{"id":108066,"date":"2023-09-23T11:56:05","date_gmt":"2023-09-23T08:56:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108066"},"modified":"2023-09-23T11:56:08","modified_gmt":"2023-09-23T08:56:08","slug":"hunarmandchilik-hunarmandlik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hunarmandchilik-hunarmandlik\/","title":{"rendered":"Hunarmandchilik, hunarmandlik"},"content":{"rendered":"\n<p>Hunarmandchilik, hunarmandlik \u2014 milliy-an&#8217;anaviy mayda tovar ishlab chiqarish, oddiy mehnat qurollari yordamida yakka tartibda va qo&#8217;l mehnatiga asoslangan sanoat turi; shunday mahsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi. Yirik sanoat ishlab chiqarishi vujudga kelishiga qadar keng tarqalgan, ayrim sohalari keyin ham saqlangan. Kam rivojlangan mamlakatlarning xalq xo&#8217;jaligida hozir ham muhim o&#8217;rin egallaydi. Hunarmandchilik insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan vujudga kelib, jamiyat rivojlanishi davomida asta-sekin dehqonchilik va chorvachilikdan ajralib chiqdi, turli ijtimoiy-tarixiy davrlar doirasida texnika rivoji bilan aloqador holda takomillasha bordi, turli ixtisosliklar (kulollik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, binokorlik, toshtaroshlik, o&#8217;ymakorlik, kashtado&#8217;zlik, ko&#8217;nchilik, tikuvchilik, to&#8217;quvchilik, zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zardo&#8217;zlik, bo&#8217;yoqchilik, kemasozlik, tunukasozlik va boshqalar)ga ajraldi. Hunarmandchilik qanday tabiiy resurslarning mavjudligiga qarab, masalan, paxta va pilla bor yerda to&#8217;qimachilik, sifatli xom ashyo bor yerda (masalan, Rishtonda) kulolchilik, jun va teri ko&#8217;p erda to&#8217;qimachilik va ko&#8217;nchilik, shunga qarab kosibchilik, o&#8217;rmonlar ko&#8217;p yerda yog&#8217;ochsozlikni ma&#8217;danlarga boy yerlarda metall ishlab chiqarish va temirchilik, dengiz va daryo bo&#8217;ylarida kemasozlik va boshqalar rivoj topgan. Jamiyat taraqqiyoti bosqichlari, mehnat taqsimoti bilan aloqador holda Hunarmandchilikning 3 turi shakllangan: 1) uy hunarmandchiligi; 2) buyurtma bilan mahsulot tayyorlaydigan Hunarmandchilik; 3) bozor uchun mahsulot tayyorlaydigan Hunarmandchilik. Uy hunarmandchiligi kapitalizmga qadar bo&#8217;lgan davrlarda Hunarmandchilikning eng ko&#8217;p tarqalgan turi bo&#8217;ldi. Hunarmandchilikning bu turi natural xo&#8217;jalikning ajralmas qismi hisoblanadi. Shaharlar rivoji buyurtma bilan Hunarmandchilik mahsulotlari tayyorlash va bozorga Hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishning jadal o&#8217;sishi bilan uzviy bog&#8217;liq. Natijada Hunarmandchilik mahsulotlari tovarga aylandi, Tovar ayirboshlash uchun ishlab chiqariddi. Davr taqozosi bilan Hunarmandchilikning yangi-yangi turlari vujudga keldi. Hunarmandlar ham turli mahsulotlar tayyorlash bo&#8217;yicha ixtisoslasha bordilar. Shaharlardagi mahallalar hunarmandlarning kasb-koriga qarab shakllangan (masalan, 20-asrning boshlarida Toshkentda ko&#8217;nchilar, kulollar, egarchilar, beshikchilar, o&#8217;qchilar, kosiblar mahallalari bo&#8217;lgan). Ayrim mahalla, kvartal, shahar, o&#8217;lkalar Hunarmandchilikning ma&#8217;lum mahsulotlari bilan shuhrat qozona boshladilar. Hunarmandchilik tovar \u2014 pul munosabatlariga kengroq va chuqurroq tortilganligi sari tabaqalashdi. Uddaburon va serharakat hunarmandlar boyib dastlabki kapital jamg&#8217;arilishi tufayli kapital sohibiga aylandi va ularning ustaxonalari negizida kichik zavod va fabrikalar vujudga keldi, bu korxonalarda kambag&#8217;allashgan hunarmandlar yollanib ishlay boshladi. Natijada Hunarmandchilikning rivoji bozor iqtisodiyotining kapitalistik shaklini yuzaga keltirdi. Hunarmandchilik Yevropa shaharlarida sanoat rivojiga ham o&#8217;z hissasini qo&#8217;shdi (to&#8217;qish dastgohlari takomillashdi, 14-asr o&#8217;rtalarida Germaniyada domna pechlarining paydo bo&#8217;lishi metallurgiyapa jiddiy o&#8217;zgarishlarga olib keldi. 