{"id":108355,"date":"2023-09-25T15:39:48","date_gmt":"2023-09-25T12:39:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108355"},"modified":"2023-09-25T15:39:51","modified_gmt":"2023-09-25T12:39:51","slug":"hamid-gulom","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hamid-gulom\/","title":{"rendered":"Hamid G&#8217;ulom"},"content":{"rendered":"\n<p>Hamid G&#8217;ulom (G&#8217;ulomov Hamid Ubaydullayevich) (1919.25.4 \u2014 Toshkent \u2014 2005.21.8) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1979), O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan san&#8217;at arbobi (1969). O&#8217;rta Osiyo industrial institutining ishchilar (1933) va tog&#8217; fakultetlarini, Pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakultetida Moskvadagi Oliy adabiyot kursida ta&#8217;lim olgan. &#171;Qizil Tojikiston&#187; gazetasida adabiy xodim (1938-41), JCHM O&#8217;zbekiston davlat nashriyotida muharrir (1941\u2014 42), respublika radio komitetida suxandon va muharrir (1943 -44), &#171;qizil O&#8217;zbekiston&#187; gazetada bo&#8217;lim mudiri va mas&#8217;ul kotib (1944\u2014 54), &#171;literaturnaya gazeta&#187;ning O&#8217;zbekiston bo&#8217;yicha maxsus muxbiri (1956\u2014 58), O&#8217;zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hay&#8217;atida kotib (1958-65), &#171;Sharq yulduzi&#187; jur.da bosh muharrir (1965-71), G&#8217;afur G&#8217;ulom nomidagi adabiyot va san&#8217;at nashriyotida direktor (1971-81). Ilk she&#8217;rlar to&#8217;plami \u2014 &#171;qasosim bor&#187; (1942). &#171;Haykal&#187; (1943), &#171;Salyut&#187; (1945), &#171;Vatan kuylari&#187; (1949), &#171;yangi bog'&#187; (1951), &#171;dalamizga keling&#187; (1954), &#171;Qit&#8217;alar uyg&#8217;oq&#187; (1960), &#171;oshiq ko&#8217;ngil&#187; (1974) singari she&#8217;riy to&#8217;plamlar hamda &#171;Hayot ishqi&#187;, &#171;Lola ko&#8217;l&#187;, &#171;Amazonka qo&#8217;shig&#8217;i&#187; singari dostonlar muallifi. Hamid G&#8217;ulom she&#8217;riyatiga xos asosiy xususiyat shundaki, u lirik qahramonning ruhiy olamini ochish, uning tuyg&#8217;u va kechinmalaridagi iztirob va ichki kurashni tasvirlashga emas, balki umuminsoniy fikr va g&#8217;oyalarni kuylashga ko&#8217;proq urg&#8217;u bergan. Ko&#8217;pincha tantanavor ohanglar yordamida voqelikka bo&#8217;lgan munosabatini ifodalashga, kitobxon bilan muloqotda bo&#8217;lishga intilgan. Hamid G&#8217;ulom &#171;Olmos qizi&#187; (1956) ilk qissasidan keyin nasriy janrlarda ko&#8217;proq ijod qilg&#8217;an. 2 kitobdan iborat &#171;mash&#8217;al&#187; (1958-61) romanida o&#8217;tgan asrning 20-yillarida O&#8217;zbekistonda sosialistik tuzumning barpo etilishi bilan bog&#8217;liq voqealarni aks ettirishni o&#8217;z oldiga maqsad qilib qo&#8217;ygan. Mazkur romandagi bir necha qahramonlar (Botirali, E&#8217;zozxon va boshqalar) obrazi mahorat bilan tasvirlanganiga qaramay, murakkab va hatto fojiali tarixiy davr unda o&#8217;zining bir yoqlama ifodasini topgan. Yozuvchi &#171;senga intilaman&#187; (1963) romanida 50-yillarda qo&#8217;riq va bo&#8217;z yerlarning o&#8217;zlashtirilishi mavzuiga murojaat etgan, &#171;toshkentliklar&#187; (1967) romanida esa hamshaharlarining 2-jahon urushidan avvalgi va urush yillaridagi fidokorona mehnatini tasvirlash asosida o&#8217;zbek xalqiga xos jasorat va qahramonlikni badiiy mujassamlantirishga intilgan. Hamid G&#8217;ulomning &#171;binafsha atri&#187; (1976) romani ham Mirzacho&#8217;lning o&#8217;zlashtirilishi mavzuida. Hamid G&#8217;ulom tarixiy-inqilobiy mavzudagi &#171;Mangulik&#187; (1978) romanidan keyin mumtoz o&#8217;zbek adabiyotining mashhur namoyandasi Mashrab hayotiga bag&#8217;ishlangan navbatdagi romanini yaratgan. Hamid G&#8217;ulom musiqali drama teatri uchun &#171;Farg&#8217;ona hikoyasi&#187;, &#171;o&#8217;g&#8217;il uylantirish&#187; (1963), &#171;dil ko&#8217;zgusi&#187;, &#171;tosh-bolta oshiq&#187; (1965), &#171;ajab savdolar&#187; (1968) va &#171;muhabbat navosi&#187; pyesalari hamda opera teatri uchun &#171;Xorazm qo&#8217;shig&#8217;i&#187; (1964) librettosini yozgan. Komik roller ustasi S.Xo&#8217;jayev ijro etgan Toshbolta oshiq to&#8217;g&#8217;risidagi komediyasi Muqimiy teatrida sahnalashtirilgan. U.Shekspirning &#171;o&#8217;n ikkinchi kecha&#187;, Lope de Veganing &#171;qo&#8217;zi buloq&#187; pyesalari, Firdavsiy &#171;Shohnoma&#187;siga kirgan ayrim dostonlar, shuningdek, A.Pushkin, M.Lermontov, T.Shevchenko, M.Gorkiy va boshqa yozuvchilarning asarlarini o&#8217;zbek tiliga tarjima qilgan. &#171;El-yurt hurmati&#187; (1988) va &#171;mehnat shuhrati&#187; (2004) ordenlari bilan mukofotlangan. As.Tanlangan asarlar [3 j.li], 1-3- j.lar, T., 1962-72; Lola ko&#8217;l, T., 1973; Asarlar, 4 j.li, T., 1978-79; Vafoning uzun yo&#8217;li, T., 1988. Ad.Vladimirova N., Sultonova M., Qahramonning shakllanishi, T., 1968; Boyqobilov B.. Shermuhamedov P.. Ijodning yulduzli onlari, T., 1979.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hamid G&#8217;ulom (G&#8217;ulomov Hamid Ubaydullayevich) (1919.25.4 \u2014 Toshkent \u2014 2005.21.8) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1979), O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan san&#8217;at arbobi (1969). O&#8217;rta Osiyo industrial institutining ishchilar (1933) va tog&#8217; fakultetlarini, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hamid-gulom\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108355","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108355","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108355"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108355\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108359,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108355\/revisions\/108359"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108355"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108355"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108355"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}