{"id":108021,"date":"2023-09-22T19:41:52","date_gmt":"2023-09-22T16:41:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108021"},"modified":"2023-09-22T19:41:55","modified_gmt":"2023-09-22T16:41:55","slug":"huquqiy-munosabatlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/huquqiy-munosabatlar\/","title":{"rendered":"Huquqiy munosabatlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Huquqiy munosabatlar -huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar. Bunday munosabatlar ishtirokchilari tegishli yuridik huquq va majburiyatlarga ega bo&#8217;ladilar. Masalan, ishga kirish bilan bog&#8217;liq huquqiy munosabatda ishga qabul qilingan xodimda muayyan mehnat faoliyatini amalga oshirish majburiyati, korxona ma&#8217;muriyatida esa tegishli ish haqi to&#8217;lash majburiyati paydo bo&#8217;ladi. Ayni paytda, ikkala tomon ham qonunda belgilangan qator huquqlardan foydalanadi. Huquqiy munosabatlar yuzaga kelishi uchun moddiy asoslar (tomonlarning xohish-istagi, manfaati) va yuridik asoslar (shu ijtimoiy munosabatni tartibga soladigan tegishli huquq normasinnng mavjudligi, tomonlarning huquq va muomala layoqatiga ega bo&#8217;lishligi, yuridik faktning mavjudligi) bo&#8217;lishi lozim. <a>Huquqiy munosabatlar<\/a>ning mazmunini tashkil etuvchi, ularning vujudga kelishi uchun zarur bo&#8217;lgan tarkibiy qismlari bor. Bular Huquqiy munosabatlarning sub&#8217;yekti, ob&#8217;yekti, sub&#8217;yektiv huquq va yuridik majburiyatlardir. Sub&#8217;yektiv huquq huquqdor shaxsning huquq normalari doirasida hamda konkret yuridik faktlar asosida vujudga keluvchi xatti-harakati, fe&#8217;l-atvorining me&#8217;yoridir. Sub&#8217;yektiv huquq huquqiy munosabat ishtirokchilarining tegishli huquq normasiga asosan unda ko&#8217;zda tutilgan harakatni sodir qilishga haqli ekanliklarini yoki ma&#8217;lum harakatlarni amalga oshirilishini talab qilish vakolatiga ega ekanliklarini bildiradi. Yuridik majburiyat \u2014 huquqiy munosabat ishtirokchilarning tegishli huquqiy normaga asosan o&#8217;zlarining burchi (majburiyati) bo&#8217;lgan harakatni amalga oshirishlari yoki muayyan harakatni sodir etishdan o&#8217;zlarini tiyishlaridir. Yuridik majburiyatni bajarmaslik yuridik javobgarlikka olib keladi. Sub&#8217;yektiv huquq va yuridik majburiyat o&#8217;zaro bog&#8217;liqdir. Huquq majburiyatsiz mavjud bo&#8217;lmaydi. Aytaylik, ish vaqtidan tashqari ishlaganlik tufayli oshirilgan haq to&#8217;lash \u2014 ma&#8217;muriyat uchun majburiyat, xodim uchun \u2014 huquqdir. Huquqiy munosabatlar huquq tarmoqlariga ko&#8217;ra konstitutsiyaviy, ma&#8217;muriy, fuqarolik-huquqiy, jinoiy-huquqiy, mehnat, oilaviy va boshqa turlarga bo&#8217;linadi. O&#8217;zining vazifasi, mazmuniga ko&#8217;ra, umumiy tartibga soluvchi (regulyativ) va qo&#8217;riqlovchi (negativ) Huquqiy munosabatlarga ajratiladi. Huquqiy munosabatlar umumiy va konkret, mutlaq va nisbiy turlarga ham bo&#8217;linadi. Umumiy Huquqiy munosabatlar deganda, avvalo, fuqarolarning asosiy huquq, erkinlik va majburiyatlarini mustahkamlovchi konstitusiyaviy normalar asosida vujudga keluvchi munosabatlar tushuniladi. Fuqarolar qonunda nazarda tutilgan vakolatlarga ega bo&#8217;lgach, barcha Huquq sub&#8217;yektlari bilan huquqiy aloqadorlikka hisoblanadilar. Mazkur huquq va erkinliklar amalga oshirilsa konkret Huquqiy munosabatlar vujudga keladi. Mutlaq Huquqiy munosabatlarda bir taraf aniq ma&#8217;lum bo&#8217;ladi \u2014 bu sub&#8217;yektiv huquq egasidir. Qolgan barcha sub&#8217;yektlar majburiyat o&#8217;tovchi maqomida bo&#8217;ladilar. Bunday Huquqiy munosabatlarga misol tarzida mulkchilik munosabatlarini ko&#8217;rsatish mumkin. Nisbiy Huquqiy munosabatlarda barcha ishtirokchilar aniq belgilanadi, ya&#8217;ni huquq egasi ham, majburiyat o&#8217;tovchi tomon ham (masalan, sotuvchi va xaridor, buyurtmachi va pudratchi, korxona rahbari va xodim) ma&#8217;lum bo&#8217;ladi. Mahmud Najimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Huquqiy munosabatlar -huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar. Bunday munosabatlar ishtirokchilari tegishli yuridik huquq va majburiyatlarga ega bo&#8217;ladilar. Masalan, ishga kirish bilan bog&#8217;liq huquqiy munosabatda ishga qabul qilingan xodimda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/huquqiy-munosabatlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108021","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108021","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108021"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108021\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108025,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108021\/revisions\/108025"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108021"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108021"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108021"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}