{"id":108345,"date":"2023-09-25T15:38:22","date_gmt":"2023-09-25T12:38:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108345"},"modified":"2023-09-25T15:38:25","modified_gmt":"2023-09-25T12:38:25","slug":"harbiy-asirlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/harbiy-asirlar\/","title":{"rendered":"Harbiy asirlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Harbiy asirlar (xalqaro huquqda) \u2014 urushayotgan tomon qurolli kuchlari (shu jumladan ko&#8217;ngilli partizan otryadlari, qarshilik ko&#8217;rsatish harakati qatnashchilari va boshqalar)ga mansub bo&#8217;lib. dushman qo&#8217;liga tushib qolgan kishilar. Harbiy muxbirlar, savdo floti va fuqaro aviasiyasining ekipaj a&#8217;zolari va boshqalar ham Harbiy asirlar bo&#8217;lishi mumkin. Harbiy asirlik maqomi quruqlikda urush olib borish qonun-qoidalari haqidagi Nizom (1907 yilgi 4-Gaaga konventsiyasiga ilova) va Harbiy asirlar bilan qilinadigan muomala to&#8217;g&#8217;risidagi Jeneva konventsiyasi (1949) ga binoan tartibga solib turiladi. Ushbu Konventsiyaning 4-moddasida kimlar Harbiy asirlar bo&#8217;lishi mumkinligi va ularning huquqiy maqomi ko&#8217;rsatilgan. Harbiy asirlarga nisbatan urushayotgan tomonlar insoniy munosabatda bo&#8217;lishlari lozim. Ularni o&#8217;ldirish, jismoniy ziyon etkazish, ular ustida ilmiy yoki tibbiy tajriba o&#8217;tkazish man etiladi. Harbiy asirlar vaqtincha dushman qo&#8217;lida hisoblanib, dushman tomoni ularning taqdiriga to&#8217;liq javob beradi. Harbiy asirlar faqat o&#8217;zining ism-sharifi, unvoni, tug&#8217;ilgan vaqti va shaxsiy raqamini aytishga majbur, ular qandaydir ma&#8217;lumotlar olishga majbur qilinmasligi lozim. Harbiy asirlar o&#8217;z mehnatiga haq olishi, hayot uchun xavfli va qadr-qimmatni pastga uruvchi ishlarga jalb etilmasligi kerak. Harbiy asirlar o&#8217;zlari uchun maxsus mo&#8217;ljallangan lagerlarda joylashtirilishi mumkin. Ular oziq-ovqat, kiyim-kechak va tibbiy yordam bilan ta&#8217;minlanishlari lozim. Harbiy asirlarga yakka tartibda intizomiy va jinoiy jazo qo&#8217;llanishi, lekin faqat bir qilmish yoki jinoyat uchun bitta jazo belgilanishi mumkin. Harbiy asirlarning qochib ketishi jinoiy xatti-harakat emas, agar u muvaffaqiyatli amalga oshmasa, Harbiy asirlar faqat intizomiy jazoga tortiladi. Urush tugagandan so&#8217;ng davlatlar barcha Harbiy asirlarni maxsus kelishuvlar asosida umumiy repatriatsiya tartibida doimiy yashash joylariga qaytarishlari lozim. Qisman repatriatsiya urush tugagunga qadar ham o&#8217;tkazilishi mumkin. &#171;Xalqaro qurolli mojarolar qurbonlarini himoya qilishga taalluqli&#187; (1949 yil 12 avgust) Jeneva konventsiyalariga 1977 yil 8 iyundagi I qo&#8217;shimcha protokolda Harbiy asirlar tushunchasi urush olib borish usullarini hisobga olgan holda kengaytirilgan (43-modda) hamda Harbiy asirlar maqomi berilishining kafolatlari mustahkamlangan (44, 45 va 77-moddalar). O&#8217;zbekiston Respublikasi 1949 yilgi Jeneva konventsiyalari va 1977 yilgi ularga qo&#8217;shimcha protokollarga 1993 yilda qo&#8217;shilgan. Mamlakatimizning mazkur xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishi barcha fuqarolar zimmasiga xalqaro gumanitar huquq qoidalariga rioya etish, shuningdek, ana shu shartnomalarga amal qilinishini ta&#8217;minlash mas&#8217;uliyatini yuklaydi. Ad.: Xalqaro gumanitar huquq: Jeneva konventsiyalari to\u2019plami, T.. 2002; Xalqaro gumanitar huquq. Insonparvarlik va xayrixohlik muammolari instituti (mas&#8217;ul muharrir A.X. Saidov), T., 2000.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Harbiy asirlar (xalqaro huquqda) \u2014 urushayotgan tomon qurolli kuchlari (shu jumladan ko&#8217;ngilli partizan otryadlari, qarshilik ko&#8217;rsatish harakati qatnashchilari va boshqalar)ga mansub bo&#8217;lib. dushman qo&#8217;liga tushib qolgan kishilar. Harbiy muxbirlar, savdo &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/harbiy-asirlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108345","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108345","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108345"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108345\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108349,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108345\/revisions\/108349"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108345"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108345"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108345"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}