{"id":108139,"date":"2023-09-23T18:47:46","date_gmt":"2023-09-23T15:47:46","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108139"},"modified":"2023-09-23T18:47:49","modified_gmt":"2023-09-23T15:47:49","slug":"hayotiy-shakl-osimliklarda-biomorfa","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hayotiy-shakl-osimliklarda-biomorfa\/","title":{"rendered":"Hayotiy shakl, o&#8217;simliklarda biomorfa"},"content":{"rendered":"\n<p>Hayotiy shakl, o&#8217;simliklarda biomorfa \u2014 o&#8217;simliklarning muhit sharoitlariga moslanishini aks ettiruvchi tashqi qiyofasi (gabitus). &#171;Hayotiy shakl&#187; atamasini fanga Daniya botanigi E.Varming kiritgan (1884). Hayotiy shakl o&#8217;simlik vegetativ tanasining o&#8217;simlik urug&#8217;dan unib chiqqanidan to hazon bo&#8217;lgunicha o&#8217;tgan yashash davrida tashqi muhitga moslanishi, o&#8217;simliklarning ekologik tasnif birligi, ya&#8217;ni moslanuvchanlik strukturasi bir-biriga o&#8217;xshash o&#8217;simliklar guruhi. Bu o&#8217;xshashlik qarindoshlikka bog&#8217;liq bo&#8217;lmay, ko&#8217;pincha konvergent bo&#8217;lishi mumkin (masalan, poyali sukkulentlar Hayotiy shaklini hosil qiluvchi kaktuslar va ba&#8217;zi bir sutlamadoshlar). Hayotiy shakl, asosan, o&#8217;simliklarning yer osti va yer ustki vegetativ organlari strukturasiga bog&#8217;liq, ularning rivojlanish ritmiga va uzoq yashashiga qarab o&#8217;zgaradi. Hayotiy shakl evolyutsiya jarayonida turli iqlim, tuproq va biotsenotik sharoitlarda tabiiy tanlanish natijasida vujudga keladi. Har bir o&#8217;simlik (daraxt, buta, liana va boshqalar)ning konkret Hayotiy shakli ular ontogenezida o&#8217;zgaradi. Ayni bir tur har xil sharoitda turli Hayotiy shaklda bo&#8217;lishi mumkin. Masalan, o&#8217;rmon zonasi va tog&#8217;-o&#8217;rmon mintaqasida baland o&#8217;sadigan eman, qoraqayin, qoraqarag&#8217;ay, tilog&#8217;och va boshqa shimol va balandlik zonalarida buta shaklida yoki yer bag&#8217;irlab o&#8217;sadi. O&#8217;simliklar joy landshaftini belgilovchi tashqi qiyofasiga tegishli asosiy shakllarining birinchi fizionomik tasnifini nemis tabiatshunosi A.Gumboldt sharhlab bergan (1806). U o&#8217;simliklarning 19 xil Hayotiy shaklini ajratgan. Keyinchalik o&#8217;simliklarning o&#8217;ziga xos moslashuv alomatlariga qarab tasniflavishi paydo bo&#8217;ldi. Daniyalik botanik K.Raunkier o&#8217;simliklarning qishlashga moslanishi haqidagi ko&#8217;pchilikka manzur bo&#8217;lgan tasnifida Hayotiy shaklni 5 tipga: fanerofitlar, xamefitlar, Gemikriptofitlar, kriptofitlar, terofitlarga bo&#8217;lgan. Bir qator nazariy va amaliy masalalarni hal qilishda Hayotiy shaklni o&#8217;rganishning ahamiyati muhim. Masalan, Raunkier iqlim tavsifi uchun u yoki bu hudud florasining Hayotiy shakl prosent tarkibidan foydalangan. Hayvonlarda Hayotiy shakl \u2014 muayyan bir xil hayot muhitida yashaydigan, o&#8217;zaro qarindoshligidan qat&#8217;i nazar o&#8217;xshash moslanish belgilariga ega bo&#8217;lgan hayvonlar guruhi. Bitta Hayotiy shaklga har xil, hatto turli xil sistematik guruhlarga mansub turlar (masalan, erqazar va ko&#8217;reichqon) kirishi mumkin. Metamorfoz orqali rivojlanadigan turlar ontogenezda Hayotiy shaklini ham o&#8217;zgartiradi (masalan, hasharotlar qurti, g&#8217;umbagi, voyaga yetgan davri). Bitta turning morfologik jihatdan keskin farq qiladigan har xil individlar (masalan, termitlar va chumolilarning urg&#8217;ochilari, ishchilari, navkarlari), shuningdek, kenja turlar va irqlar (masalan, daryo va ko&#8217;l moy balig&#8217;i)ni mustaqil Hayotiy shakl deyish mumkin. Hayvonlar guruhini ekologik tasnif qilishda har xil kriteriylar (masalan, harakatlanish, oziq topish usullari, oziqning xususiyati, faollik darajasi, muayyan landshaftga bog&#8217;liqligi, ontogenez davrlaridagi farq va boshqalar)dan foydalaniladi. Masalan, dengiz hayvonlarini oziq topish usuli va ozig&#8217;i xiliga binoan o&#8217;simlikxo&#8217;rlar, yirtqichlar, o&#8217;laksaxo&#8217;rlar, detritxo&#8217;rlar (filtrlovchilar va balchiqxo&#8217;rlar)ga; harakatlanish xususiyatiga binoan suzuvchilar, o&#8217;rmalovchilar, o&#8217;troq yashovchilar Hayotiy shaklga ajratish mumkin. Morfoekologik belgilar kompleksiga ko&#8217;ra Hayotiy shaklning ierarxik sistemasi tuziladi. Masalan, oziqlanish usuliga binoan vizildoq qo&#8217;ng&#8217;izlar har xil yaruslar bo&#8217;yicha taqsimlanadigan Hayotiy shakl \u2014 zoofaglar va miksofitofaglar trofik guruhlariga ajratiladi. Hayotiy shaklni o&#8217;rganish orqali yashash muhitining o&#8217;ziga xos xususiyatlari va organizmlar moslanishining o&#8217;zgarishi to&#8217;g&#8217;risida xulosa chiqarish mumkin. Zoologiyaga &#171;Hayotiy shakl&#187; atamasi botanikadan kirib kelgan bo&#8217;lib, faqat 20-asrdan qo&#8217;llanila boshlandi. Ochil Mavlonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hayotiy shakl, o&#8217;simliklarda biomorfa \u2014 o&#8217;simliklarning muhit sharoitlariga moslanishini aks ettiruvchi tashqi qiyofasi (gabitus). &#171;Hayotiy shakl&#187; atamasini fanga Daniya botanigi E.Varming kiritgan (1884). Hayotiy shakl o&#8217;simlik vegetativ tanasining o&#8217;simlik urug&#8217;dan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hayotiy-shakl-osimliklarda-biomorfa\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108139","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108139","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108139"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108139\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108148,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108139\/revisions\/108148"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108139"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108139"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108139"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}