{"id":108005,"date":"2023-09-22T19:37:41","date_gmt":"2023-09-22T16:37:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108005"},"modified":"2023-09-22T19:37:44","modified_gmt":"2023-09-22T16:37:44","slug":"hukm-muhokama","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hukm-muhokama\/","title":{"rendered":"Hukm, muhokama"},"content":{"rendered":"\n<p>Hukm, muhokama (mantiqda) \u2014 predmetga ma&#8217;lum bir belgi (xossa, munosabat) xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shakli. Hukm nisbatan tugal fikr bo&#8217;lib, unda predmet bilan uning aniq belgisi haqidagi bilim ifodalanadi. Hukmlar to&#8217;g&#8217;ri (chin) yoki xato (yolg&#8217;on) yoxud noaniq (taxminiy) bo&#8217;lishi mumkin. Hukmlar ob&#8217;yektiv voqelikka mos kelsa to&#8217;g&#8217;ri (chin), mos kelmasa xato (yolg&#8217;on) hisoblanadi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo&#8217;lmaydigan Hukmlar noaniq Hukmlar deyiladi. Hukmlar asosan darak gap orqali ifodalanadi. Hukmlar tuzilishiga ko&#8217;ra oddiy va murakkab bo&#8217;ladi. Oddiy Hukm deb tarkibidan yana bir Hukmni ajratib bo&#8217;lmaydigan mulohazaga aytiladi. Oddiy Hukm tarkibi 3 bo&#8217;lak: mantiqiy ega \u2014 sub&#8217;yekt (5), mantiqiy kesim \u2014 predikat (R) va mantiqiy bog&#8217;lovchidan iborat. Mantiqii ega fikr qilinayotgan predmet va hodisani, mantiqiy kesim predmetga xos xususiyatni bildiradi. Mantiqiy bog&#8217;lovchi (&#171;&#8230;dir&#187;, &#171;emas&#187;) predmetdagi xususiyatni tasdiqlaydi yoki inkor etadi. Oddiy qat\u2019iy Hukmning formulasi; 8\u2014 R (emas). Oddiy Hukmlar sifatiga ko&#8217;ra tasdiqlovchi va inkor etuvchi, hajmiga ko&#8217;ra yakka, umumiy va juz&#8217;iy Hukmlarga bo&#8217;linadi. Oddiy qat&#8217;iy Hukmlar sifati va hajmiga ko&#8217;ra 4 turga bo&#8217;linadi: 1) umumiy tasdiq Hukm (A) &#171;hamma 5\u2014R dir&#187;; 2) umumiy inkor Hukm (E) &#171;hech bir 8\u2014R emas&#187;; 3) juz&#8217;iy tasdiq Hukm (I) &#171;ba&#8217;zi 5\u2014R dir&#187;; 4) juz&#8217;iy inkor Hukm (O) &#171;ba&#8217;zi 3\u2014R emas&#187; formulasi orqali ifodalanadi. Predikatning mazmuniga ko&#8217;ra atributiv, mavjudlik va munosabat Hukmlari farqlanadi. Murakkab Hukm deb tarkibida 2 yoki undan ortiq oddiy Hukm bo&#8217;lgan mulohazalarga aytiladi. Murakkab Hukmlar &#171;va&#187;, &#171;yoki&#187;, &#171;agar&#8230; unda&#187; kabi mantiqiy bog&#8217;lovchilar, inkor qilish va modal terminlarni qo&#8217;llash orqali 2 va undan ortiq oddiy Hukmlarning o&#8217;zaro birikishidan hosil bo&#8217;ladi. Mantiqiy bog&#8217;lovchining mazmuniga ko&#8217;ra murakkab Hukmlarning quyidagi asosiy turlarini farq qilish mumkin: 1) birlashtiruvchi (kon&#8217;yunktiv) Hukm \u2014 alv. Masalan, o&#8217;z tilini va madaniyatini yo&#8217;qotgan millat o&#8217;zligidan judo bo&#8217;ladi; 2) aiiruvchi (diz&#8217;- yunktiv) Hukm \u2014 a V v. Masalan, o&#8217;simliklar bir yillik yoki ko&#8217;p yillik bo&#8217;ladi; 3) shartli (implikativ) Hukm \u2014 a \u2014> v. Masalan, agar inson maqsad sari intilsa, u albatta maqsadiga erishadi; 4) ekvivalentlik Hukmi \u2014 a=v. Masalan, agar bu geometrik Figura uchburchak bo&#8217;lsa, unda uning burchaklarining yig&#8217;indisi 180 bo&#8217;ladi. Hukmlar modalligiga ko&#8217;ra aletik (zaruriy), epistemik (ishonchli bilim), deontik (majburiylik), aksiologik (baholash) va vaqt modalligini ifodalovchi turlarga bo&#8217;linadi. Hukm tafakkur shakli sifatida xulosa chiqarishning tarkibiy qismi bo&#8217;lib xizmat qiladi. Dilbar Fayzixo&#8217;jayeva.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hukm, muhokama (mantiqda) \u2014 predmetga ma&#8217;lum bir belgi (xossa, munosabat) xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shakli. Hukm nisbatan tugal fikr bo&#8217;lib, unda predmet bilan uning aniq belgisi haqidagi bilim &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hukm-muhokama\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108005","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108005","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108005"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108005\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108009,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108005\/revisions\/108009"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108005"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108005"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108005"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}