{"id":108157,"date":"2023-09-24T13:53:22","date_gmt":"2023-09-24T10:53:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108157"},"modified":"2023-09-24T13:53:26","modified_gmt":"2023-09-24T10:53:26","slug":"hayvonlar-sistematikasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hayvonlar-sistematikasi\/","title":{"rendered":"Hayvonlar sistematikasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Hayvonlar sistematikasi -sistematikaning bir bo&#8217;limi. Hayvonlar sistematikasini ilk bor Aristotel (miloddan avvalgi 4-asr) ishlab chiqqan. U hayvonlarning 252 formatsiga tavsif berib, ularni 2 ta katta guruh: qonlilar (hozirgi umurtqalilar) va qonsizlar (hozirgi umurtqasizlar)ga va 8 ta kichik guruhlarga ajratgan. Aristoteldan so&#8217;ng 2 ming yil davomida Hayvonlar sistematikasida deyarli hech qanday o&#8217;zgarish bo&#8217;lmadi. Faqat ingliz biologi J.Rey (1693) sistematikaning asosiy birligi \u2014 tur tushunchasini fanga kiritadi. Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasini shved naturalisti K.Linney yaratgan. U &#171;tabiat sistemasi&#187; (1735) asarida 4200 turdan ortiqroq (jumladan 1222 tur umurtqali va 1936 tur umurtqasiz) hayvonlarga tavsif bergan. K.Linney hayvonlarni o&#8217;zaro tobe taksonomik kategoriyalar: tur, urug&#8217;, turkum va sinfga bo&#8217;lishni, turni 2 nom: urug&#8217;va tur nomi bilan atash (binary nomenklatura)ni taklif etdi. Lekin Linney ishlab chiqqan sistema mukammal emas edi. Masalan, u sodda hayvonlar, bo&#8217;shliqichlilar, ignaterililardan iborat bir-biridan uzoq hayvonlarni Zoofitlar \u2014 hayvon-o&#8217;simliklar guruhiga birlashtirgan. Frantsuz olimlari J.Kyuve va Jlamark K. Linney sistemasini takomillashtirishdi. J. Lamark &#171;Umurtqasizlar sistemasi&#187; (1801) va &#171;Zoologiya falsafasi&#187; (1809) asarlarida hayvonlarni umurtqasizlar va umurtqalilarga, umurtqasizlarni infuzoriyalar, poliplar, nurlilar, chuvalchanglar, hasharotlar, o&#8217;rgimchaksimonlar, qisqichbaqasimonlar, halqalilar, mo&#8217;ylovoyoqlilar va mollyuskalar sinflariga ajratgan. J.Kyuve &#171;Hayvonot dunyosi va uning klassifikatsiyasi&#187; (1817) asarida hayvonlarni 4 ta asosiy shoxga ajratgan. Keyinchalik bu shoxlarga frantsuz zoologi A.Blenvil (1825) tip (nurlilar, bo&#8217;gimlilar, mollyuskalar, umurtqalilar) nomini bergan. J.Lamark va J. Kyuve sistemasini ingliz zoologi R.Grant (1826) yanada takomillashtirib, nurlilar tipidan g&#8217;ovaktanlilar tipini ajratib chiqardi. Nemis zoologi K.Zibold esa nurlilar tipini 3 ta mustaqil: eng sodda hayvonlar, zoofitlar va chuvalchanglar tiplariga ajratadi. U zoofitlarga ko&#8217;pchilik nurlilarni, chuvalchanglarga halqalilarni kiritadi. Boshqa halqalilar esa bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilar tipiga kiritildi. Nemis olimi K.Foxt (1825) chuvalchanglar tipini yassi, to&#8217;garak va halqali chuvalchanglarga ajratadi. Ingliz Anatomi E.Rey Lankester (1877) bu guruhlarni tip nomi bilan atashni taklif etadi. Nemis zoologi K.Klaus (1874) hayvonlarni 9 tipga bo&#8217;ladi. Bu sistema ancha uzoq vaqt saqlanib qoldi. Vaqt o&#8217;tishi bilan olimlarning faqat tiplar soniga emas, balki ularning tarkibiy qismiga nisbatan ham tushunchasi o&#8217;zgarib bordi. Masalan, umurtqalilar (keyinchalik xordalilar) tipiga qobiqlilar (19-asr oxirigacha