{"id":108217,"date":"2023-09-24T19:41:53","date_gmt":"2023-09-24T16:41:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108217"},"modified":"2023-09-24T19:41:57","modified_gmt":"2023-09-24T16:41:57","slug":"haydar-sabuhiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/haydar-sabuhiy\/","title":{"rendered":"Haydar Sabuhiy"},"content":{"rendered":"\n<p>Haydar Sabuhiy (15-asr &#8212; Hirot -1498) \u2014 shoir. Alisher Navoiyning jiyani, tog&#8217;asi Mir Said Kobuliyning o&#8217;g&#8217;li. Toju taxt uchun kurashda Husayn Boyqaro tomonida turib urushgani sababli Abusaid Mirzo otasini tutib qatl etgach, uning tarbiyasi bilan Navoiy shug&#8217;ullangan. &#171;Sabuhiy&#187; (tasavvufiy ma&#8217;noda poklik, haqiqat nuri) taxallusi bilan she&#8217;rlar yozgan. Navoiy ko&#8217;pincha uni yonida olib yurgan. Astrobodda ham u Navoiyning xos mulozimlaridan bo&#8217;lgan. Navoiy uni ba&#8217;zi rasmiy topshiriqlar bilan Hirotga yuborganida, bir davrada Navoiyga suiqasd qilingani, oshpaz unga zahar qo&#8217;shilgan taom bermoqchi bo&#8217;lgani, bundan xabar topgan shoir g&#8217;azabga minib, Husayn Bayqaroga qarshi isyon ko&#8217;tarmoqchi ekanligini aytadi. Bu gap Hirotda ovoza bo&#8217;lib ketadi. Husayn Boyqaro darhol Navoiyga maktub yo&#8217;llab, bu ishdan mutlaqo xabari yo&#8217;qligini ma&#8217;lum qiladi. Shu voqeadan keyin Husayn Boyqaro Navoiyning Hirotga qaytishiga ruxsat beradi. Navoiy o&#8217;z javobida bu gapni rad etadi va jiyanining xatosini kechirishini iltimos qiladi. Husayn Boyqaro garchi kechirganligini aytib, do&#8217;stini xotirjam qilsa-da, o&#8217;z xonadoni sha&#8217;niga qilingan bu tuhmatni unutmaydi. Haydar Sabuhiy barcha xizmatlardan chetlatiladi. U Badaxshonga kelib, bir necha yil o&#8217;sha yerda xizmat qiladi. 1498 yilda Badaxshondan Hirotga elchi bo&#8217;lib kelganida, Husayn Boyqaro uni tutib, qatl ettiradi. Haydar Sabuhiy she&#8217;rlarining taqdiri ma&#8217;lum emas. &#171;Majolis un-nafois&#187;da Navoiy uning bir baytini misol tariqasida keltirgan: May ast la&#8217;li tu yo shahdi nob: az in du kadom ast? Xay ast bar ruxi tu yo gulob: az in du kadom ast? Mazmuni: La&#8217;li labing maymi, yo toza asalmi \u2014 bu ikkisidan qaysi biri? Yuzingdagi termu yo gulobmi: bu ikkisidan qaysi biri? Ad.: Alisher Navoiy, Majolis un-nafois [mat, 13-asr], T, 1997; O&#8217;zbek adabiyoti tarixi, 2-j., T, 1977.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Haydar Sabuhiy (15-asr &#8212; Hirot -1498) \u2014 shoir. Alisher Navoiyning jiyani, tog&#8217;asi Mir Said Kobuliyning o&#8217;g&#8217;li. Toju taxt uchun kurashda Husayn Boyqaro tomonida turib urushgani sababli Abusaid Mirzo otasini tutib &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/haydar-sabuhiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108217","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108217","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108217"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108217\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108224,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108217\/revisions\/108224"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108217"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108217"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108217"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}