{"id":108011,"date":"2023-09-22T19:39:39","date_gmt":"2023-09-22T16:39:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108011"},"modified":"2023-09-22T19:39:43","modified_gmt":"2023-09-22T16:39:43","slug":"hun-xoqonligi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hun-xoqonligi\/","title":{"rendered":"Hun xoqonligi"},"content":{"rendered":"\n<p>Hun xoqonligi, ulug&#8217;hun xoqonligi, Hunlar davlati \u2014 Markaziy Mo&#8217;g&#8217;uliston, Baykalorti, Xesi yo&#8217;lagi, Shimoliy Xitoyda qadimda mavjud bo&#8217;lgan davlat (miloddan avvalgi 240 \u2014 milodiy 216). Xitoy manbalarida &#171;shyunnu&#187; nomi bilan qayd etilgan. Miloddan avvalgi 3-asr oxirida (214 yil) birinchi Xitoy imperiyasi \u2014 Tsin (chin) davlati hunlarga hujum qilib, ularga tegishli ba&#8217;zi hududlarni bosib olgan. Shundan so&#8217;ng, ular o&#8217;rtasida uzoq muddatli urush boshlangan. Tsin imperiyasi mudofaa devori qurib hunlarning otliq qo&#8217;shinlari hujumiga qarshi to&#8217;siq yaratishga kirishgan. Shunga qaramay, miloddan avvalgi 209 yil yangi tashkil etilgan G&#8217;arbiy Xanning dastlabki davrida hunlar ilgari yo&#8217;qotgan hududlarni qaytarib olishga erishganlar. Miloddan avvalgi 209 yil Mode Ruzie davlatidagi tutqunlikdan qochib qutulib otasidan hokimiyatni tortib olgan. U chorak asr davomida atrofdagi barcha turkey qabilalarni tobe etib, mustaqil Hun xoqonligini tashkil etgan. Miloddan avvalgi 177-176 yillarda hunlar G&#8217;arb tomonga yurish qilib, Sharqiy Turkiston va uning g&#8217;arbidagi 26 davlatni, jumladan, Krurona, Usun, Xujis (O&#8217;g&#8217;uz) kabi xonliklarni bo&#8217;ysundirgan. Qang&#8217; (Qangkiya, Kangyuy) davlati ham hunlar xoqoniga tobelik izhor etib, u bilan qudalashgan. Xitoy bilan Hun xoqonligi o&#8217;rtasidagi chegara Buyuk Xitoy devoridan o&#8217;tgan. G&#8217;arb bilan Xitoyni bog&#8217;lab turuvchi barcha savdo yo&#8217;llari Hun xoqonligi nazoratiga o&#8217;tgan. Xitoy hukmdorlari Hun xoqonligi bilan quda-andachilik qilish va ularga o&#8217;lpon tariqasida sovg&#8217;a-salomlar yuborib turish evaziga o&#8217;zlarini himoya qilishga majbur bo&#8217;lishgan. Hunlar tobe mamlakatlarda davlatni idora etish usulini saqlab qolishgan. Shu tufayli ayrim olimlar Hun xoqonligini konfederatsiya tuzumiga qiyoslashadi. Hun xoqonligining oliy hukmdori &#171;Tangriqut&#187; (Xitoy manbalarida tanyi, Shangyuy, shanyuy) deb atalgan bo&#8217;lib, u &#171;tangri farzandi&#187; degan ma&#8217;noni anglatgan. Undan keyingi o&#8217;rinda so&#8217;l qo&#8217;l xoni va o&#8217;ng qo&#8217;l xoni kabi kichik xonlar lavozimi joriy etilgan. Harbiy ishlar bo&#8217;yicha so&#8217;l qo&#8217;l qo&#8217;mondon va o&#8217;ng qo&#8217;l qo&#8217;mondon kabi 2 bosh qo&#8217;mondonlik lavozimlari ta&#8217;sis etilgan. Hun xoqonligiga tobe o&#8217;lkalarni Markaziy hokimiyat tomonidan qo&#8217;yilgan 14 ta kichik xon boshqargan. Mamlakat hududi har biri 10 ming oiladan iborat tumanlarga bo&#8217;lingan. Tuman boshliqlari kichik xonlar nazoratida bo&#8217;lgan. Miloddan avvalgi 2-asrning 2-yarmida G&#8217;arbiy Xan imperiyasi kuchayib, Hun xoqonligiga qarshi urush boshlagan (miloddan