{"id":108346,"date":"2023-09-25T15:38:23","date_gmt":"2023-09-25T12:38:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108346"},"modified":"2023-09-25T15:38:26","modified_gmt":"2023-09-25T12:38:26","slug":"hamroyev-razzoq","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hamroyev-razzoq\/","title":{"rendered":"Hamroyev Razzoq"},"content":{"rendered":"\n<p>Hamroyev Razzoq (1910.30.11 &#8212; Shofirkon tumani, Tezguzar qishlog&#8217;i \u2014 1981.5.5, Toshkent) \u2014 aktyor, rejissyor, pedagog. O&#8217;zbekiston xalq artisti (1951). Xalq artisti (1973). Toshkentdagi o&#8217;lka yerlar bilim yurtini (1930), Toshkent teatr va rassomlik san&#8217;ati institutini tugatgan (1954). Namangan teatri asoschilaridan (1931). Namangan teatrida aktyor, rejissyor, bosh rejissyor, badiiy rahbar (1931-45). 1946 yildan Muqimiy teatrida aktyor, rejissyor, bosh rejissyor (1959-76), 1977 yildan rejissyor. Ayni vaqtda, 1954 yildan Toshkent teatr va rassomlik san&#8217;ati institutida dars bergan, professor (1978 yildan). &#171;Tohir va Zuhra&#187; (S. Abdulla)dagi Nozim, &#171;Rustam&#187; (U. Ismoilov)dagi Rustamlar Hamroyevning sahnada yaratgan ilk obrazlaridir. Hamroyev sahna va ekran navoiynomasining shakllanishiga salmoqli hissa qo&#8217;shgan. Xurshidning Navoiy dostonlari asosida yaratilgan &#171;Farhod va Shirin&#187; musiqali dramasida Xusrav, Xoqon rollarini, &#171;Navoiy&#187; (Oybek) dramasida Navoiy rolini ijro etgan. Shuningdek, uning teatr sahnasida yaratgan Ferdinand (F.Shiller, &#171;makr va muhabbat&#187;), Pantalone (K.Gossi, &#171;Malikai Turondot&#187;), Arslon (K.Yashin, &#171;tor-mor&#187;), Muqimiy (S.Abdulla, &#171;Muqimiy&#187;), Hamza (K.Yashin, A.Umariy, &#171;Hamza&#187;), Trufaldino, Kavaler (K.Goldoni, &#171;ikki boyga bir malay&#187;, &#171;musofirxona bekasi&#187;), Malvolio (U.Shekspir, &#171;o&#8217;n ikkinchi kecha&#187;), Melivoy (H. G&#8217;ulom, &#171;Toshbolta oshiq&#187;) kabi obrazlari ham mashhur. Hamroyev o&#8217;zbek kinosida ham chuqur falsafiy, hajviy, mazmunli obrazlar yaratdi: Nozim (&#171;Tohir va Zuhra&#187;), Navoiy (&#171;Alisher Navoiy&#187;), Xo&#8217;ja Nasriddin (&#171;Nasriddinning sarguzashtlari&#187;), Beruniy (&#171;Abu Ali ibn Sino&#187;), Muqimiy (&#171;Furqat&#187;), Mirzakarim qutidor (&#171;o&#8217;tgan kunlar&#187;), tog&#8217;a (&#171;yor- yor&#187;), Toshtemir dorboz (&#171;dorbozlar&#187;), Ibn Iroq (&#171;Abu Rayhon Beruniy&#187;), Ja&#8217;farbek (&#171;Jayxun&#187;), Rahimjon mirob (&#171;Mirzacho&#8217;l&#187;), Usmonboy (&#171;Xorazm afsonasi&#187;), Nomozov (&#171;komandirning qaytishi&#187;), G&#8217;ofir (&#171;seni kutamiz, Yigit&#187;) va boshqalar shular jumlasidan. Aktyor ekranda yaratgan Alisher Navoiy obrazi san&#8217;atkor ijodida alohida o&#8217;rin tutadi. Navoiyni mutaffakkir shoir, xalqparvar davlat arbobi, sodiq do&#8217;st sifatida yorqin gavdalantirdi, uning ichki kechinmalarini tomoshabinga mohirona yetkazdi, davr qarama-qarshiliklarini ifodalashda katta iste&#8217;dodini namoyish qildi. 1968 yil Muqimiy teatrida shoirning 525 yilligi munosabat bilan Hamroyev &#171;Navoiy Astrobodda&#187; (I.Maxsumov; Yu.Rajabiy, S.Jalil) musiqali dramasini sahnalashtirib, o&#8217;zi bosh rolni ijro etdi. Navoiyning baytu-g&#8217;azallarini ajoyib talaffuzda ma&#8217;noli, jarangdor, yuksak mahorat bilan va ta&#8217;sirchan o&#8217;qish bilan obrazning ta&#8217;sir kuchini yanada oshirdi. Uning rejissyor sifatida ayniqsa, musiqali drama janri taraqqiyotida xizmatlari alohida. &#171;Farhod va Shirin&#187;, &#171;Layli va Majnun&#187;, &#171;Oltin ko&#8217;l&#187;, &#171;nurxon&#187;, &#171;makr va muhabbat&#187;, &#171;Muqimiy&#187;, &#171;Guli siyoh&#187;, &#171;Farg&#8217;ona tong otguncha&#187;, &#171;Toshbolta oshiq&#187; kabi Hamroyev rejissyorlik qilgan drama, komediya, musiqali drama kabi turli janrdagi spektakllar chuqur hayotiyligi, yuksak ijro saviyasi va teran g&#8217;oyaviy mazmuni bilan ajralib turadi. U nafaqat Muqimiy teatrida balki Respublikamizning viloyat teatrlarida ham ko&#8217;pgina spektakllar sahnalashtirgan. Davlat mukofoti (1948), Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofotlari (1964, 1970) laureati. Vafotidan so&#8217;ng &#171;Buyuk xizmatlari uchun&#187; ordeni bilan mukofotlangan (2003). Mohina Ashirova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hamroyev Razzoq (1910.30.11 &#8212; Shofirkon tumani, Tezguzar qishlog&#8217;i \u2014 1981.5.5, Toshkent) \u2014 aktyor, rejissyor, pedagog. O&#8217;zbekiston xalq artisti (1951). Xalq artisti (1973). Toshkentdagi o&#8217;lka yerlar bilim yurtini (1930), Toshkent teatr &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hamroyev-razzoq\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108346","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108346","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108346"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108346\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108350,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108346\/revisions\/108350"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108346"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108346"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108346"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}