14-15-asrlarda o&#8217;q otar qurollar ishlab chiqarila boshlandi). Kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari Hunarmandchilikning keying taraqqiyotiga zarba berdi, Hunarmandchilikning ko&#8217;pgina sohalari tushkunlikka uchradi. Sanoat to&#8217;ntarishi oqibatida tez va arzon ommaviy ishlab chiqarila boshlagan fabrika, zavod mahsulotlari Hunarmandchilik mahsulotlarini bozordan siqib chiqardi. Rivojlangan mamlakatlarda yakka buyurtmalar va qimmatbaho badiiy buyumlar tayyorlaydigan Hunarmandchilik sohalarigina (tikuvchilik, etikdo&#8217;zlik, gilamchilik, zargarlik, o&#8217;ymakorlik va boshqalar) saqlanib qoldi. 20-asr boshlarida esa mashinalashgan ishlab chiqarish keng yo&#8217;lga qo&#8217;yilishi bilan Hunarmandchilik mahsulotlarining tur tarkibi va ishlab chiqarish hajmi keskin kamaydi. 20-asr davomida va 21-asr boshlariga kelib yirik industrial ishlab chiqarish qaror topgan bo&#8217;lsa-da, Hunarmandchilikning mavqei saqlanib qoldi. Hunarmandchilikning bozorda segmenti kichik bo&#8217;lganidan yirik ishlab chiqarish egallay olmaydigan, talab individuallashgan o&#8217;z o&#8217;rni bor. Mini texnologiyaning paydo bo&#8217;lishi Hunarmandchilikda tovarlarni yakka tartibda va sifatli ishlab chiqarish imkonini beradi. Bunga milliy ust-boshlar, milliy cholg&#8217;u asboblari, mayda asbob-uskunalar, turli yodgorlik buyumlari ishlab chiqarish va xizmat ko&#8217;rsatishni kiritish mumkin. Hozirgi Hunarmandchilik kichik biznes tarkibidagi yakka mehnat faoliyati va oilaviy korxonalardan iborat. O&#8217;zbekiston hududida neolit davridayoq Hunarmandchilikning dastlabki muhim tarmog&#8217;i hisoblangan sopol buyumlar ishlab chiqarish va to&#8217;qimachilik vujudga keldi (Xorazm vohasidagi Kaltaminor madaniyati, Surxondaryodagi Sopollitepa va boshqalar). Miloddan avvalgi 2-asrdan boshlab Hunarmandchilik mahsulotlari savdosida Buyuk ipak yo&#8217;li muhim ahamiyatga ega bo&#8217;ldi. O&#8217;rta asrlarda Sharq mamlakatlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar (Arab xalifaligida po&#8217;lat, O&#8217;rta Osiyo va Hindistonda shoyi, chinni, qog&#8217;oz) Yevropa bozorlarida qadrlandi. Hindistonda paxtadan nafis mato, Xitoyda ipak mato to&#8217;qiydigan dastgohlar vujudga keldi, Xitoy va O&#8217;rta Osiyoda shisha tayyorlash texnologiyasi takomillasha bordi. 9-10-asrlarda O&#8217;rta Osiyoda yirik Hunarmandchilik markazlari paydo bo&#8217;ldi. Ip mato, gilam (Urganch, Shosh), shoyi (Marv), mis va temirdan yarog&#8217;-aslaha, pichoq tayyorlash (Farg&#8217;ona), shoyi matolar, shisha mahsulotlari tayyorlash (Buxoro) avj oldi. 13-asrda mo&#8217;g&#8217;ullar bosqini Hunarmandchilik rivojiga zarba berdi. Temuriylar davlatining vujudga kelishi Hunarmandchilik rivojiga juda katta ijobiy ta&#8217;sir ko&#8217;rsatdi. O&#8217;rta Osiyoda Hunarmandchilikning barcha turlari 20-asrning 20-yillarigacha saqlandi. Buxoro, Samarqand, Qo&#8217;qon, Xiva, Toshkent kabi shaharlarning ishlab chiqarish munosabatlarida hunarmandlik