avvalgi 129 yil). Xitoyliklar Hun xoqonligiga qaram davlatlar bilan ittifoq tuzishga harakat qilgan. Chjan Szyanning Davan (Farg&#8217;ona) davlatiga yuborilishi mazkur siyosat bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan. Hun xoqonligining tashqi siyosati G&#8217;arbiy Xan imperiyasining tajovuziga qarshi o&#8217;zini mudofaa etishga qaratilgan, g&#8217;alaba goh u tomon, goh bu tomonda bo&#8217;lib turgan. Miloddan avvalgi 73-48 yillarda 5 ta hun yobg&#8217;usi (hokimi) o&#8217;rtasida boshlangan urush hunlarni zaiflashtirgan. Bundan foydalangan Xan hukmdori Syuandi (miloddan avvalgi 73-48) shimoliy hunlar tangriqutini Qang&#8217; davlatiga chekinishga majbur etgan. Miloddan avvalgi 38 yil G&#8217;arbiy Xan hukmdori Yuandi Qang&#8217; davlatiga urush e&#8217;lon qilgan. Qang&#8217; xoni Xitoy bilan kelishishga va o&#8217;g&#8217;lini Xitoy poytaxti Changanga garov tariqasida yuborishga majbur bo&#8217;lgan. Biroq Xitoydagi ichki siyosiy va ijtimoiy vaziyat keskinlashgan, natijada G&#8217;arbiy Xan sulolasi qulagan. Shundan so&#8217;ng Hun xoqonligi yana kuchaygan. Milodiy 25 yil Sharqiy Xan imperiyasi tashkil topgan, xitoylar bilan hunlar o&#8217;rtasidagi kurash yana avj olgan. Natijada milodiy 48 yil Hun xoqonligi Janubiy va shimol qismga ajralib ketgan. Janub hunlar xitoylar bilan til topishib, o&#8217;zaro tinchlik munosabatlari o&#8217;rnatishga majbur bo&#8217;lganlar. Sharqiy Xan davlati bundan foydalanib, shimoliy hunlarga qarshi kurashni davom ettirgan. 89-134 yillardagi urush xitoyliklarga g&#8217;alaba keltirgan. Tarim vohasidagi asosiy shaharlar hunlardan tortib olingan. Hunlar Qang&#8217;davlati hududiga chekinib, 2 asrga yaqin mazkur davlat erlarida yashaganlar. 5-asrning boshida Issiqko&#8217;lning g&#8217;arbida hunlar Yueban (Yaypan) davlatini tashkil etgan. Bu davlat keyinchalik Ili vodiysi va uning Janubdagi yerlarni o&#8217;z nazorati ostiga olgan. Shimoliy hunlarning boshqa qismi G&#8217;arbga chekinib, u yerdagi mahalliy xalqlar bilan aralashib ketgan va Yevropada gunnlar nomi bilan mashhur bo&#8217;lgan yangi xalqqa asos solishgan. Abdulahad Xo&#8217;jayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hun xoqonligi, ulug&#8217;hun xoqonligi, Hunlar davlati \u2014 Markaziy Mo&#8217;g&#8217;uliston, Baykalorti, Xesi yo&#8217;lagi, Shimoliy Xitoyda qadimda mavjud bo&#8217;lgan davlat (miloddan avvalgi 240 \u2014 milodiy 216). Xitoy manbalarida &#171;shyunnu&#187; nomi bilan qayd &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hun-xoqonligi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108011","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108011","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108011"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108011\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108015,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108011\/revisions\/108015"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108011"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108011"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108011"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}