{"id":108194,"date":"2023-09-24T14:50:17","date_gmt":"2023-09-24T11:50:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108194"},"modified":"2023-09-24T14:50:21","modified_gmt":"2023-09-24T11:50:21","slug":"harbiy-kiyimlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/harbiy-kiyimlar\/","title":{"rendered":"Harbiy kiyimlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Harbiy kiyimlar &#8212; harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim formalari. Harbiy kiyimlarga (belgilangan namunalariga ko&#8217;ra) odatda quyidagilar kiradi: ustki kiyimlar (shinel, bushlat, plashch, mundir, kitel, kalta paxtali kamzul, tujurka. shim va boshqalar); bosh kiyimlar (telpak, popoq. soyabonli va soyabonsiz furajka); ustki ko&#8217;ylak, galstuk, sharf. qo&#8217;lqop; poyabzal (etik. botinka): kamar. aslaha-anjomlar. Harbiy unvon belgilari harbiy kiyim formalarining majburiy elementi hisoblanadi. Harbiy kiyimlar elementlari dastlab qadimgi dunyo (Misr, Ossuriya. Eron, Yunoniston) armiyalarila paydo bo&#8217;lgan. Qadimgi Rim armiyalarida Harbiy kiyimlar birmuncha takomillashgan. O&#8217;rta asrlarda Yevropada Harbiy kiyimlar vujudga kelmagan. 15\u2014 17-asrlarda muntazam armiyalar yuzaga kelishi bilan bir xil rangdagi Harbiy kiyimlar paydo bo&#8217;la boshlagan. O&#8217;rta Osiyo xalqlarining harbiy kiyimlari haqidagi dastlabki ma&#8217;lumotlar miloddan avvalgi 6-5-asrlarga oid bo&#8217;lib, arxeologik, adabiy (masalan, Avesto) va tasviriy san&#8217;at manbalarida uchraydi. Harbiy kiyimlar o&#8217;sha davrda kundalik kiyimlardan deyarli farq qilmasdan, asosan, tizzaga tushadigan uzun yengil ko&#8217;ylak, chakmon, uzun cholvor, kamar (ko&#8217;pincha metall qoplangan) va telpakdan iborat bo&#8217;lgan. Miloddan avvalgi 4-asrgacha O&#8217;rta Osiyo xalqlari o&#8217;zlarining qo&#8217;shnilari (sarmatlar, hunlar va boshqalar) kabi forslar, skiflardan farq qilib. Metal qoplamali kiyimlardan kam foydalanishgan. Miloddan avvalgi 3-asrlarda jangchilar to&#8217;g&#8217;ri burchakli metall plastinkalardan qilingan uzun sovut, dumaloq shaklla, ko&#8217;z atrofi yoysimon kesilgan dubulg&#8217;a kiyishgan. otlarga mayda metall plastinkalar tikilgan yoping&#8217;ichlar yopilgan. Kushon podsholigining yengil qurollangan qo&#8217;shinlari jangda ensiz uzun yengli, tizzaga tushadigap ko&#8217;ylak, keng cholvor, chakmon, past poshnali yumshoq etik kiyishgan, kamar taqib, boshiga bog&#8217;ich bog&#8217;lab olishgan. Bu davrda uzun sovutlar va etiklar teriga metal plastinkalar tikib tayyorlangan. Keyinchalik tangasimon metall parchalaridan yumshoq narsaga tikilgan yoki o&#8217;zaro birlashtirib tayyorlangan yengil sovut keng tarqalgan. Kushon dubulg&#8217;alari bo&#8217;laklarga bo&#8217;linishi, soyaboni va quloqpo&#8217;shi bilan o&#8217;zidan oldingilardan farq qilgan. Turk xoqonligi vujudga kelgach (6-asr), Harbiy kiyimlar keng yoqali uzun chopon, keng qo&#8217;njli etik, turli taqinchoqlar taqilgan kamar, kamzul tipidagi yoqali sovut, namat qalpoqlar paydo bo&#8217;ldi. 6-8-asrlarda O&#8217;rta Osiyoda Harbiy kiyimlarning o&#8217;ziga xos kompleksi: yoqasi beligacha ochilgan uzun ko&#8217;ylak, yengi tirsakkacha bo&#8217;lgan ensiz uzun chopon, cholvor, baland poshnali etik. Turli qurollar taqilgan kamar, yelkalari keng sovut va bo&#8217;yin, yelka, ba&#8217;zan yuzni ham yopib turadigan sim to&#8217;rli, uchi o&#8217;tkir dubulg&#8217;a yuzaga kelgan. Amir Temur davlatida (14-asrning 2-yarmi \u2014 15-asr boshlari) Harbiy kiyimlar jihatdan mukammallashtirilli: old tomoni 2 qosh o&#8217;rtasidan burun ustigacha tushirilgap uchi o&#8217;tkir quloqchinli dubulga, tirsakkacha kiyilaligan qo&#8217;l qalpoqchalari. qavima chopon keng rasm bo&#8217;lgan. 15-asrda tutmachali, oldi ochiq kalta yengli kamzul Harbiy kiyimlarning asosiy turi bo&#8217;lgan, 16-17-asrlarda u kattalashtirilib, kamzul xoliga ksltirilgan rangdor keng cholvor, baland poshnali qora etik kiyilgan. 18-19-asrning 1-yarmida o&#8217;zbek xonliklaridagi an&#8217;anaviy Harbiy kiyimlar yaltiroq chopon, qimmatbaho materiaddan tikilgan cholvor, sallali qalpoq, yumshoq telpak, turli metall taqinchoqlar taqilgan kamar, baland poshnali etik va boshqalardan iborat bo&#8217;lgan. Xiva xonligida qora chopon bilan Chugurma ham kiyilgan. Bulardan tashqari, ba&#8217;zan, bezatilgan sovut, dubulg&#8217;a, tirsakkacha kiyiladigan qo&#8217;l qalpoqchasi, qalqon ham kiyishgan. 