katta rol o&#8217;ynadi (masalan, 19-asrning 60-yillarida Xivada Hunarmandchilikning 27 turi rivoj topgan, shahardagi bozorlarda hunarmandlarning 556 do&#8217;koni bo&#8217;lgan, 80-yillarda shaharda 2528 xo&#8217;jalik Hunarmandchilik bilan shug&#8217;ullangan). O&#8217;zbekistondagi Hunarmandchilik chuqur ixtisoslashgan bo&#8217;lib, o&#8217;zida xilma-xil kasb-korlarni birlashtirgan. Masalan, terini qayta ishlash sohasida ko&#8217;nchilar, etikdo&#8217;zlar, maxsido&#8217;zlar, kovushchilar, egar-jabduqchilar, telpakchilar, po&#8217;stinchilar, kamarchilar; to&#8217;qimachilik sohasida bo&#8217;zchilar, atlaschilar, gilamchilar, sholcha va namatchilar; metallni ishlash sohasida temirchilar, taqachilar, misgarlar, chilangarlar, zargarlar kabi kasblar bo&#8217;lgan. Bular Hunarmandchilikning tarmoq strukturasini belgilangan. Sharqdagi musulmon ustaxonalarida bo&#8217;lgani kabi O&#8217;zbekistonda chevarlik, kashtachilik bilan ayollar uyda o&#8217;tirib shug&#8217;ullanishgan. Hunarmandchilikning ijtimoiy strukturasida usta, xalfa va shogird kabi ijtimoiy toifalar mavjud bo&#8217;lgan. Hunarmandchilikning ichki tartib va qoidalarini uning nizomi sifatidagi &#171;risolalar&#187; belgilab bergan. Har bir kasbning o&#8217;z rahnamosi, ya&#8217;ni piri va &#171;risolasi&#187; bo&#8217;lgan, avloddan-avlodga o&#8217;tuvchi odatlari va udumlariga rioya etilgan. Masalan, ish boshlashdan oldin usta o&#8217;z pirini yodga olib undan madad so&#8217;rash, shogirdiga fotiha berish kabi odatlarga amal qilingan. O&#8217;zbekiston Rossiya mustamlakasiga aylangach, Hunarmandchilik metropoliya sanoatining raqobatiga duch kelib, o&#8217;zining ilgarigi mavqeini yo&#8217;qotgan bo&#8217;lishiga qaramay, uning ko&#8217;p tarmoqlari saqlanib qoldi, chunki u milliy ehtiyojni qondiradigan tovarlarni, chunonchi, kiyim-kechak, idish-tovoq, turli uy-ro&#8217;zg&#8217;or buyumlari, mayda mehnat qurollarini yaratib, ularni mahalliy bozorga yetkazib berdi. Hunarmandchilikning yashovchanligini ta&#8217;minlashda chet eldan keltirilgan xom ashyo, materiallar, kichik uskunalar muhim rol o&#8217;ynadi. Masalan, AQShdan keltirilgan teri bo&#8217;yog&#8217;idan foydalanib ko&#8217;nchilar amirkon deb nomlangan yupqa charm ishlab chiqara boshladi. Shu munosabat bilan amirkon etik, mahsi va kovushlar paydo bo&#8217;ldi. Germaniyadan &#171;Zinger&#187; firmasining tikuv mashinalari keltirilishi bilan tikuvchilik (chevarlik) keng yoyildi. 20-asrning 20-yillarida sho&#8217;rolar hokimiyati qaror topishi bilan hunarmandlarning asosiy qismi dastlab artellarga, keyinchalik, zavod, fabrikalarga, badiiy buyumlar korxonalariga jalb qilindi. Ularga xom ashyo, material, asbob-uskunalar davlat tomonidan yetkazib beriladigan, yaratilgan mahsulotlar do&#8217;konlar va matlubot kooperatsiyasi orqali sotiladigan bo&#8217;ldi. Iste&#8217;dodli hunarmandlar ijodiy tashkilotlarga qabul qilindi, amaliy bezak san&#8217;ati rivojlantirildi (masalan, 30-yillarda Toshkentda o&#8217;quv iahlab chiqarish kombinati tashkil etilib, yosh hunarmandlar unda ta&#8217;lim oldilar, 1968 yilda Buxoroda kandakorlar maktab ustaxonasi, 1978 yilda Qo&#8217;qonda yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi maktab ustaxonasi tashkil topdi). O&#8217;zbekiston mustaqillikni qo&#8217;lga kiritgandan so&#8217;ng Hunarmandchilik rivojida yangi davr boshlandi, xalq hunarmandchiligi bozor qoidalari zamirida qaytadan tiklandi. O&#8217;zbekistonda mahalliy sanoat korxonalarining birinchilar qatori xususiylashtirilishi natijasida mayda davlat korxonalari hunar-mandlarning xususiy korxonalariga aylantirildi, yangi Hunarmandchilik korxonalari ochildi. Hunarmandchilik faqat ichki bozorga emas, balki eksportga ham ishlay boshladi. Hunarmandchilikning tashkiliy shakli ham o&#8217;zgardi: kichik oilaviy korxona, yakka tartibdagi mehnat faoliyati shaklida rivojlana bordi. 