mollyuskalarning bir xili sifatida qaralgan) va ichak bilan nafas oluvchilar kiritilgan. Hayvonot dunyosi o&#8217;rganilgan sari faqat yangi turlar, urug&#8217;lar, oilalar emas, hatto ancha yuqori taksonomik darajadagi guruhlar (turkum, sinf, hatto tip)lar ham kashf etildi. Masalan, 1955 yilda rus olimi A.V.Ivanov pogonoforalar tipini kashf etdi. Hayvonot dunyosi, odatda, 2 kenja olam: bir hujayralilar va ko&#8217;p hujayralilarga; ko&#8217;p hujayralilar esa parazoylar va haqiqiy ko&#8217;p hujayralilarga ajratiladi. Parazoylarga g&#8217;ovaktanlilar, haqiqiy ko&#8217;p hujayralilarga boshqa barcha tiplar kiritiladi. Haqiqiy ko&#8217;p hujayralilar o&#8217;z navbatida nurlilar (bo&#8217;shliqichlilar, taroqlilar) va ikki tomonlama (bilateral) simmetriyalilar hamda birlamchi og&#8217;izlilar (chuvalchanglar, mollyuskalar, exiuridlar, bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilar, sipunkulidlar, paypaslagichlar) va ikkilamchi og&#8217;izlilar (chalaxordalilar, ignaterililar, xordalilar) ga bo&#8217;linadi. Ayrim zoologlar parazoylar va haqiqiy ko&#8217;p hujayralilar bilan birga ularga teng mavqega ega bo&#8217;lgan fagositellasimonlar guruhini ham taklif etishadi. Oxirgi guruh eng tuban tuzilgan ko&#8217;p hujayralilar \u2014 plastinkasimonlar tipini o&#8217;z ichiga oladi. Hayvonot dunyosining turli xil sistemasida tiplar soni 10 dan 33 tagacha, hatto undan ham ko&#8217;proq ko&#8217;rsatiladi. Ko&#8217;pchilik zoologlar ma&#8217;qullagan va o&#8217;quv adabiyotlarida keltiriladigan sistematikaga asosan bir hujayralilar kenja dunyosi 5 tip: sarkomastigoforalar, mikrosporidiyalar, miksosporidlar, sporalilar, infuzoriyalarga bo&#8217;linadi. Qolgan hayvonlar plastinkasimonlar, g&#8217;ovaktanlilar, bo&#8217;shliqichlilar, taroqlilar, yassi chuvalchanglar, to&#8217;garak chuvalchanglar, nemertinalar, tikanboshlilar, halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilar, ignaterililar, chalaxordalilar, pogonoforalilar va xordalilar tiplariga bo&#8217;linadi. Hayvonot dunyosi o&#8217;rganilgan sayin ko&#8217;plab yangi turlar kashf qilinmoqda. Yer yuzida hayvonlarning 1,5 million (ayrim ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra 3,0\u20143,5 million)ga yaqin turi ma&#8217;lum. Ad.: Mavlonov O., Xurramov Sh ., Umurtqasizlar zoologiyasi, T., 1998. Ochil Mavlonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hayvonlar sistematikasi -sistematikaning bir bo&#8217;limi. Hayvonlar sistematikasini ilk bor Aristotel (miloddan avvalgi 4-asr) ishlab chiqqan. U hayvonlarning 252 formatsiga tavsif berib, ularni 2 ta katta guruh: qonlilar (hozirgi umurtqalilar) va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hayvonlar-sistematikasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108157","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108157","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108157"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108157\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108164,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108157\/revisions\/108164"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108157"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108157"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108157"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}