{"id":108102,"date":"2023-09-23T18:19:24","date_gmt":"2023-09-23T15:19:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108102"},"modified":"2023-09-23T18:19:27","modified_gmt":"2023-09-23T15:19:27","slug":"hotami-toy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hotami-toy\/","title":{"rendered":"Hotami toy"},"content":{"rendered":"\n<p>Hotami toy (to&#8217;liq nomi Abu Safona Hotam ibni Abdulloh ibni Sa&#8217;di Toyi) (taxminan 6-asr oxiri \u2014 Yaman \u2014 7-asr boshi) \u2014 saxiyligi va olijanobligi bilan Sharq mamlakatlarida dong taratgan shaxs. Yamandagi toy qabilasining boshlig&#8217;i, mashhur lashkarboshi va shoir bo&#8217;lgan. Adlu insofi, saxiyligi va yaxshiligi bilan dastlab atrofdagi qabilalar, keyin butun Arabiston va Sharq xalqlari orasida Hotami toy \u2014 Toy (qabila-si)dan bo&#8217;lgan Hotam nomi bilan shuhrat qozongan. Uning saxovat va himmatiga qoyil qolgan Muhammad payg&#8217;ambar (sav) ham toy sharofatidan uning avlodini e&#8217;zozda tutishni buyurgan. Sharq xalqlari og&#8217;zaki ijodi va yozma adabiyotida Hotami toy haqida ko&#8217;plab afsona va rivoyatlar, qissa va dostonlar, hatto &#171;Hotamnoma&#187; kitobi yaratilgan. &#171;Hotamnoma&#187; dastlab Arab tilida yaratilib, keyin forscha nusxasi O&#8217;rta Osiyo xalqlari o&#8217;rtasida keng tarqalgan. O&#8217;rta asrlardayoq kitob holida tarqalgan bu asar 18-19-asrlarda hind, urdu, o&#8217;zbek, turkman, ingliz va qisman rus tillariga tarjima qilingan. 19-asrda Oqsuvda Muhammad-Hasan olim forschadan turkiyga tarjima qilgan va u 1900 yilda Toshkentda &#171;Hotamnomai turkiy&#187; nomi bilan chop etilgan. Mazkur qo&#8217;lyozma va toshbosma asosida professor A.Matg&#8217;oziyev 1988 yilda uni hozirgi yozuvda nashr ettirgan. Hotami toy shoir sifatida ham mashhur. Saqlanib qolgan she&#8217;rlari Arab adibi va xattot Rizqulloh Hassun tomonidan 1872 yilda Londonda chop qilingan. Sharq xalqlari tillarida Hotam, Hotamtoy nomlari &#171;saxiy&#187;, &#171;qo&#8217;li ochiq&#187; ma&#8217;nolarini ifodalaydigan sifatga aylanib ketgan. I.V.Gyote &#171;g&#8217;arbu Sharq devoni&#187;da o&#8217;zini Hotam, ma&#8217;shuqasini Zulayhoga nisbat berib, qator she&#8217;rlar yaratgan. Ad.: Hotamnoma, T., 1988.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hotami toy (to&#8217;liq nomi Abu Safona Hotam ibni Abdulloh ibni Sa&#8217;di Toyi) (taxminan 6-asr oxiri \u2014 Yaman \u2014 7-asr boshi) \u2014 saxiyligi va olijanobligi bilan Sharq mamlakatlarida dong taratgan shaxs. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hotami-toy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108102","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108102","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108102"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108102\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108108,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108102\/revisions\/108108"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108102"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108102"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108102"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}