{"id":108387,"date":"2023-09-25T16:31:01","date_gmt":"2023-09-25T13:31:01","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108387"},"modified":"2023-09-25T16:31:04","modified_gmt":"2023-09-25T13:31:04","slug":"harbiy-qasamyod","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/harbiy-qasamyod\/","title":{"rendered":"Harbiy qasamyod"},"content":{"rendered":"\n<p>Harbiy qasamyod &#8212; qurolli kuchlar safiga kirayotgan har bir fuqaroning Konstitutsiya va qonun talablariga binoan Vatanni himoya qilishdek muqaddas burchni bajarishga beradigan tantanali va&#8217;dasi (qasami). Aksariyat davlatlar qurolli Kuchlarida qadimdan mavjud. Xususan, Harbiy qasamyod qabul qilish o&#8217;tmishda Mahmud G&#8217;aznaviy, Amir Temur armiyalarida ham bo&#8217;lgan. Harbiy qasamyod mazmuni xalqning urf-odatlari, an&#8217;analari bilan bog&#8217;liq. Harbiy qasamyod davlat nuqtai nazaridan Vatanni munosib himoya qilish bo&#8217;yicha harbiy xizmatchiga qo&#8217;yiladigan asosiy talablarni mujassam etadigan huquqiy hujjatdir. Harbiy qasamyod qurolli kuchlarda harbiy intizomni mustahkamlash, uyushqoqlik va harbiy xizmatchilarda vatanparvarlik hissiyotlarini uyg&#8217;otishda katta rol o&#8217;ynaydi. Huquqiy nuqtai nazardan Harbiy qasamyod harbiy xizmatchi asosiy majburiyatlarining qisqacha, lo&#8217;nda ifodasi. Bu \u2014 mustaqil Vatanimiz, uning suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo&#8217;yicha haqiqiy jangovar harakatlar jarayonida yoki tinchlik davrida turli sharoitlardagi jangovar o&#8217;quvlarda askar ruhiyati, vatanparvarlik hissiyoti, Vatan oldidagi burchlarining o&#8217;ziga xos jamlangan ifodasidir. Ijtimoiy-siyosiy nuqtai nazardan u jangchilarni Vatanga fidokorona xizmat qilishga, harbiy burchga sadoqatli bo&#8217;lishga o&#8217;rgatadi va o&#8217;zida xalqimizning eng oliy fazilatlarini, yuksak vatanparvarlik tuyg&#8217;ularini, buyuk ajdodlar an&#8217;analari hamda vasiyatlariga sodiklikni mujassam etadi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy qasamyod matni respublika Oliy Kengashining 1992 yil 3 iyuldagi 12-chaqiriq 10-sessiyasida qabul qilingan. Harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar harbiy nizomlar talablari, qurol-yarog&#8217;lar bilan muomala qilish tartiblari, Harbiy qasamyod, harbiy qism bayrog&#8217;i va harbiy intizomning ahamiyatini o&#8217;quv dasturlari orqali o&#8217;rgangach, tantanali vaziyatda Harbiy qasamyod qabul qiladilar. O&#8217;zbekiston Respublikasining 1-marta harbiy xizmatga qabul qilingan yoxud harbiy xizmatni o&#8217;tamagan va 1-marta yig&#8217;inlarga chaqirilgan fuqarosi harbiy qismning jangovar bayrog&#8217;i oldida harbiy qasamyodni qabul qiladi. Bunda qasamyod qabul qiluvchi safdan chiqib matnni ovoz chiqarib o&#8217;qiydi va maxsus ro&#8217;yxatdagi familiyasi qarshisidagi bandga imzo chekadi va o&#8217;z o&#8217;rniga borib turadi. Qism komandiri shaxsiy tartibni Harbiy qasamyod qabul qilinishi bilan tabriklagach, orkestr O&#8217;zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini ijro etadi va harbiy qism tantanali marsh bilan yurib o&#8217;tadi. Harbiy xizmatchilarning harbiy guvohnomasi va hisob-kitob varaqasida harbiy qism shtabining boshlig&#8217;i tomonidan Harbiy qasamyod (kun, oy, yil) qabul qilgani qayd etib qo&#8217;yiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Harbiy qasamyod &#8212; qurolli kuchlar safiga kirayotgan har bir fuqaroning Konstitutsiya va qonun talablariga binoan Vatanni himoya qilishdek muqaddas burchni bajarishga beradigan tantanali va&#8217;dasi (qasami). Aksariyat davlatlar qurolli Kuchlarida qadimdan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/harbiy-qasamyod\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108387","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108387","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108387"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108387\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108400,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108387\/revisions\/108400"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108387"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108387"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108387"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}