{"id":108252,"date":"2023-09-24T19:54:06","date_gmt":"2023-09-24T16:54:06","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108252"},"modified":"2023-09-24T19:54:51","modified_gmt":"2023-09-24T16:54:51","slug":"hayrat-ul-abror-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hayrat-ul-abror-2\/","title":{"rendered":"&#171;Hayrat ul-Abror&#187;"},"content":{"rendered":"\n<p>&#171;Hayrat ul-Abror&#187; (&#171;yaxshi kishilarning hayratlanishi&#187;) \u2014 Alisher Navoiy &#171;Xamsa&#187;sining birinchi dostoni (1483). Pand-nasihat ruhidagi ta&#8217;limiy-axloqiy, falsafiy doston. 3988 baytdan iborat bo&#8217;lib, 64 bob, 29 maqolatdan tashkil topgan. Aruzning sare&#8217;bahrida yozilgan. Asar an&#8217;anaviy muqaddima \u2014 hamd va na&#8217;t bilan boshlanadi. Navoiyning dunyo haqidagi qarashlari mana shu muqaddimada o&#8217;z aksini topgan. Uningcha, dunyoning boshi ham, oxiri ham, yaratuvchi ham, kuzatuvchi ham Allohdir: Avval o&#8217;zung, mobayn o&#8217;zung, Barchaga Xoliq, boriga Ayn o&#8217;zung. Asarda shoir Alloh, borliq, inson haqida shunday fikrlaydi: bir vaqtlar bu jahon pinhon (yashirin) edi. Na yer, na ko&#8217;k, na kun, na tun \u2014 hech narsa yo&#8217;q edi. Sendan boshqa hech kim, hech narsa yo&#8217;q edi. Nozir ham, manzur ham o&#8217;zing eding. Ishqingdan mast, husningdan masrur eding, husning jilvasiga cheku chegara yo&#8217;q edi. Senga ko&#8217;zgu kerak bo&#8217;ldi va shu maqsad bilan dunyo maydonga keldi. Demak, dunyo sening jamolingga oynadir. Sen dunyoni g&#8217;oyat go&#8217;zal (latif) qilib yaratding, lekin hammasidan insonni ulug&#8217; (sharif) aylading. Binobarin, Alloh har narsadan ulug&#8217;va yaqin tutgan inson ham tabiatning, ham jamiyatning gultojidir. Navoiy dunyoni Allohning namoyon bo&#8217;lishidir, deb biladi. Inson esa uning Markaziy siymosi. 2 bob ustozlar ta&#8217;rifiga bag&#8217;ishlangan, 2 bob so&#8217;z va undagi ma&#8217;no haqida. So&#8217;ng Husayn Boyqaroga, ulug&#8217;pirlar: Bahouddin Naqshband, Xoja Ahrorga bag&#8217;ishlovlar keladi. Nihoyat, 22-bobdan maqolatlar boshlanadi. 1-maqolat iymon, 2-maqolat Islom, 3-maqolat shohlar haqida. Unda shoir bevosita shohga murojaat qiladi: &#171;Ey, dabdabasi olamni tutgan Sulton, senga haq hukmfarmolik berdi, qo&#8217;lingni baland qilib, el-xalqni, ne-ne buyuklarni qoshingda past etdi. Lekin shuni bilki, sen ham ularning ko&#8217;pidan ojizroq bir bandasan&#8230; Haq senga vazifa topshirgan. Birinchi vazifa \u2014 bergan ne&#8217;matiga shukr qilmoq, ikkinchisi \u2014 xalqni xurram tutmoq, haqini haqlab bermoq, asramoq. U senga omonat berilgan. Agar sen elning bir siniq ignasini tortib olsang, oxiratda olmos xanjar bo&#8217;lib, bag&#8217;ringga qadaladi. Ingichka bir ip kabi zarar yetkazgan bo&#8217;lsang, uni seni halok qiluvchi ilon deb bilaver&#8230; Beayb Parvardigor, lekin ayb qildingmi, tavba qil. Adolatsizlik qildingmi, adolat qil&#187;. Shu tariqa har bir maqolat bir mavzuga bag&#8217;ishlangan. Shoir dastlab mavzu bilan tanishtiradi. Unga munosabat bildiradi, ya&#8217;ni tasdiq yo inkor etadi, ayni mavzuga munosib biror ibratli hikoya keltiradi. Navoiy dostonda umr, uning mazmuni, tabiat, jamiyat va inson munosabatlariga doir savollar qo&#8217;yadi va keyingi dostonlarda muayyan taqdirlar, voqealar misolida ularga javob beradi. Dostonda o&#8217;sha davr ijtimoiy turmushi, xalq hayoti, urf-odatlari, din-diyonat, axloq-odob haqidagi qarashlar o&#8217;z ifodasini topgan. Begali Qosimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#171;Hayrat ul-Abror&#187; (&#171;yaxshi kishilarning hayratlanishi&#187;) \u2014 Alisher Navoiy &#171;Xamsa&#187;sining birinchi dostoni (1483). Pand-nasihat ruhidagi ta&#8217;limiy-axloqiy, falsafiy doston. 3988 baytdan iborat bo&#8217;lib, 64 bob, 29 maqolatdan tashkil topgan. Aruzning sare&#8217;bahrida yozilgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hayrat-ul-abror-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108252","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108252","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108252"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108252\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108263,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108252\/revisions\/108263"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108252"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108252"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108252"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}