiz (Arabcha \u2014 yoddan biluvchi, saqlovchi) \u2014 7-asrdan arablarda Qur&#8217;on suralarini yoddan qiroat bilan o&#8217;quvchi kishi, qori. 11-asrdan musulmon Sharq mamlakatlari (jumladan, O&#8217;rta Osiyo va Xuroson)da mumtoz g&#8217;azal va dostonlarni yoddan aytgan kishilar, shuningdek, o&#8217;zi ham ijodkorlik qobiliyatiga ega, kuy-ohanglarni esda saqlash quvva (hofiza) si o&#8217;tkir bo&#8217;lgan, yuqori malakali ashulachi, xonanda (masalan, To&#8217;ychi Hofiz, Levicha Hofiz, Madumar Hofiz va boshqalar). Ayni paytda, o&#8217;z g&#8217;azallarini ohangli o&#8217;qigan hassos shoirlarga ham Hofiz darajasi nisbat berilgan (Hofiz Sheroziy, Hofiz Xorazmiy va boshqalar). Xalq orasida &#187; Hofizi namudor&#187; (nom qozongan Hofiz), &#171;Hofizi nusrat&#187; (g&#8217;alaba qozongan, hofizlar bellashuvida g&#8217;olib chiqqan Hofiz), &#171;Hofizi mehrobxon&#187; (Qur&#8217;on suralarini, &#171;na&#8217;t&#187; kabi diniy aytimlarini o&#8217;ta yoqimli ovoz bilan o&#8217;qiydigan Hofiz; masalan, Navoiyning &#171;Majolis un-nafois&#187; asarida tilga olingan Hofiz Jaloliddin Mahmud va boshqalar), &#171;Hofizi Qur&#8217;on&#187; (butun Qur&#8217;onni yod bilgan qori) kabi atamalar ham qo&#8217;llangan. O&#8217;rta Osiyoda Hofiz va hofizlik san&#8217;ati &#171;jirchi&#187;, &#171;oqin&#187;, &#171;girchi&#187;, &#171;giranda&#187; deb atalgan o&#8217;ziga xos xonandalik an&#8217;analari negizida rivoj topgan. O&#8217;zbekistonda 1920 yillarda &#171;Turkiston Respublikasi xalq hofizi&#187; unvoni M.Qoriyoqubov, To&#8217;ychi hofizlarga berilgan. 1940-60 yillarda va 1990 yildan &#171;O&#8217;zbekiston xalq hofizi&#187; unvoni joriy etilgan. Baxriddin Nasriddinov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hofiz (Arabcha \u2014 yoddan biluvchi, saqlovchi) \u2014 7-asrdan arablarda Qur&#8217;on suralarini yoddan qiroat bilan o&#8217;quvchi kishi, qori. 11-asrdan musulmon Sharq mamlakatlari (jumladan, O&#8217;rta Osiyo va Xuroson)da mumtoz g&#8217;azal va dostonlarni &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hofiz-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-107995","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107995","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=107995"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107995\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":107999,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/107995\/revisions\/107999"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=107995"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=107995"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=107995"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}