{"id":108128,"date":"2023-09-23T18:28:47","date_gmt":"2023-09-23T15:28:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108128"},"modified":"2023-09-23T18:28:50","modified_gmt":"2023-09-23T15:28:50","slug":"hadis-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hadis-3\/","title":{"rendered":"Hadis"},"content":{"rendered":"\n<p>Hadis (Arabcha \u2014 xabar, gap, yangilik) \u2014 Muhammad (sav) aytgan so&#8217;zlari, qilgan ishlari, iqrorlari to&#8217;g&#8217;risidagi rivoyat. Islom dinida Qur&#8217;ondan keyin 2-manba hisoblanadi. Hadis 2 qismdan iborat bo&#8217;ladi: matn va isnod. Hadis 2 turga \u2014 Hadisi qudsiy (ma&#8217;nosi Alloh taoloniki, aytilishi Rasululloh tomonidan bo&#8217;lgan Hadislar) va Hadisi Nabaviyga bo&#8217;linadi. Hadislar e&#8217;tiborga olinishi jihatidan 3 qismga bo&#8217;linadi: 1) sahih (ishonchli); 2) Hasan (yaxshi); 3) zaif. Qur&#8217;onda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniqlik kiritish va izohlash uchun Muhammad (sav) o&#8217;z Hadislarini aytardi. Bu Hadislarni payg&#8217;ambarlarning safdoshlari yodda saqlashga harakat qilardi. Payg&#8217;ambar vafotidan so&#8217;ng Hadislarni naql qilish odat tusiga kirdi. Shu munosabat bilan bir guruh musulmonlar uni yozma shaklda to&#8217;play boshladilar. Birinchi Hadis kitobini Ibn Shihob az-Zuhriy yozdi. Undan keyin birin-ketin Hadis to&#8217;plamlari tasnif etila boshladi. Lekin bu to&#8217;plamlar muayyan tartibga solinmagan, boblarga ajratilmagan bo&#8217;lib, ularda payg&#8217;ambar Hadislari bilan sahobalar va tobe&#8217;inlarning fatvolari chalkashtirib yuborilgan edi. Hijriy 3-asrda Hadis ta&#8217;lif etish sohasida &#171;Musnad&#187;, &#171;sahih&#187;, &#171;Sunan&#187; deb atalmish turli yo&#8217;nalishlar vujudga keldi. &#171;Musnad&#187; yo&#8217;nalishida tasnif etilgan to&#8217;plamlarda turli mavzudagi Hadislar bir joyda keltirilib, ular Hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning Islom dinini qabul qilgan vaqtiga ko&#8217;ra yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. Abu Hanifa, Ahmad ibn Hanbalg&#8217;ging Hadis kitoblari shu yo&#8217;nalishga mansub. &#171;Sahih&#187; yo&#8217;nalishiga to\u2019g&#8217;ri, ishonarli Hadislar kiritilgan. Bu yo&#8217;nalishga Imom Buxoriy asos solgan. &#171;Sunan&#187; yo&#8217;nalishidagi to&#8217;plamga esa, to&#8217;g&#8217;ri, ishonarli Hadislar bilan bir qatorda &#171;zaif&#187; Hadislar ham kiritilgan. Abu Dovud, Abu Iso attermiziy, Nasoiy, Ibn Moja to&#8217;plamlari shu yo&#8217;nalishta mansubdir. Movarounnahrda birinchi bo&#8217;lib Imom Abdulloh ibn muborak al-Marvaziy Hadis to&#8217;plamini ta&#8217;lif etgan. Bundan tashqari Ahmad ibn Hanbal al-Marvaziy, Ishoq ibn Rohavayh al- Marvaziy, Haysam ibn Kulayb ash-Shoshiy, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad al-Barakotiy, Ibrohim ibn ma&#8217;qul an-Nasafiy va boshqalar Hadis to&#8217;plamlarini tasnif etishgan. Keyinchalik, milliy-siyosiy ixtiloflar natijasida, payg&#8217;ambar nomidan yolg&#8217;on Hadislar to&#8217;qish, fiqh va kalom ilmi sohasidagi ziddiyatlar, Amir va hokimlarga xushomadgo&#8217;ylik oqibatida ko&#8217;plab ishonarsiz, to&#8217;qima Hadislar yuzaga kelgan. Davr o&#8217;tishi bilan Hadislar tanlanib, muhim deb hisoblanganlari bir tizimga solina boshladi. 9\u2014 10-asr boshlarida dindorlar orasida eng ishonchli deb tanilgan Hadisning 6 ta to&#8217;plami vujudga kelgan. Bular: &#171;Sahihi Buxoriy&#187;, &#171;Sahihi Muslim&#187;, &#171;Sahihi Termiziy&#187;, &#171;Sunani Abi Dovud&#187;, &#171;Sunani Ibn Moja&#187;, &#171;Sunani Nasoiy&#187;. &#171;Sahihi Buxoriy&#187; ko&#8217;proq e&#8217;zozlanadi. Bu 6 ta Hadis to&#8217;plamini tuzgan muhaddislardan 2 tasi movarounnahrlik, 4 tasi esa xurosonlik bo&#8217;lgan. Hadislar to&#8217;plami sunna deb nom olgan. Hadislarni yig&#8217;uvchi, sharhlovchi, targ&#8217;ib etuvchi shaxslar muhaddis deb atalgan. Islomni qabul qilgan xalqlar madaniy va g&#8217;oyaviy merosining ko&#8217;p unsurlari Islomga Hadis shaklida o&#8217;tgan. Hadis yig&#8217;ish o&#8217;rta asr musulmon madaniyatining muhim xususiyati bo&#8217;lib, bilim izlashning asosiy mazmuni hisoblangan. Hadis har qanday ilmiy asarni asoslashning muhim qismi bo&#8217;lgan; undan hikmatli so&#8217;z va matal sifatida ham foydalanilgan. Imom Buxoriyning &#171;Sahihi Buxoriy&#187; asari Islom olami oliy o&#8217;quv yurtlarining shariat fakultetlarida asosiy o&#8217;quv qo&#8217;llanmasi sifatida xizmat qilib kelmoqda. Imom Buxoriyning &#171;Sahihi Buxoriy&#187; Hadislar to&#8217;plami 4 jildda (1-jild \u2014 1991, 2-jild &#8212; 1996, 3-jild &#8212; 1994, 4-jild -1992), 2-nashri esa 1997 yilda Toshkentda nashr etildi. Abu Iso Muhammad Termiziyning &#171;Sahihi Termiziy&#187; Hadislar to&#8217;plami 1-jildining O&#8217;zbekcha tarjimasi 1999 yil Toshkentdachop etildi. Bulardan tashqari &#171;ming bir hadis&#187; tarjimasi, &#171;qudsiy hadislar&#187; tarjimasi ham nashr etildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hadis (Arabcha \u2014 xabar, gap, yangilik) \u2014 Muhammad (sav) aytgan so&#8217;zlari, qilgan ishlari, iqrorlari to&#8217;g&#8217;risidagi rivoyat. Islom dinida Qur&#8217;ondan keyin 2-manba hisoblanadi. Hadis 2 qismdan iborat bo&#8217;ladi: matn va isnod. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hadis-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108128","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108128","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108128"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108128\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108134,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108128\/revisions\/108134"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108128"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108128"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108128"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}