19-asrning 50-yillaridan Buxoro xonligida muntazam qo&#8217;shinlar bir xil shaklda uzun qaytarma yengli, jiyakli kalta qizil kamzul, jevachilar oq sallali qalpoq kiyishgan. 19-asrning 80-yillarida xonliklarning eski an&#8217;anaviy harbiy kiyimlari saqlanib qolgan edi: piyoda o&#8217;qchilar qaytarma yengli qizil chakmon, keng zangori cholvor, to&#8217;pchilar qizil yoqali zangori mundir kiyishgan; barcha qo&#8217;shinlarda salla qora telpak bilan almashtirilgan. Armiyadagi harbiy boshliqlar (ofitserlar) tizzaga tushadigan jiyakli chakmon, jiyakli cholvor kiyishgan, kumushdan yasalgan taqinchoqlari bo&#8217;lgan qimmatbaho kamar taqishgan. Oliy qo&#8217;mondonlik tarkibi qora duxobadan qilingan kamzullar kiygan. Kamzul zar ip bilan tikilgan. O&#8217;rta Osiyo hududining ancha qismi Rossiya imperiyasiga qo&#8217;shilgach, Buxoro va Xiva xonliklarida mahalliy Harbiy kiyimlar elementlari birmuncha saqlangan holda chor armiyasi harbiy kiyimlari joriy qilingan. Buxoro Amirligi armiyasida oddiy piyoda askarnikidan to&#8217;q-sabonikigacha bo&#8217;lgan Harbiy kiyimlar chor qo&#8217;shinlari Harbiy kiyimlariga o&#8217;xshash bo&#8217;lgan. Oliy qo&#8217;mondonlik tarkibining an&#8217;anaviy ko&#8217;rinishi (keng cholvor, tilla rang bezaklar tikilgan duxoba kamzul, tilla, kumush taqinchoqlar va popuklar taqilgan kamar)ni saqlab qolgan bo&#8217;lsada, kamzullarining bichimi chor armiyasi mundiriga o&#8217;xshash bo&#8217;lgan, pogonlar, epoletlar tikilgan, ordenlar taqilgan. Xiva xonligi chor armiyasidan faqat pog\u2019onlarnigina qabul qilgan. Harbiy kiyimlar esa mahalliyligini saqlab qolgan. Sho&#8217;rolar davrida (1917-91) Harbiy kiyimlar mafkuraviy tamoyillarga asoslangan holda bo&#8217;lgan. Masalan, qizil armiya askarlari yulduzchali movut shlem, shinel, yashil rangli ko&#8217;ylak kiyishgan. 1972 yil yanvardan Sovet qurolli kuchlari yangi kiyim formasiga o&#8217;tgan (soldat va serjantlarga parad-chiqish Harbiy kiyimlari \u2014 ko&#8217;ylak va galstuk bilan ochiq mundir, shim va botinka); gimnastyorka yopiq dala kiteli bilan almashtirilgan. Quruqlikdagi qo&#8217;shinlar marshallari, generallari, ofitser va praporshchiklariga to&#8217;q zangori rangdagi yagona an&#8217;anaviy Harbiy kiyimlar tasdiqlangan. Harbiy-dengiz floti ofitserlari, michmanlari va praporshchiklariga yopiq oq va qora-ko&#8217;k kitel o&#8217;rniga oq ko&#8217;ylak va qora galstuk bilan kiyiladigan oq tujurka va ko&#8217;k kurtka belgilangan. 1972 yildagi harbiy parad ishtirokchilari \u2014 harbiy xizmatchilarga, shuningdek, faxriy qorovul rotalari shaxsiy sostaviga va Moskva garnizoni yig&#8217;ma orkestriga akselbantlar taqishga ruxsat berilgan. O&#8217;zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari shaxsiy tarkibi qishki (palto, plashch, etik, telpak), kundalik kiyim (kitel, to&#8217;g&#8217;ri bichimli shim, mosh rangli ko&#8217;ylak, galstuk, furajka, tufli), bayram kiyimi (kitel, to&#8217;g&#8217;ri bichimli shim, oq ko&#8217;ylak, qora galstuk, furajka), dala kiyimi (paxtali kalta kamzul, kurtka, shim, kepka, kalta etik) bilan ta&#8217;minlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Harbiy kiyimlar &#8212; harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim formalari. Harbiy kiyimlarga (belgilangan namunalariga ko&#8217;ra) odatda quyidagilar kiradi: ustki kiyimlar (shinel, bushlat, plashch, mundir, kitel, kalta paxtali kamzul, tujurka. shim va boshqalar); &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/harbiy-kiyimlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108194","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108194","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108194"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108194\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108195,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108194\/revisions\/108195"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108194"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108194"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108194"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}