{"id":108158,"date":"2023-09-24T13:53:25","date_gmt":"2023-09-24T10:53:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108158"},"modified":"2023-09-24T13:53:29","modified_gmt":"2023-09-24T10:53:29","slug":"hayvonlar-orientatsiyasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hayvonlar-orientatsiyasi\/","title":{"rendered":"Hayvonlar orientatsiyasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Hayvonlar orientatsiyasi (Fransuzcha ogeshagyup \u2014 Sharq tomonga yo&#8217;nalish), bioorientatsiya, mo&#8217;ljal olish \u2014 hayvonlarning o&#8217;z mavqei yoki o&#8217;rnini fazoda, o&#8217;z turi individlari yoki boshqa turlar o&#8217;rtasida aniqlash qobiliyati. Hayvonlar orientatsiyasi \u2014 tashqi muhit to&#8217;g&#8217;risida retseptor sistemasi orqali axborot olish, uni Markaziy nerv sistemasida qayta ishlash, solishtirish va javob reaktsiyasini shakllantirishni o&#8217;z ichiga oladigan murakkab jarayon. Signallarni qabul qilish va qayta ishlash obrazni tanib olish va signal manbai holatini aniqlashdan iborat. Orientatsiya usullari \u2014 muayyan ekolog&#8217;ik sharoitga nisbatan morfo-fiziologik moslanish natijasi. Optik orientasiya fotoretseptorlar bilan bog&#8217;liq. Ko&#8217;pchilik hasharotlar qutblanadigan yorug&#8217;likni, ayrimlari ultrabi-nafsha nurlarni qabul qiladi. Qushlar va sut emizuvchilar yerdagi ob&#8217;yektlarga, shuningdek, Quyosh, Oy va yulduzlar holatiga qarab mo&#8217;ljal olish qobiliyatiga ega. &#171;Uy instinkti&#187; landshaft xususiyatlari va bionavigasiya mexanizmlari bilan bog&#8217;liq. Ko&#8217;pchilik hayvonlar oziq qidirish, o&#8217;z juftini topish, migrasiya va tarqalishda hid yordamida mo&#8217;ljal oladi. Ayrim kapalaklar (tovusko&#8217;z pilla o&#8217;rovchilar) erkagi urg&#8217;ochisini 10 kilometr masofadan topadi. Akustik orientatsiya \u2014 ko&#8217;rish cheklangan suv muhiti va qalin o&#8217;tlar o&#8217;sgan biotoplar uchun qulay. Ko&#8217;pchilik yirtqichlar o&#8217;z o&#8217;ljasini tovush orqali topadi. Boyug&#8217;li shitirlagan ovoz yordamida o&#8217;z o&#8217;ljasining o&#8217;rnini 15-20 metr masofadan g aniqlikgacha biladi (passiv lokatsiya). Ko&#8217;rshapalak va delfinlar exolokasiyadan foydalanadi. Termoretsepsiya \u2014 issiq nurlanishni qabul qilish xususiyati inlardagi kemiruvchilarni ovlaydigan, tumshug&#8217;ida havo haroratining mingdan bir gradusgacha o&#8217;zgarishini sezadigan maxsus bogiq organ \u2014 termoreseptor bo&#8217;lgan qalqontumshuq va bo&#8217;g&#8217;ma ilonlar uchun xos. Ko&#8217;pchilik tuban umurtqasizlar (masalan, planariyalar), hasharotlar (pashshalar, qo&#8217;ng&#8217;izlar, termitlar), ehtimol qushlar va suvda yashovchi sut emizuvchilar yer magnit maydoniga qarab mo&#8217;ljal oladi. Baliqlar yon chiziqlar yordamida suv oqimiga qarab, elektr organlari yordamida elektr maydoniga qarab mo&#8217;ljal oladi. Hayvonlar orientatsiyasi \u2014 har xil aloqa vositalari orqali olingan axborotlarni solishtirish natijasi, ya&#8217;ni integral reaktsiya. Bu jarayonda vaziyatga qarab u yoki bu resep- tor sistema asosiy ahamiyatga ega bo&#8217;lishi mumkin. Bunday mexanizm mo&#8217;ljal olishning aniqligini, uning moslanuvchanlik xususiyatini oshiradi. Hayvonning orientasion xatti-harakatiga populyatsiya, poda, gala yoki koloniyadagi boshqa individlar tomonidan tegishli tuzatish kiritiladi. Migratsiyada, ko&#8217;payish yoki yosh individlarning o&#8217;sishi davrida hayvonlarning guruh bo&#8217;lib yashashining afzalliklari ham ana shundan iborat.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hayvonlar orientatsiyasi (Fransuzcha ogeshagyup \u2014 Sharq tomonga yo&#8217;nalish), bioorientatsiya, mo&#8217;ljal olish \u2014 hayvonlarning o&#8217;z mavqei yoki o&#8217;rnini fazoda, o&#8217;z turi individlari yoki boshqa turlar o&#8217;rtasida aniqlash qobiliyati. Hayvonlar orientatsiyasi \u2014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hayvonlar-orientatsiyasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108158","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108158","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108158"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108158\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108165,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108158\/revisions\/108165"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108158"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108158"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108158"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}