1995 yil 24-25 oktabrda Toshkentda BMTning O&#8217;zbekistondagi doimiy vakolatxonasi bilan amaliy hamkorlikda O&#8217;zbekiston xalq ustalari va hunarmandlari 1-Respublika yarmarkasi o&#8217;tkazildi. 1997 yilda respublika xalq amaliy san&#8217;ati va hunarmandlari ustalarining &#171;Usto&#187; ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi tashkil topdi. Respublika Prezidentining 1997 yil 31 martidagi &#171;Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san&#8217;atini yanada rivojlantirishni davlat yo&#8217;li bilan qo&#8217;llab-quvvatlash chora-tadbirlari to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi farmoni va boshqa tadbirlar O&#8217;zbekistonda Hunarmandchilikning tiklanishi va yanada rivojlanishida, uning unutilgan ba&#8217;zi turlarini qayta tiklashda muhim ahamiyatga ega bo&#8217;ldi. Hunarmandlar dastlab O&#8217;zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilar palatasiga, so&#8217;ngra Savdo-sanoat palatasiga kirdilar. Ular maxsus tashkilot \u2014 &#171;hunarmand&#187; Respublika uyushmasiga birlashtirildi. Hunarmandchilik sub&#8217;yektlari O&#8217;zbekistonda tadbirkorlar, hunarmandlar va fermer xo&#8217;jaliklarining har yili o&#8217;tkaziladigan &#171;tashabbus&#187; respublika ko&#8217;rik-tanlovida ishtirok etadilar. 1996-2005 yillar mobaynida 10 nafar hunarmand xalq Hunarmandchilikida erishgan yutuqlari uchun &#171;tashabbus&#187; tanlovining g&#8217;olibi deb topildi. Ld.: Gavrilov M.F., Risolya sartovskix remeslennikov, T., 1912; Razvadovskiy V.N., Ogsht issledovaniya kustarnmx promnslov v Turkestanskom krae, T., 1916;tursunov I.O., Iz istorii gorodskogo remesla Severnogo Tadjikistana, Dushanbe, 1974; Kastelskaya Z.D., Iz istorii Turkestanskogo kraya (1865\u2014 1917), M., 1980; Bulatov S. O&#8217;zbek xalq amaliy bezak san&#8217;ati, T., 1991; Asqarov A., O&#8217;zbekiston tarixi [eng qadimgi davrlardan 5-asrgacha| T., 1994; Jab-borov I., Antik madaniyat va ma&#8217;naviyat xazinasi, T., 1999. Axmadjon O&#8217;lmasov, Nuriddin Musayev, Oybek Ostonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hunarmandchilik, hunarmandlik \u2014 milliy-an&#8217;anaviy mayda tovar ishlab chiqarish, oddiy mehnat qurollari yordamida yakka tartibda va qo&#8217;l mehnatiga asoslangan sanoat turi; shunday mahsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi. Yirik sanoat ishlab chiqarishi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hunarmandchilik-hunarmandlik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108066","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108066","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108066"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108066\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108072,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108066\/revisions\/108072"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108066"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108066"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108066"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}